17-Mavzu. Ontogenezning ilk bosqichlarida insonning psixik rivojlanishiga xos xususiyatlar (2s)


Go‘daklik davrida jismoniy va psixik taraqqiyotning kechishi


Download 193.67 Kb.
bet4/5
Sana06.05.2023
Hajmi193.67 Kb.
#1432940
1   2   3   4   5
Bog'liq
17maruza

Go‘daklik davrida jismoniy va psixik taraqqiyotning kechishi.
Go‘daklik davri - bu bolaning himoyasiz, kam harakat, atrofidagi hodisalarga juda kam reaksiyasi bo‘lgan boladan juda jadal ravishda rivojlanadigan, faol, tez ilg‘aydigan, harakatchan, yordamga chaqira oladigan quvnoq bolaga aylanish davridir. Go‘dak Yoshidagi bola ham jismonan, ham psixik, ham ijtimoiy jihatdan juda tez rivojlanadi. U qisqa vaqt ichida kattalar bilan munosabat o‘rnatadi, predmetlarni ushlashga va ulardan foydalanishga o‘rganadi. U atrof-olamdagi narsalarni kuzatadi, predmetlarni qo‘li bilan ushlab, ularni qandayligini bilishga intiladi, tovushlarga e’tibor beradi va predmetlarni harakatlantirish yordamida shu tovushlarni o‘zi yaratishga harakat qiladi. U o‘z onasi va boshqa yaqinlari bilan emotsional munosabatga kirishadi. Juda qisqa vaqt ichida, kattalarning yaqin kelishidan quvonadigan bolaga aylanadi.
Ilk Yoshdagi bolaning harakat faoliyati uning rivojlanish darajasini va nerv tizimining funksional holatini aks ettiradi. N.D. Levitovning ko‘rsatishicha, yangi harakatlarni egallash analizatorlarning rivojlanishi bilan chambarchas bog‘langandir, zotan kichkina bola olamni sezish yordami bilan biladigan mavjudot bo‘lganligi sababli, harakatlarning o‘z vaqtida ta­raqqiy etishi bolaning umumiy psixik taraqqiyotini ko‘rsatuvchi omil bo‘lib xizmat qiladi. Ilk yoshdagi bolalarning muskullari juda bo‘sh bo‘ladi.
Go‘daklik yoshida bolalarni harakat ko‘nikmalari, ayniqsa qo‘l va oyoqlarning murakkab sensor koordinatlashgan harakatlari tez shakllanadi. Bu harakatlar keyinchalik bolalarni bilish va aqliy qobiliyatlarini yuzaga kelishida judayam sezilarli rol o‘ynaydi. Bola qo‘l va oyoq harakatlari hisobiga olam haqida axborotlarni ahamiyatli qismini oladi. Qo‘lning murakkab harakatlari idrokning birlamchi shakliga kiradi va odamning aqliy faoliyatini mukammallashuvini ta’minlovchi uning ajralmas qismiga aqlanadi. Bola qo‘lining katta impulsiv faolligi hayotining birinchi haftasida namoyon bo‘ladi. Bu faollik qo‘llarni silkitish, ushlash, barmoqlar harakatlarini o‘z ichiga oladi. Bola 3-4 oyligida predmetlarga qo‘l uzata boshlaydi, katalarning yordami bilan o‘tiradi. 5 oyligida u harakatsiz predmetlarni qo‘li bilan ushlay oladi. Bola harakatlanayotgan narsani kuzata boshlaydi. U turli ovozlarga, jumladan, kattalarning tovushlariga e’tibor bera boshlaydi.
