Xv-xviii asrlardagi migratsion jarayonlar


Download 0.76 Mb.
bet1/4
Sana06.05.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1433202
  1   2   3   4

XV-XVIII ASRLARDAGI MIGRATSION JARAYONLAR

  • Reja:
  • 1.Ko‘chmanchi o‘zbeklar davlatining tashkil topish,
  • 2. Shayboniylar davrida dasht qabilalarining kirib kelishi, va etnik jarayonlar.
  • 3.Jung‘orlar hujumi va uning oqibatlari.
  • 4.Qozoqlar va qoraqolpoqlar migratsiyasi.
  • Dashti Qipchoq oʻzbeklari - qadimdan Dashti Qipchoqning sharqiy qismida koʻchib yurgan turkiy-moʻgʻul qabilalari. Arlot, bahrin, burqutyaar, doʻrmon, iyjon, xitoy, qarluqlar, majar, qipchoq, qiyot, qoʻngʻirot, qurlovut, mangʻit, nayman, nukuz, tangut, uygʻurlar, merkit, qoʻshchi, oʻtarchi, jot, chimboy, kenagas, uysun, tuboyi, toymas, echki, tuman-ming, shodbaxtli, shunqorli va boshqa qabilalar 13-asr oxiri va 14— 16-asrlarda oʻtgan Sharq tarixchilari tomonidan umumiy bir nom bilan "oʻzbek" deb atalgan. Hamdulloh Qazviniy (1281 — 1350) ning "Tarixi guzida" ("Tanlangan tarix") asarida Oltin Oʻrda xoni Oʻzbekxonga tobe yerlar va xalqlar haqida fikr yuritiladi va bu qabilalar koʻchib yurgan yerlar, yaʼni Sharqiy Dashti Qipchoq esa "ko'chmanchi oʻzibeklar mamlakati" deb koʻrsatiladi. "Oʻzbek" (oʻzibek) atamasini qabilalar uyushmasi va shu qabilalarga qarashli yerlarning nomi sifatida Oʻzbekxon davriga qadar ham qoʻllanilgan. Masalan, Mirzo Ulugʻbek oʻzining "Tarixi arbaʼ ulus" ("Toʻrt ulus tarixi") nomli tarixiy asarida, Oʻzbekxonning hokimiyat tepasiga kelishi zikrida, "oʻzbek ulusi unga berildi", deb yozadi. Roʻzbexon "Mehmonnomai Buxoro" kitobida Dashti Qipchoq oʻzbeklari 3 toifadan: shayboniylar (Shaybon ulusiga kirgan qabilalar), qozoqlar va mangʻitlarsan tashkil topganligini koʻrsatadi. Shaybon ulusi, manbalarning maʼlumotlariga koʻra, 1238-yilda tashkil topgan va Ural togʻining etaklaridan Tobol va Sarisuv daryolarigacha boʻlgan yerlarni oʻz ichiga olgan [uning jan. chegarasi Orol dengizining shim. sohili, shim. chegarasi esa Chingi Tura (Tura)da boʻlgan]. Mangʻit ulusi Emba bilan Jayiq daryolari oraligʻidagi yerlarga joylashgan. 
  • Mangʻitlar 15-asrning 30 yillarida Abulxayrxonga boʻysundilar. Qozoqlar atamasi etnonim sifatida 1446-yildan boshlab paydo boʻldi. Oq Oʻrda xoni Oʻrusxon avlodi boʻlgan sultonlar: Kereyxon (Kirayxon) va Jonibek 15-asrning 40- yillarida Abulxayrxonga boʻysunishdan bosh tortib, oʻz tarafdor-tobelari bilan Chu va Yettisuv vohasiga ko'chib ketdilar va oradan koʻp oʻtmay Qozoq xonligiga asos soldilar (1465-yil). Abulxayrxondan qochib ketgan bu qabilalar tarixda "qozoq" nomini oldilar.
  • Dashti Qipchoq oʻzbeklari asosan chorvachilik bilan shugʻullangan, vohalarda qisman dehqonchilik qilishgan. Dashti Qipchoq oʻzbeklari faqat Oʻzbekxon zamonida islom dinini qabul qilganlar, lekin ularning urfodatlarida maʼjusiylikning ayrim alo-matlari saqlanib qolgan. Keyingi asrlarda Dashti Qipchoq oʻzbeklari Oʻrta Osiyo va Sharqiy Turkistondagi bir necha xalqning tarkibiga kirgan.
  • Abulxayrxon (1412—1468) — tarixda Koʻchmanchi oʻzbeklar davlati deb nom olgan davlat asoschisi. Tura (Gʻarbiy Sibir) xoni boʻlgan.
  • 1446-yilda Abulxayrxon Sirdaryo boʻyidagi bir qancha shahar va qal’alar (Oqqoʻrgʻon, Arquq, Oʻzgan, Sigʻnoq, Suzoq)ni bosib oldi. 1447-yilda mamlakat poytaxti Sibirdan Sigʻnoqqa koʻchirildi. 1431-yilda Abulxayrxon Xorazmni bosib oldi. 1448-yilda koʻchmanchi oʻzbeklar Movarounnahrga bostirib kirdilar va Samarqandni qamal qildilar.
  • 1451-yilda Abulxayrxon Abu Said bilan qoʻshilib yana Samarqandga yurish qildi va uni taxtga oʻtqazdi. Koʻchmanchi oʻzbeklar keyinchalik temuriylardan Muhammad Joʻqiyga ham koʻmaklashdilar (1460-62).
  • Abulxayrxon davlati tarixini tarixchi Masud bin Osmani Kuhistoniy tasvirlab bergan. Tasavvufning taniqli vakili Najmiddin Kubro asos solgan tariqatning vakili Husayn Xorazmiyning Abulxayrxonga bagʻishlab turkiy tilda asar yozgan.[1]
  • Abulxayrxon oilasi aʼzolari adabiyotga ixlosmand edilar. Abulxayrxon taniqli shoir, tasavvufchi, tasavvuf tarafdori Jaloliddin Rumiy asarlarini tarjima qilishni buyurdi.[2]
  • Abulxayrxon vafotidan keyin uning dushmanlari (Iboqxon, Jonibek, Burka sulton, Yomgʻurchi, Muso mirzo, Ahmadxon) taxt vorisi Shayx Haydarni magʻlub qildilar va Koʻchmanchi oʻzbeklar davlatini qulatdilar. Lekin XV asrning 80-yillarida Abulxayrxonning nabirasi Muhammad Shayboniyxon oʻz raqiblari ustidan gʻalaba qozondi va hokimiyatni qoʻlga oldi.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling