shuningdek, o‘tilgan dars materialini mustahkamlash, o‘qitish
jarayonining
ko‘rgazmaliligini oshirish, murakkab jarayonlar va
boshqa shu kabilarni tahlil
qilish, o‘quvchilarda bilim olish ishtiyoqini oshirish kabi bir qator pedagogik
masalalar muvaffaqiyatli hal etiladi.
Har qanday pedagog yoki muhandis-pedagog ta’lim
tarbiya jarayonida
o‘qitish vositalaridan foydalanar ekan, unga qo‘yiladigan
barcha talablar bilan
birgalikda, xavfsizlik texnikasi qoidalariga ham rioya qilish talab etiladi. Chunki
xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilmagan holda mashg‘ulotni
tashkil etish,
o‘quvchilarning mashg‘ulot mazmunini egallashlarida qiyinchiliklarni vujudga
keltirish mumkin.
Xavfsizlik texnikasiga rioya qilish holatlari ko‘pincha o‘qitishning
texnik
vositalariga nisbatan qo‘llaniladi. Chunki texnik vositalar asosan elektr toki bilan
ishlaydi.
Har qanday ta’lim vositalaridan foydalanishda uning didaktik funksiyalari va
qo‘llaniladigan o‘quv vaziyatlari (imkoniyatlari) haqida axborotga ega bo‘lish
o‘qituvchining mashg‘ulotni mazmunli tashkil etishini ta’minlaydi. Shuni hisobga
olgan holda quyida “Amaliy kasbiy ta’limning didaktik vositalari” haqida hamda
uning qo‘llaniladigan o‘quv vaziyatlaridan ayrim namunalar keltiriladi.
Ta’lim sifatini oshirishda o‘qitish vositalari ham alohida ahamiyatga ega.
Ko‘rgazmali metodning quyidagi turlari mavjud:
Turlari
Namoyish
Tasvirlash
Ekskursiya