Go‘daklik davridagi bolaning hayoti to‘liq kattalar bilan hamkorliqdagi emotsional munosabat bilan bog‘liq bo‘lib, bola kayfiyatining yaxshi bo‘lishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi. 4-5 oyligidan boshlab, bola o‘z yaqinlarini begonalardan ajrata boshlaydi. Kattalar bilan emotsional munosabat shu Yoshdagi bolalarning asosiy etakchi faoliyati bo‘lib, bola psixik taraqqiyotining asosi bo‘lib hisoblanadi. Kattalarning doimiy ravishda bola bilan birga bo‘lishlariga unga o‘z diqqatlarini qaratishlariga odatlanishi, uning o‘yinchoqlarga nisbatan qiziqishining susayishiga olib kelishi mumkin. Tarbiyaning to‘g‘ri olib borilishi bolaning kattalar bilan bo‘ladigan muomala-munosabatini predmetlar, o‘yinchoqlar bilan munosabatining almashinishiga olib keladi. Kattalar yordami bilan bajariladigan barcha xatti-harakatlari bolaning kelgusi psixik rivoji uchun asos bo‘ladi. Kattalarning bolaga nisbatan emotsional munosabati, ularning gaplariga bolaning o‘z diqqatini qaratishi, javob qaytarishga harakat qilishi, ba’zi so‘zlarni yodida saqlab qolib, emotsiya bildirishi, diqqat, xotira, nutq va boshqa bilish jarayonlarining rivojlanishiga zamin bo‘ladi. Ikki oylik davridan boshlab bolada oddiy ranglarni ajratish, 3-4 oyligidan boshlab, esa predmetlarning shaklini ajratish layoqati yuzaga kela boshlaydi. Go‘dak bola 2 oylik vaqtidan boshlab, o‘z onasining yuzini va ovozini o‘zgalarnikidan ajrata boshlaydi. 2-3 oylikdan boshlab esa, onasining tabassumi va kulgusiga tabassum va turli harakatlar bilan javob qaytaradi.
3-4 oyligidan boshlab, bolalar yaqinlariga o‘z harakatlari bilan ko‘rish, eshitish yoki gapirishni xohlayotganligini ko‘rsatadilar. 8 oyligidan boshlab esa, bola o‘zgacha muhit va begonalar qo‘liga tushsa, o‘z xavotirini yig‘isi orqali namoyon etadi. Bu xavotir 14-18 oyligida asta-sekinlik bilan kamaya boshlaydi.
2-3 oylik bolalarda yuzaga keladigan narsalarni ushlay olish harakatlarining shakllanishi ularda predmetlarning shakli va hajmini idrok qilishlarini rivojlanishiga olib keladi. Bir Yoshga etgan bolada atrof muhitni bilishga qiziqishi va rivojlanayotgan bilish faolligi ko‘zga tashlanadi.
Go’daklik davri inson hayotidagi organik ehtiyojlarni (kislorodga, ovqatga, issiq yoki sovuqqa) qondirishga nisbatan yo’naltirilgan xatti-harakatlarining tug’ma, instinctiv shakllari sof holda kuzatiladigan yagona davr hisoblanadi. Insonga xos bo’lgan xatti— harakatlar, yangi tajribalarni egallash uchun beqiyos imkoniyatlarning borligi go’daklik yoshidagi bolalarning asosiy xususiyatlaridir. Agar organik ehtiyojlar yetarli darajada qondirib borilsa, ular o’zlarining asosiy bo’lish ahamiyatini yuqotadi: to’g’ri tashkil etilgan kun tartibi, rejim va Ta’lim natijasida bola psixik rivojlanishi uchun asos bo’ladigan taassurotlarga, harakatga, muloqotga nisbatan yangi turdagi ehtiyojlar turkumi yuzaga keladi, Bola tug’ilishining birinchi haftasidanoq uning ko’rish va eshitish sezgilari jadal suratda rivojlanadi. Bola harakatlanayotgan narsani kuzata boshlaydi. U turli ovozlarga, jumladan, kattalarning tovushlariga e’tibor bera boshlaydi. Yangi tug’ilgandan chaqaloqning miya og’irligi kattalar miyasining 1/4 qismiga to’gri keladi, nerv hujayralarning soni esa xuddi kattalarniki kabi bo’lib, lekin ular yetarli darajada rivojlanmagan bo’ladi.
Ilk go’daklik davri - bu bolaning himoyasiz, kam harakat, harakat holatidan juda jadal ravishda rivojlanadigan, quvnoq bolaga aylanish davridir. U Qisqa vaqt ichida kattalar bilan munosabat o’rnatadi, predmetlarni ishlashga va ulardan foydalanishga o’rganadi. U atrof olamdagi narsalarni kuzatadi, predmetlarni qo’li bilan ushlab, ularni qandayligini bilishga intiladi, tovushlarga e’tibor beradi va predmetlar yordamida shu tovushlarni o’zi yaratishga harakat qiladi. U o’z onasi va boshqa yaqinlari bilan emotsional munosabatga kirishadi. Go’dak yoshidagi bola ham jismonan, ham psixik, ham ijtimoiy jihatdan juda tez rivojlanadi. Juda qisqa vaqt ichida atrofidagi hodisalarga juda kam reaktsiyasi bo’lgan boladan, faol, tez ilg’aydigan, harakatchan yordamga chaqira oladigan, narsalarning yaqin kelishidan quvonadigan bolaga aylanadi. Ta’limning to’g’ri olib borilishi bolaning kattalar bilan buladigan muomala-munosabatini predmetlar, o’yinchoqlar bilan munosabatining almashinishiga olib keladi. Kattalar yordami bilan bajariladigan barcha xatti-harakatlari bolaning kelgusi psixik rivoji uchun asos bo’ladi. Kattalarning bolaga nisbatan emotsional munosabati, ularning gaplariga bolaning o’z diqqatini qaratish, javob qaytarishga harakat qilishi, ba’zi so’zlarni yodida saqlab qolib, emotsiya bildirish, diqqat, xotira, nutq va boshqa bilish jarayonlarining rivojlanishiga zamin bo’ladi, Ikki oylik davridan boshlab bolada oddiy ranglarni ajratish, onasining tabassumi va kulgusiga tabassum va turli harakatlar bilan javob qaytaradi o’z xavotirini yig’isi orqali namoyon etadi. Bu xavotir 14-18 oyligida asta—sekinlik bilan kamaya boshlaydi. Bir yoshga yetgan bolada atrof muhitni biljshga qiziqishi va rivojlanayotgan bilish faolligi ko’zga tashlanadi.
Go‘daklik davridagi bola yura boshlaydi va birinchi so‘zlarni aytadi. Birinchi yilning oxirida bola mustaqil harakat qilishni o‘rganib oladi: emaklash, so‘ngra tik yurishni o‘rganadi. Dunyo unga boshqacha ko‘rina boshlaydi. Yurish bolaga kattalardan bo‘linish, harakat subyektiga aylanish imkonini beradi. Birinchi yilning oxiriga kelib yaqin kattalar bilan emotsional umumiylikning bo‘linishi va rivojlanish ijtimoiy vaziyatining qayta qurilishi ro‘y beradi. Faqat yaqinlarga tushunarli bo‘lgan va ko‘rsatuvchi jestlar xarakteriga ega bo‘lgan birinchi so‘zlarning paydo bolishi kattalar bilan yangi progressiv muloqot usuliga aylanadi. L.I.Bojovichning ta’kidlashicha, go‘daklik davridagi yangi tuzilmalardan biri motivatsiyalashgan tasavvurlarning paydo bolishidir. Bolaning ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bolgan predmetlar obrazlarining xotirada saqlanib qolishidir. Motivatsiyalashgan ehtiyojlarning paydo bolishi bolani harakat subyektiga aylantiradi. Harakat imkoniyatlarining ortishi (dastlab emaklash, keyin yurish) bola uchun xavfsiz bolgan ko‘p narsalarni ushlab kolish imkoniyatiga ega boladi. Ota-onalar cheklovlar qo‘yishga majbur boladi. Bola ayrim harakatlarini amalga oshirishda doimiy kattalarning qarshiligiga duch kelishi tufayli uning istaklari va kattalarning xohish va hislariga mos kelmasligini tushuna boshlaydi. Xotirjam bola endi o‘z istaklarini bajarishga harakat qiladigan faol bolaga aylanadi. L.S.Vigotskiyning ta’kidlashicha, emotsional bo‘ron tipi bo‘yicha kechadigan affektiv reaksiyalarning paydo bolishi bir yoshdagi inqiroz namoyon bolishining xulq-atvor belgilaridir. Bola o‘zi xohlayotganini talab qilib, kattalarga qarshi chiqib, yig’laydi, polga yotib oladi. Bolaning shaxsiy istagi paydo boladi, uning subyektiga aylanadi; xohlovchi Men paydo boladi. Umuman inqiroz bola taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunda turli buzilishlar kuzatiladi: bioritmning buzilishi (masalan, tetiklik va uyqu); hayotiy ehtiyojlarni qondirishning buzilishi (ochlik hissi); emotsional anomaliyalar (yig‘loqilik, tez xafa bo‘lish). Tushunadigan ota-onalar mustaqillikka intilayotgan bolaning faolligini kerakli tomonga yo‘naltira olishadi. Bolaning maksimal xavfsizligiga g‘amxo‘rlik qilish doimiy cheklovlar va «mumkin emas» so‘zini kamroq ishlatishga harakat qilish zarur. Uydagi fazo mumkin va mumkin emasga aniq ajratilishi lozim. Bu mumkin bo’lganda cheklovlarni boshqa alternativ xulq-atvor bilan almashtirish lozim: uydagi predmetlarni yaxshilab qarab chiqib, bola istayotgan predmetni xavfsizrog‘i bilan almashtirish zarur.



Download 193.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling