Markaziy Osiyoda migratsion jarayonlarni oʻsib borishi. Markaziy Osiyo Geosiyosat va mafkuraviy jarayonlar


Download 7.91 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi7.91 Kb.
#1594475
Bog'liq
Markaziy Osiyoda migratsion jarayonlarni oʻsib borishi.


Markaziy Osiyoda migratsion jarayonlarni oʻsib borishi.
Markaziy Osiyo Geosiyosat va mafkuraviy jarayonlar
Har qanday davlatning boshqa bir davlat va hudud davlatlari bilan o‘zaro munosabatlari mavjud. Bu munosabatlar tenglik, bir tomonning ustunligi yoki butunlay hukmronligi tarzida ham bo‘lishi mumkin. Ushbu jarayonlar xalqaro munosabatlarda «davlatlararo munosabatlar», «tashqi aloqalar», «o‘zaro aloqalar» kabi tushunchalar orqali ifodalanadi.
Ana shular qatorida hozirgi xalqaro munosabatlarda «geosiyosat» (geopolitika) iborasi ham tez-tez qo‘llanilmoqda.
«Geosiyosat» tushunchasi o‘zida yer va siyosat ma’nolarini ifodalaydi. «Geosiyosat» atamasida geosiyosiy muddaolar, turli xil davlat va xalqlarning manfaatlari tizimi, u yoki bu davlatning hududiy joylashuvi salohiyatiga bo‘lgan maqsadlar o‘z ifodasini topgan.
Geosiyosat – hozirgi davrda dunyo mamlakatlari xalqaro siyosatida, siyosat falsafasida keng qo‘llanilmoqda. U ko‘p qirrali tushuncha bo‘lib, turli davlatlarning o‘z manfaatlarini ko‘zlagan holda ma’lum hududga nisbatan yuritadigan siyosatini bildiradi. Masalan, O‘zbekistonni olsak, u bilan o‘zaro iqtisodiy va boshqa sohalarda aloqa qilishni yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan har bir davlat, O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda eng yuqori salohiyatli, yer usti va yer osti boyliklari, ishchi kuchlariga boy ekanligini, Yevropa va Osiyoni o‘zaro bog‘lovchi yo‘lning tugun nuqtasi ekanligini, uning mintaqada tutgan tinchliksevar siyosati, iqtisodiy va siyosiy barqarorligini nazarda tutgan holda siyosat yurgizadi.
Mamlakatimizning Markaziy Osiyoda tutgan o‘rni nihoyatda o‘ziga xos. O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi eng yirik, aholisining soni eng ko‘p va iqtisodiy, ilmiy, ijtimoiy salohiyati yuqori bo‘lgan mamlakatdir. Buning ustiga O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tishni muvaffaqiyatli modeli ishlab chiqilgani va amalga oshirilishi, mamlakatda ishonchli tinchlik, barqarorlikning mavjudligi, uning xalqaro masalalarni hal qilishdagi faolligi shunday natijaga olib keldiki, Markaziy Osiyo mintaqasidagi biror jarayonda O‘zbekiston ishtiroki nazarga olinmay iloji yo‘q.
Tinchlik va xavfsizlik masalalari, avtomobil va temir yo‘l, aloqa kommunikatsiyalarini bunyod etish, terrorizm, narkobiznesga qarshi kurash masalalarida O‘zbekiston yetakchi rol o‘ynashi tabiiy.
O‘zbekistonning Yevropani Xitoy bilan bog‘lovchi, yoki Markaziy Osiyoni Kavkaz orqali Yevropa bilan bog‘lovchi yo‘llar qurilishi loyihasida qatnashayotgani, Shanxay hamkorlik tashkilotida a’zo bo‘lishi, boshqa xalqaro tashkilotlardagi o‘rni uning nufuzini yanada yuqori ko‘taradi.
Bugungi kunda geosiyosiy maqsadlar ko‘proq mafkuraviy siyosat bilan hamohang bo‘lmoqda. Mafkuraviy ta’sir ko‘rsatish geosiyosatning eng ta’sirchan vositasiga aylanmoqda. Ya’ni ba’zi kuchlar dunyo xalqlarining turli qatlamlari, xususan, yoshlar ongi va tafakkuriga mafkuraviy ta’sir ko‘rsatish orqali, ularning faoliyatini shaxsiy va g‘arazli manfaatlarga yo‘naltiradigan mafkuraviy muhit yaratishni ko‘zlamoqdalar.
Ana shu sababdan ham Prezidentimiz mafkuraviy poligonlar yadro poligonlariga qaraganda xavfliroq, deya alohida ta’kidlaganlar.
Buning xavfliligi shundaki, mafkuraviy ta’sirni ko‘z bilan ko‘rish, qo‘l bilan ushlash qiyin. Ba’zida uni sezish, tasavvur qilish ham qiyin. Qaysi davlatning kuchi qanchaligi, armiyasining soni va yadro poligoni qayerda joylashganini, uning quvvatini, qanday maqsadga yo‘nalganligini muayyan darajada aniq bilish mumkin. Ammo yovuz, mafkuraviy maqsadlarning qaysi yo‘llar bilan insonlar qalbini egallab olayotganligini osonlikcha bilib bo‘lmaydi.
Bugungi dunyoda turli hudud xalqlarini ma’naviy-mafkuraviy jihatdan tobe etishga intilish va dunyoni shunday asosda bo‘lib olishga urinishlar davom etmoqda. Buning uchun ular ommaviy axborot vositalari, turli xil markazlardan foydalanmoqdalar. Masalan, turli jangari filmlar, bolalar uchun kompyuter programmalari, teleo‘yinlardan foydalanish hollari mavjud.
Download 7.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling