Qoraqalpoqlar — Markaziy Osiyodagi turkiy xalq; qipchoq hududlaridan oʻrislar tomonidan siqib chiqarilgach Horazm va Qoqon honliklariga kochib kelgan. Umumiy soni 708 000 atrofida, shundan 650.000i Qoraqalpogʻistonda yashaydi. - Qoraqalpoqlar — Markaziy Osiyodagi turkiy xalq; qipchoq hududlaridan oʻrislar tomonidan siqib chiqarilgach Horazm va Qoqon honliklariga kochib kelgan. Umumiy soni 708 000 atrofida, shundan 650.000i Qoraqalpogʻistonda yashaydi.
- Shuningdek, Oʻzbekistonning Fargona. Xorazm, Navoiy, Buxoro viloyatlarida, qoʻshni Turkmaniston, Qozogistonda, Rossiyada. Afgʻonistonda, Eronda bir necha minglab yashaydi. Qoraqalpoq tilida soʻzlashadi. Dindorlari — sunniy musulmonlar.
- Milodiy 2-asr oxiri — 4-asrlarda Orol boʻyi choʻllariga Sharqdan hunlar, 6—8-asrlarda esa turkiylar kelib mahalliy oʻtroq xorazmiylar va koʻchmanchi sak-massaget qabilalari bilan qisman aralashib ketgan. Mana shu etnik asosda Orol boʻyi ilk oʻrta asr xalqlari — bijanaqlar va oʻgʻuzlarning shakllanish jarayoni kechgan, ularning muhitida 8—10-asrlarda qoraqalpoqlarning ham shakllanishi boshlangan.
- 10-asr boshida bijanaqlarning bir qismi Gʻarbga, Janubiy rus choʻllariga ketgan; Kiyev Rusi hududiga kelib joylashgan qabilalar rus yil-nomalarida „chyornne klobuki“ („qora qalpoqlar“) deb nom olgan. Volga-Ural oraligʻida qolgan bijanaklarning sharqiy qismi Irtish havzasidan kelgan qipchoqtar bilan asta-sekin aralashib ketgan, ularning tilini qabul qilgan. Manbalarda qipchoq urugʻ-qabila ittifoqida „qoraqalpoqlar“ atamasiga mos keluvchi „qora boʻrkli“ etnonimi uchraydi. Moʻgʻullar istilosi davrida Rashididdin asarida „qavmi kulahi siyah“ yaʼni „siyohrang qalpoqli qavm“ nomi bilan qayd etilgan. Jungʻorlar bilan boʻlgan jangda yengilgach hozirgi Qoraqalpoqiston hududiga koʻchib kelganlar va turli turk urugʻ va qabilalariga aralashib hozirgi qoraqalpoqlar shakllangan
Qoraqalpoqlar, oʻzbeklar va qozoqlar XV asrda Chingizxon imperiyasi parchalanib, Oltin Oʻrda qulagandan keyin vujudga kelgan.[1] - Qoraqalpoqlar, oʻzbeklar va qozoqlar XV asrda Chingizxon imperiyasi parchalanib, Oltin Oʻrda qulagandan keyin vujudga kelgan.[1]
- Soʻnggi arxeologik maʼlumotlarga koʻra, qoraqalpoqlar 16-asr oxiri yoki 17-asrning qaysidir davrida Sirdaryo boʻyida yoki uning janubiy Janadaryo boʻyida, Kichik Oʻrda qozoqlariga yaqin joyda turli qabilalar guruhi sifatida shakllangan va ularning tili, urf-odatlari va moddiy madaniyati qozoqlarnikiga juda oʻxshash.
- Qoraqalpoqlar yarim oʻtroq hayot kechirib, sugʻorma dehqonchilikni chorvachilik (ayniqsa, qoramol) va baliq ovlash bilan qoʻshib olib borganlar. Qoraqalpoqlarning aksariyat qismi 16—18-asrlar oʻrtalarida Sirdaryoning oʻrta va quyi oqimi boʻylari (Turkiston, Jankent, Chirikrabot) hamda bir qismi Orol mintaqasida (Qoʻngʻirot, Shohtemir shahri) yashashgan. Biroq Yoyiq va Emba daryolari boʻylarida ham qoraqalpoqlar istiqomat qilganliklari haqida maʼlumotlar bor. 1743-yil qozoq xoni Abulxayrxon qoraqalpoqlarga hujum qilgan, natijada sirdaryolik qoraqalpoqlarning asosiy qismi 18-asrning 2-yarmida Sirdaryodan uning gʻarbiy irmogi — Janadaryoga koʻchgan. 18-asr oxirida Xiva xonlari qoraqalpoqlarni tobe etishga faol harakat qilishgan va oqibatda 1811-yil ular boʻysundirilib, qoraqalpoqlarning asosiy qismi Amudaryo havzasiga koʻchirilgan. Xiva xonlariga qarshi qoraqalpoqlar bir necha marta (1827, 1855-56, 1858-59 yillar) bosh koʻtargan. 1873-yil Chor Rossiyasi istilosi natijasida oʻng sohil Amudaryodagi qoraqalpoqlar Rossiyaga qoʻshib olingan. Bu yerda Amudaryo boʻlimi tuzilgan, Turkiston general-gubernatorligining Sirdaryo viloyati tarkibiga kiritilgan. Chap sohilda yashovchi qoraqalpoqlar Xiva xonligi tasarrufida qolgan. Oʻrta Osiyoda shoʻrolar hokimiyati oʻrnatilgach, chap sohil va oʻng sohil qoraqalpoqlari Qoraqalpogʻiston avtonom viloyatini tuzgan. 19-asr — 20-asr boshida qoraqalpoqlarda xoʻjalik, ijtimoiy va oilaviy hayotda urugʻ-qabila tizimi va patriarxal-urugʻchilik munosabatlari qoldiqlari saqlanib qolgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |