__________________________________________________________________
3-ISH. Matteuchi tajribasi.
Nazariy tushuncha. Matteuchi 1840 yilda asab-mushak preparatining qisqarayotgan mushagiga boshqa asab-mushak preparatining asabi tashlangan taqdirda uning ham qisqarishini isbotladi. Shunga asosan mushak qo`zg`alganda, unda hosil bo`lgan tok boshqa asab-mushak preparati uchun ta`sirlagich vazifasini bajarishi mumkin, degan xulosaga kelindi. Bu toklar harakat toklari deb nomlandi.
Ishdan maqsad: Tirik to’qimalarda harakat toki borligiga ishonch hosil qilish.
Ish uchun kerakli jihozlar: baqa, jarrohlik pinsetlar, zond, qaychilar tok manbai, tok kaliti, Ringer eritmasi, taxtacha, shisha ilgak, sal`fetka, paxta.
3 -Ishni bajarish tartibi: Induksion tok zanjiri ishga tayyorlanadi. Baqaning keyingi oyoqlaridagi quymich asabi tizza bo’g’imigacha ajratilgan ikkita preparat reoskopik oyoq tayyorlanadi va quruq taxtacha ustiga joylashtiriladi. Birinchi preparatning asabi elektrodlar ustiga qo’yiladi. Ikkinchi preparat asabi birinchi preparatning boldir muskuli ustiga uzunasiga tashlanadi. So’ngra birinchi preparat asabi kuchi o’rtacha induksion tok bilan ta`sirlansa, har ikkala preparat muskulining qisqarishi kuzatiladi. Birinchi preparat muskulida yuzaga kelgan harakat toki ta`sirida ikkinchi preparat muskuli ham qisqaradi ya‘ni ikkilamchi tetanus sodir bo’ladi. (2-rasm)
2-rasm. Ikkilamchi tetanus hosil qilish.
Topshiriq. Tajribani o‗tkazish sxemasini laboratoriya daftaringizga chizing va muskullarning qisqarish sababini tushuntirib ering. Savollarga javob bering.
1. Harakat toki nima va u qanday yuzaga keladi?
2. Harakat tokining qandqy fazalari bor?
3. Refrakterlik va uning fazalari.
4. Parabioz va uning fazalari.
Ishning xulosasi
____________________________________________________________________________________________________________________________________
__________________________________________________________________
Do'stlaringiz bilan baham: |