17-Mavzu: Tаshqi sаvdo vа globаl iqtisodiyotgа qo’shilish siyosаti Reja


Dempinga karshi karatilgan bojlar


Download 142.95 Kb.
bet4/6
Sana26.06.2023
Hajmi142.95 Kb.
#1655040
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
17-Mavzuga mustaqil ishi

Dempinga karshi karatilgan bojlar jaxon amaliyotida keng ko`llanilib, o`zida ko`shimcha import bojlarini aks ettiradi. Ular odatda, jaxon narxlaridan yoki import kilayotgan mamlakat ichki narxlaridan past narxlar bo`yicha, eksport kilinayotgan maxsulotlarga o`rnatiladi. Bu bojlarni belgilash xakidagi karorni xalkaro sud maxalliy ishlab chikaruvchilar va sotuvchilar murojaatidan so`ng chikaradi xamda uning mikdorini va to`lash tartibini belgilaydi. Masalan, dempingga karshi bojlar o`z valyuta resurslarini to`ldirish maksadida jaxon bozoriga xom ashyo resurslarini eksport kilishni ko`paytirgan sobik ittifokdosh respublikalarga nisbatan faol ko`llanilmokda.
Eksportga tariflar yoki eksport bojlari kiritilishining okibati import bojlari kiritilishi okibatining aynan aksidir. eksport bojlari kiritishishi sharoitida maxsulotlar ichki baxosi ularning tashki baxosidan pasayadi. Bunday vaziyatlarda ichki iste`mol o`sadi, ishlab chikarish va eksport kamayadi. eksportga bojlarni joriy kilish natijasida milliy ishlab chikaruvchilarda yo`kotishga duch bo`ladilar. Tanki bozordagi baxolarga nisbatan ichki baxoning kamayishidan iste`molchilar yutukka erishsa, davlat esa daromadga ega bo`ladi.
Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash eksport kvotalarining bir turi bo`lib, xorij mamlakatlarining ayrim mamlakatlarga “ixtiyoriy” eksport mikdorlarini cheklashdan iborat.
Bu erda «ixtiyoriy so`zi» shartli xarakterga ega. CHunki, eksport kilayotgan mamlakat savdo siyosatida o`z xamkorlari tomonidan birorta noxushlikka duch kelmasligi uchun eksport mikdorini cheklaydi.
Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash ikki xil xususiyatga ega:
1. Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash milliy iste`molchilar uchun tarif va kvotalarni belgilashga nisbatan ancha sezilarsiz. SHuning uchun iste`molchilar ularni e`tiborsiz kabul kiladilar va xukumatga norozilik bildirmaydilar.
2. Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash sharoitida xorij iste`molchilari ular sotib olayotgan eksport maxsulotiga yukorirok narx belgilashlari mumkin.
SHunday kilib, xorijliklar ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash sharoitida eksportyor ko`rgan yo`kotishlarni narxlarni oshirish xisobiga koplashadi.
Savdo siyosatini amalga oshirishning ko`rib o`tilgan usullarining xar biri ijobiy jixatlari bilan birga salbiy okibatlarga xam ega. Mamlakat iktisodiyotining rakobatbardoshligi darajasi kuchayib borgani sari tashki savdo liberallashtirib boriladi. Mamlakatning xalkaro savdo tashkilotlariga a`zo bo`lishi bu jarayonining konuniy natijalaridan biridir. Tashki savdoni erkinlashtirilishi iktisodiyotda bozor munosabatlarini yanada rivojlantirishga olib keladi.


Download 142.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling