Shayboniylar — Buxoro xonligida hukmronlik qilgan oʻzbek sulola (1500—1599/1601). - Shayboniylar — Buxoro xonligida hukmronlik qilgan oʻzbek sulola (1500—1599/1601).
- Shayboniyxon XV asr oxiri va XVI asr boshlarida toju taxt uchun oʻzaro kurashayotgan temuriy shahzodalar oʻzaro nizolari oqibatida Movarounnahrning asosiy shaharlari: Samarqand va Buxoroni osonlik bilan egallab, yangi davlatga asos solgan. Keyinchalik Movarounnahrning qolgan hududi va Xuroson ham bu davlat tarkibiga kiritildi. Ismoil I Safaviy bilan boʻlgan jangda Shayboniyxon oʻldirilgach 1510-yil, Koʻchkunchixon xon qilib koʻtarilgan. Uning vafotidan soʻng oʻgʻli Abu Saidxon qisqa muddat 1531—1533-yillarda hukmronlik qildi. Shayboniyxonning jiyani Ubaydullaxon davrida poytaxt Samarqanddan Buxoroga koʻchirilgan va davlatning rasmiy nomi Buxoro xonligi deb ataladigan boʻlgan. Xususan, Ubaydullaxon Shayboniylar sulolasini saqlab qolish va uni mustahkamlashda muhim rol oʻynadi. Ubaydullaxon vafot etgach (1540), xonlik qisqa muddat 3 qismga boʻlinib, Buxoroda Abdulazizxon; Samarqandda Abdullatifxon; Balxda Pirmuhammadxon hukmronlik qilishgan. Abdullaxon II bu tarqoqlikka barham berib, xonlik hududini birlashtirgan va uni yanada kengaytirgan.
Abdullaxon II vafot etgach, uning oʻgʻli Abdulmoʻminxon va amakivachchasi Pirmuhammadxon II qisqa muddat xon boʻlishgan. XVI asr oxiri XVII asr boshlaridagi murakkab qaramaqarshiliklar natijasida Shayboniylar hokimiyatdan ayrilishdi. Soʻnggi shayboniy Pirmuhammadxon II oʻziga qarshi chiqqan Samarqand hokimi Boqi Muhammad bilan 1601-yil iyunda Samarqand yaqinidagi Bogʻi Shamolda boʻlgan jangda magʻlubiyatga uchragach, taxtni topshirishga majbur boʻldi. Shunday qilib, 1601-yildan Buxoro xonligini yangi turkiy sulola — Ashtarxoniylar (Joniylar) boshqarishga kirishgan. - Abdullaxon II vafot etgach, uning oʻgʻli Abdulmoʻminxon va amakivachchasi Pirmuhammadxon II qisqa muddat xon boʻlishgan. XVI asr oxiri XVII asr boshlaridagi murakkab qaramaqarshiliklar natijasida Shayboniylar hokimiyatdan ayrilishdi. Soʻnggi shayboniy Pirmuhammadxon II oʻziga qarshi chiqqan Samarqand hokimi Boqi Muhammad bilan 1601-yil iyunda Samarqand yaqinidagi Bogʻi Shamolda boʻlgan jangda magʻlubiyatga uchragach, taxtni topshirishga majbur boʻldi. Shunday qilib, 1601-yildan Buxoro xonligini yangi turkiy sulola — Ashtarxoniylar (Joniylar) boshqarishga kirishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |