2-laboratoriya. Qo’zg’aluvchan to’qimalar mikrostrukturasini kuzatish. Baqada nerv-muskul preparatini tayyorlash. Biotoklarni kuzatish: Galvanining 1- va 2-tajribalari (tinchlik toki), Matteuchi tajribasi


D) Nerv va muskulni elektr toki bilan ta`sirlash


Download 292.47 Kb.
bet3/5
Sana26.01.2023
Hajmi292.47 Kb.
#1124723
1   2   3   4   5
Bog'liq
2.маш

D) Nerv va muskulni elektr toki bilan ta`sirlash.
1. Nerv muskul preparatini induktsiya tok bilan ta`sirlash uchun elekr zanjirni yig’ing. Nerv muskul preparatini tayyorlab, kameraga joylashtiring, nervni esa miografga vertikal holda birlashtirib qo’ying.
2. Muskulni qisqarishini yuzaga keltiradigan eng kichik tokning miqdorni aniqlang.
3. Induktsion tokni muskulga bevosita yoki vositali ta`sirlaganda pog’ona kuchini solishtiring.
Topshiriq. Kuzatilgan ma`lumotlarni rasmiylashtiring va xulosa chiqaring. Savollarga javob bering.
1. To’qimalarning qo’zg’aluvchanligi qanday o’lchanadi?
2. Nerv va muskullarning qo’zg’aluvchanligi har xilmi?
3. Pog’ona, submaksimal va maksimal ta`sirlovchi deb nimaga aytiladi?
4. Adekvat ta`sirlovchi deb nimaga aytiladi?
5. Nerv va muskul uchun qaysi ta`sirlovchi adekvat ta`sirlovchi deb ataladi?
Ishning xulosasi
____________________________________________________________________________________________________________________________________
__________________________________________________________________


Gal’vanning 1 va 2 tajribalari. Matteuchchi tajribasi.
1- ISH. Gal'vanning birinchi tajribasi.
Nazariy tushuncha. Qo`zg`aluvchi to`qimalardagi, bioelektrik hodisalar biologik yo`l yoki elektrofiziologik usullar bilan aniqlanishi mumkin.
Ishdan maqsad: Gal`van tajribalari bilan tanishish va tinchlik tokini aniqlab unga ishonch hosil qilish.
Ish uchun kerakli jihozlar: gal`vanometr, tok kaliti, sim, baqa, katta kichik qaychilar, pinsetlar, zond, shisha ilgakcha, taxtacha, to’g’nag’ich ninalar, paxta, salfetka, Gal`van pinseti, Ringer eritmasi.
1-Ishni bajarish tartibi. Bu tajriba mis va rux plastinkalaridan iborat gal`vanik pinset yordamida o’tkaziladi. Baqaning bosh va orqa miyasi buziladi, bel umurtqalaridan tanasi ikkiga bo’linadi. Tajribaga tananing keyingi qismi olinib, terisi shilinadi, gal`van pinsetning mis plastinkasi quymich asabining ildizlari tagiga kiritiladi va preparatni osiltirgan holatda ko’tarib turiladi. Bunda baqa oyog’i rux plastinkaga tekkanida har gal oyoq muskullari qisqaradi.

Download 292.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling