17-mavzu: Tegishli jihoz, vosita va didaktik materiallardan foydalanilgan holda o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil qilish Reja
Darsga tayyorlanishning texnologik mohiyati
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
TiZcvMsHMlq6BUq8un6yBGKb6CchmmEBwePIh4lJ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars bevosita o‘qituvchi rahbarligida aniq belgilangan vaqt davomida muayyan o‘quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shakli sanaladi
Darsga tayyorlanishning texnologik mohiyati.
Darsning samaradorligi uning puxta tayyorlanganligi va samarali tashkil etilganligi bilan bog‘liq. Yaxshi rejalashtirilmagan, yetarlicha o‘ylab chiqilmagan, shoshilinch tuzilgan va o‘quvchilar imkoniyatlariga moslashtirilmagan dars sifatli bo‘la olmaydi. Darsga tayyorgarlik aniq sharoitlarda eng yuqori yakuniy natijaga erishishni ta’minlaydigan o’quv jarayonini tashkil etishning komleks choralarini ishlab chiqishdir. O‘qituvchining darsga tayyorgarligida quyidagi uchta bosqich ko‘zga tashlanadi: tashxislash, bashoratlash, loyihalash (rejalashtirish). Shu bilan birga o‘qituvchi amaliy materiallarni yaxshi bilishi, o‘z fanini erkin olib borishga erishishi lozim. Darsga tayyorgarlik asosini bo‘lajak mashg‘ultning algoritmlari, Dars bevosita o‘qituvchi rahbarligida aniq belgilangan vaqt davomida muayyan o‘quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shakli sanaladi samaradorligi bog‘liq bo‘lgan omillar va holatlarni hisobga olishni ta’minlovchi qadamlarni ketma-ket tartib bilan bajarish tashkil etadi. Algoritmni amalga oshirish aniq sharoitlarni diagnostika qilish bilan boshlanadi. Tashxis didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini belgilashdir. Unda o‘quvchilarning imkoniyatlari, ularning faoliyatlari va xulqlari, motivlari, talab va layoqatlari, qiziqish va qobiliyatlari, bilimdonlik darajasi, o’quv materialining xususiyati, uning ahamiyati, dars tuzilishi, yangi axborotni o‘zlashtirish, mustahkamlash va tizimlashtirish, bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish va tuzatish kabi holatlar namoyon bo‘ladi. Bashoratlash darsni tashkil etilishining turli varianlarini baholash va ulardan qabul qilingan mezonlarga muvofiq eng ma’qulini tanlab olish. Loyihalash (rejalashtirish) o‘quvchilarning o’quv faoliyatini boshqarish dasturini yaratish bo‘lib, u darsga tayyorlanishning yakuniy bosqichi hisoblanadi. Loyiha (boshqarish dasturi) qisqa va aniq, erkin tuzilgan, pedagog o‘zi uchun boshqarish jarayoni muhim vaziyatlari (kimdan va qachon so‘rash, qayerda mavzuni kiritish, mashg‘ulot keyingi bosqichiga qanday o‘tish, oldindan ko‘zda tutilmagan qiyinchiliklar yuzaga kelganida jarayonni qaysi sxema bo‘yicha qayta o‘zgartirish)ni belgilab olishga imkon beruvchi hujjatdir. Boshqarish dasturi darsning an’anaviy rejasidan boshqaruv ta’sirning aniq va tushunarli bo‘lishi bilan farqlanadi. Maktabdan tashqari mashg‘ulotlarning asosiy va barqaror turlariga o‘qish jarayonining tarkibiy qismi sifatida qaraladigan, o‘quvchilarning mustaqil uy ishlari kiradi. Mustaqil uy ishlarining asosiy maqsadi – darsda o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarini kengaytirish, chuqurlashtirish, ularni esdan chiqarishning oldini olish, o‘quvchilarning individual layoqati, iste’dod va qobiliyatini rivojlantirishdan iborat. Bu ishlar o’quv dasturi talablari, o‘quvchilarning qiziqish va ehtiyojlari hamda ularning rivojlanish darajalarini hisobga olib quriladi. O‘quvchilarning mustaqil uy ishlari ma’lum didaktik vazifalarni bajaradi. Chunonchi, darsda o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash, sinfda ishlab chiqilgan o’quv materialini kengaytirish va chuqurlashtirish, mashqlarni mustaqil bajarish ko‘nikmalarini shakllantirish, dasturli material doirasiga kiruvchi hajmda individual topshiriqlarni bajarish asosida mustaqil fikrlashini rivojlantirish, individual kuzatishlar, tajribalar, gerbariy, tabiiy namunalar, otkritkalar, rasmlar, gazeta va jurnal lavhalari statistik ma’lumotlar kabi o’quv qo‘llanmalarini to‘plash va tayyorlash va boshqalar. O‘qitish jarayonini kompleks ravishda tashkil etishga katta ahamiyat beriladi. O‘qituvchi-pedagog bu tizimni mukammal bilishi shart. O‘qitish vositalari turli xil funksiyalarini bajarish bilan birga qator imkoniyatlarga ham ega. O‘qitish jarayonlari uchta asosiy funksiyani bajaradi: ma’lumot berish, tarbiyalash hamda rivojlantirish. O‘qitish jarayonini ko‘rgazmali tashkil etishda kompleksli o‘qitish, pedagogik jarayonning barcha asosiy funksiyalari o‘qitish vositalari orqali amalga oshiriladi. O‘qitish jarayonini o‘qitish vositalari bilan taminlashda iqtisodiy yondoshuv zarur. Tanlangan kasb-hunarning istiqbolli ekanligi va ommaviyligi o‘qitish vositalarining kompleksligi asosida loyihalashtirilishi kerak. Ikkinchi, shunday vostilarni tanlash va yaratish kerakki, ular o‘quv- tarbiyaviy masalalarini eng kam sarf harajatlar bilan amalga oshirishni taminlasin. O‘qitish vositalaridan kompleks foydalanishning samaradorligi ularni qo‘llashda ratsional jihozlanishga nisbatan aniq talab va tavsiyalar qo‘yilishi lozim. Talab va tavsiyalar esa quyidagilardan iboratdir: - ko‘rgazmali qurol, tarqatma material va darsda qo‘llanilayotgan o‘qitish vositalari keragidan ortiq darajada qo‘llamaslik; - darsda qo‘llaniladigan vositalar (plakat, sxema, model, maket, mulyaj, detal va boshqalar) har doim oldindan ko‘rib chiqib tanlab olingan va foydalanish tartibda tayyor bo‘lishi kerak; - texnik vosita va boshqa ko‘rgazmali qurollarda oldindan ishlatib ko‘rish lozim; - individual qo‘llash uchun tanlangan didaktik ko‘rgazmali qurollar va boshqa qo‘llanmalar barcha ta’lim oluvchilar uchun yetarli bo‘lishi kerak; - ko‘rgazmali qurollaning yetarli darajada ko‘rilishi va eshitilishini taminlash; - har bir didaktik materialning qo‘llanilish maqsadi va o‘rnini aniq rejalashtirib olish. Masofadan o‘qitish o‘quv jarayonini oliy darajada tashkil etish va o‘quv mayetrialini translyatsiya qilish imkoniyatini beradi. Masofadan o‘qitishni tashkil qilish turlari quyidagichadir: - saqlanib qo‘yilgan o‘quv materialini («Konservalangan») kompyuter o‘qitish vositasi yordamida uzatish; -turli masofada jaylashgan sinf va guruhlarga yagona materialni uzatish; fan arboblari, pedagog navatorlar, uslubchilarning leksiya va mashg‘ulotlari tasvirini uzatish; -telekonferensiya va munozaralar jarayon tushirilgan tasvirni uzatish; -o‘quv uslubiyot materiallarining almashuvini taminlash. Telekommunikatsiya tizimlarining qo‘llanishi yangi pedagogik va kasbiy bilimlarni eng qisqa muddatda uzatishni imkoniyatini beradi. Informatsion texnologiyalarning rivojlanishi o‘qitishning yana bir yo‘nalishini – media o‘qitishni vujudga keltiradi. Bunda ta’lim oluvchilar turli xil ommaviy vositalari (gazeta, jurnallarni, TV, kino, radio, video va boshqa) mazmunini egallab olishga tayyorlash yo‘nalishida olib boriladi. Umuman olganda yangi tashkil qilingan va modernizatsiyalashgan o‘qitish vositalarida quyidagi o‘ziga xos an’analar mavjud: - qo‘llanmalarining sonini qisqartirish (tanlanganlik, keraklilik va yetarlilik); - ularni funksional imkoniyatlarini kengaytirish (ko‘plab funksional tamoyillari); - o‘qitish vositalarini komplektlash va ular tizimini ishlab chiqish sharoitini yaratish; - ta’lim oluvchilarning mustaqil o‘qishi, chunonchi, turli o‘qitish darajalarda ilmiy tekshirish va tajriba ishlari majmualarini yaratish; - maxsus yo‘naltirilgan modul majmualarni yaratish. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling