Xv-xviii asrlardagi migratsion jarayonlar


Download 0.76 Mb.
bet4/4
Sana06.05.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1433202
1   2   3   4
Qozoqlar (qozoqcha: қазақтар /qɑzɑqtɑr/; ед. қазақ /qɑzɑq/) — turk urugʻlari siyosiy birlashmalaridan biri(o‘zbek ulusi kabi) ,qozoq ulusi, Qozogʻiston Respublikasining asosiy aholisi. Turk tilining qipchoq lahjasida soʻzlashadi. Dindorlari — sunniy musulmonlar.
  • Qozoqlarning koʻpchiligi Qozog'iston hududida va Xitoy, Oʻzbekiston, Turkmaniston, Rossiya va Gʻarbiy Mongoliya hududlarida istiqomat qilishadi.
  • Qozoqlarning etnogenezi turli koʻchmanchi qabilalarning uzoq muddat davomida aralashuvi sharoitida kechgan. Qozoqlarning qadimgi ajdodlariga saklar, usunlar va boshqalar kirgan. Milodning boshlarida Orol dengizidan gʻarbda qozoq etnogeneziga tasir etgan alanlar yashagan. VI—VII-asrlarda Dashti qipchoqning janubi-sharqida yashagan qabilalar Gʻarbiy Turk xoqonligi tarkibida boʻlgan. Bu davrda sharqdan turkashlar, telelar, qarluqlar va boshqa qabilalar kelib joylashgan. XII asr boshida hozirgi Qozogʻiston hududiga qoraxitoylar (kidanlar) bostirib kirgan, ular mahalliy turkiy aholi bilan aralashib ketgan. XIII asr boshida moʻgʻullar istilosi davrida Moʻgʻuliston va Oltoydan naymanlar, kereitlar va boshqa qabilalar kirib kelgan. Oltin Oʻrda parchalanishi bilan XV asr oʻrtasida, Oʻzbek xonligidagi oʻzaro nizolar natijasida bu qabilalarning katta qismi janubi-sharqqa, Moʻgʻuliston davlati tarkibiga kirgan. XVI asr boshida gʻarbga qaytib kelgan qozoq qabilalari Qozoq xonligiga birlashadi. 
    • Shu bilan qozoq elatining shakllanish jarayoni tugallangan. Qozoqlarning qabila-urugʻlari tarixan 3 guruhga boʻlinib, alohida hududlarda yashaganlar. Ular juzlar deb atalgan (Katta juz, Kichik juz, Oʻrta juz). Tarixda asosiy mashgʻuloti koʻchmanchi chorvachilik, janubdagi baʼzi vohalarda sugʻorma dehqonchilik boʻlgan.
    • Xitoylik qozoqlar ona tilini yahshi saqlab qolgan, Xitoyda 5 million qozoq yashaydi. Ular uchun qozoq tilidagi maktablar, radio eshittirishlar muntazam ravishda ishlab turibdi, lekin Xitoydagi qozoqlar Qozogʻistonga koʻchib kelish soni ortmoqda

    Download 0.76 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
    1   2   3   4




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling