Mavzu: texnik diagnostikasi asoslari


Download 133.26 Kb.
bet1/2
Sana03.12.2020
Hajmi133.26 Kb.
#157493
  1   2
Bog'liq
13-маьруза


MA’RUZA № 13

MAVZU: TEXNIK DIAGNOSTIKASI ASOSLARI

Reja:


  1. Umumiy tushunchalar.

  2. Elektr uskunalarning profilaktik sinovlari

  3. Izolyasiya diagnostikasi

  4. Elektr uskunalarni texnik qarov va joriy ta’mirlashda diagnostika qilish.

4.1. Umumiy tushunchalar

Texnik diagnostika - texnik vositalarning texnik xolatini anikdash va nosozliklarini (defektlarni) topish uslublari va vositalari xakidagi fandir.

Texnik diagnostika jarayoni bu obektning xolatini urganish, ob’ekt texnik xolati xakida yakuniy xulosalar kilish, nosozlik joylarini anik kursatish, defekt xarakteri xakida tulik ma’lumot berish, tokli kismlari, izolyasiyasi va metall kismlari, korpusi, armaturasining umumiy xolatini tariflash. Asosiy va yordamchi kursatkichlariga baxo berishdir.

Diagnostika uslubi (algoritmi) - bu ob’ektning texnik xolatini aniklashga imkon beruvchi xarakatlar ketma-ketligi va majmuidir (ekspriment utkazib). Bunda ob’ektga ma’lum bir ta’sirlar kursatib uning xolatidagi uzgarishlar kursatkichlari kuzatiladi, diagnostika kilish imkonini beruvchi xususiyatlari urganiladi. Kuzatuvlar natijasi buyicha ob’ekt xolati xakida xulosalarga kelinadi. Masalan izolyasiyani oshirilgan kuchlanish bilan sinab, utayotgan tokni nazorat kilib, unga karab izolyasiya sifati xakida xulosa kilinadi.

Diagnostika sistemasi - bu texnik vositalar, ob’ekt va uslublar majmui bulib, ma’lum bir maksad va vazifalarga ega buladi. Diagnostika vazifasiga kura va echayotgan diagnostika masalasining xiliga karab diagnostika sistemasini shartli ravishda 4 xilga bulinadi: profilaktik diagnostika, diferensial diagnostika, funksional va bashoratlovchi diagnostika.

Profilaktik diagnostika sistemasi ekspluatatsiya davrida uz resursini utab bulgan, ya’ni kursatkichlari ruxsat etilgan chegaraviy kiymatlarga kelib kolgan ob’ektlarning elementlarini (ob’ektni ta’mirga chikarmasdan uning emirilgan, kuchsiz joylarini aniklash), detal va elementlarining defektlarini topish uchun utkaziladi. Bu maksadda, muntazam ravishda, rejali profilaktik sinovlar utkazib turiladi.

Differensial diagnostika sistemasi rejali texnik karov va joriy remont vaktida elektr uskunalarning nosozliklarini aniklash uchun xizmat kiladi. Olingan natijalarga karab remont xili, uning ish xajmiga anikliklar kiritiladi (joriy yoki kapital). Differensial diagnostika sistemasida umumiy xarakterli va maxsus asboblar ishlatiladi. Oddiy ommetr (megommetr) yordamida chulgamlardagi (tarmokdagi) uzilishlarni, simlardagi uzaro tutashishlarni, kontaktlar, izolyasiyalangan joylari va boshka elementlardagi nosozliklarni aniklash mumkin.

Maxsus asboblar, masalan namlikni nazorat kilish asbobi (PKV) - izolyasiyaning namlanganlik darajasini; yukori chastotali ulchov asbobi (VCHF) - elektr mashinalar chulgamlaridagi uramlararo tutashuvlarni aniklash imkonini beradi. Bundan tashkari differensial diagnostika.

konkret elektr uskunaning texnik yuriknomasi yoki ma’lumotnomalarda keltirilgan, shu kurilmaga xos nosozliklar jadvali yordamida bajariladi.

Funksional diagnostika sistemasi (FDS) elektr uskunalarni tekshirish, tipaviy va maxsus sinovlarda kompleks ekspluatatsion xususiyatlari (kursatkichlari) ni aniklash yuli bilan va ularni mavjud nominal yoki me’yorlangan kiymatlari bilan solishtirib, faoliyati sifatini va ishga yarokliligini aniklash uchun muljallangan. Masalan, asinxron motorni tekshirish sinovlarida chulgamlarining karshiligi doimiy tokda aniklaniladi, izolyasiyasi karshiligi ulchab kuriladi, salt ishlash toki va kuvvat isrofi, kiska tutashuv kuchlanishi va isrofi (Rkt) aniklaniladi. Agar ulchab olingan kursatkichlar ruxsat etilgan kiymatlarda bulsa, motor ishga yarokli deb xulosa kilinadi, aks xolda uning nosozliklari yukotilib kursatkichlari tugirlanadi.

Bashoratlovchi diagnostika sistemasi kompleks ulchovlar va nazoratlar natijasida elektr kurilma xolatining keyingi uzgarishlarini aniklab, uning ishda chikish vaktini kursatib beradi. Bunda bashorat kilinayotgan vakt oraligida ob’ekt kursatkichlarining uzgarish konuniyatlarini kuzatib, olingan ma’lumotlarga asoslanib, elektr uskunaning koldik resursi aniklanadi. Bunda masalan lyuftlar, zazorlar, kuchlanish olingach dastlabki vaziyatiga kaytishi va boshka kursatkichlar aniklanilib, detalning xolatiga baxo berish mumkin. Masalan podshipniklarda zazor ulchab, uning chegaraviy ruxsat etilgan mikdori bilan solishtiriladi. Ularning farkini eyilish tezligiga bulib koldik resursni aniklashimiz mumkin. Koldik resurs mikdori podshipnikni ishdan chikish vaktini aniklash imkonini beradi. Lekin bunday bashorat kilish xar doim xam anik ishdan chikish vaktini aniklab beravermaydi, ayniksa murakkab tarkibli ob’ektlar bulsa. Ularning xolatiga xilma-xil omillar ta’sir kursatib turadi va eskirish jarayonlari tezligi turli davrlarda turlicha bulishi mumkin. SHuning uchun konkret elektr uskunalar ekspluatatsiyasida bashoratlovchi diagnostika sistemalarini ishlab chikish uslubiy kiyinchiliklardan va noanikliklardan xoli emas. Kupincha profilaktik sinovlar natijasida bashoratlash imkoni buladi, ayniksa ob’ekt eskirishi bir-ikki faktorga boglik bulsa. Agar ob’ekt sinovlardan yukori mustaxkamlik kursatkichlari bilan utsa, demak u navbatdagi sinovlargacha ishonchli ishlab turadi. Tuxtamay ishlash extimoli bunday kurilmalarda yukori buladi.

Kishlok va suv xujaligida elektr uskunalarning ekspluatatsiya samaradorligini oshirish, tuxtamay ishlab turishini ta’minlash uchun diagnostika sistemalarini kengrok joriy kilish zarur. Elektr uskunalarning profilaktik texnik xizmat kursatish va joriy remont sistemasi ularning texnik xolatini nazorat kilish elementlarini xam kuzda tutib, uning keyingi texnik xizmat va joriy remontigacha ishonchli ishlab berishini bashorat kiladi. Keyingi texnik ekspluatatsiya tadbirlarida, ya’ni elektr uskuna eskira borgan sari diagnostika sistemasining urni kengaya boradi, zarurati kuchayadi.



4.2. Elektr uskunalarning profilaktik sinovlari

Elektr uskunalar turli puxtalikka ega bulgan bir necha kismlardan iborat buladi. Uning biror kismining yaroksiz xolga kelishi butun elektr uskunaning tuxtab kolishiga olib keladi, ishlab chikarishga zarar etkaziladi, ish mashinalari va agregatlar turib koladi. Ayniksa kutilmagan tuxtab kolishlar xavfli buladi. Bunday tuxtab kolishlarni oldini olish uchun, kursatkichlari pasayib ketgan elementlarni uz vaktida topish va almashtirish uchun profilaktik diagnostika tadbirlari utkazib turiladi. Energetika tizimlarida bunday diagnostika profilaktik sinovlar yoki tekshirish ulchovlari deyiladi. Texnik ekspluatatsiya koidalariga kura va korxonalarda elektr uskunalarni ekspluatatsiyasini tashkil kilish buyicha uslubiy kullanmalarga asosan texnik xizmat kursatish va remontidagi sinovlaridan tashkari mustakil tadbirlar sifatida profilaktik sinovlar utkazib turiladi. Sinovlar xajmi va me’yorlari zavod tayyorlab bergan yuriknomalari va elektr uskunalar ekspluatatsiyasi tajribalariga asoslanib aniklanadi. Bu sinovlar texnik ekspluatatsiya koidalarining tarkibiy kismi bulib kolgan va korxonalarning energetika xizmati tomonidan bajarilishi majburiydir. Profilaktik sinovlarda birinchi navbatda elektr uskunalarning izolyasiyasiga e’tibor beriladi, chunki izolyasiya ularning eng nozik elementi bulib, eng tez eskiradi, yaroksiz xolga keladi.



Izolyasiyasini karshiligini ulchash bilan birga elektr uskunaning profilaktik sinovlarida uning boshka kursatkichlarini xam ulchab olinadi. Kuch transformatorlarining izolyasiyasi tekshirilganda absorbsiya koeffitsienti ifodadan aniqlanadi. miqdoridi zavodda belgilangan qiymatidan 30% dan ko‘proq kamayishi izolyasiyaning nam torta boshlaganini, bo‘lsa, uning ekspluatatsiyaga yaroqsiz ekanligini bildiradi. Izolyasiya quritilib, keyin transformator tarmoqqa ulanadi.

Kuvvati 630 kVA dan yukori termosifon filtrli kuch transformatorlarining moyi 5 yilda bir sinab turiladi. Bunda moyning elektr mustaxkamligi mexanik aralashmalar mikdori, kislotali rakami, alanga olish xarorati ulchab kurib aniklaniladi.

.1-jadval


T.

r.


Elektr utkazgich va jixoz turi, nomlanishi

Izolyasiya karshiligini tekshirish uslubi buyicha yuriknoma (megommetr kuchlanishi, ulchash davriyligi va x.k.)

Karshilik

me’yori,


MOm

1

2

3

4

1

Kuch va yoritish tarmok­lari; taksimlash vositalari, shchitlar; 0,38. 0,66 kV li elektr jixozlar

1000 V. Kuruk binolarda 6 yilda bir marta ulchanadi. Uta zax, issik xonalarda, ochik atmosferada urnatil­gan va kimyoviy faol moddalar bulgan muxitda yilda bir. Biror faza bilan er oraligida ulchanadi. Elektr tarmok uziladi

0,5

2

1 kV gacha kuchlanishli kuch kabel tarmoklari

2500 V. Mukobil ishlovchi elektr uskunalarida 5 yilda bir, mavsumiy ishlaydigan elektr uskunalarda - mavsum oldidan utkaziladi

0,5

3

35 kV gacha bulgan kuch transformatorlarda

2500 V. Muddati yurikno- malar buyicha ekspluatatsiya sharoitidan kelib chikib aniklanadi

Avvalgi mikdo- ridan 70% dan kup bulishi kerak

4

U =0,66 kV li elektr motorlarda (stator chulgamlarida)

1000 V. IIREsx buyicha kamida 2 yilda 1 marta

0, 1, 5 0

- t - =6 2 0

° ° S C



5

Kulda ishlatiladigan asboblar va kuchma yoritgichlar

500 V. Muddatlari IIREsx buyicha kamida 6 yilda 1 marta utkaziladi

0,5

Elektrodli suv kizdirgichlarda (elektrodli kozonlarda) suvning solishtirma karshiligi ulchanadi, 200S xaroratli suvning solishtirma karshiligi 10.50 Omm bulishi kerak. Elektr kozondagi ximoya vositalarining ishlashi xam tekshirib kuriladi. Xdvo elektr uzatish tarmoklari uchun gabarit ulchamlari, izolyatorlari, simlarning ulangan joylari, yogoch tayanchlardagi emirishlar, ximoya elementlarining xolati tekshiriladi.

Erga ulanish kurilmalari karshiligining profilaktik ulchovlari POOR sistemasi buyicha, kamida 3 yilda bir marta bajariladi. Ulchovlar yilning eng kuruk mavsumlarida bajariladi. Erning solishtirma karshiligi r<100 Omm bulganda kayta erga ulanishlar karshiligi R<30 Om,

transformatorlarning neytrallari karshiligi R<40 Om bulishi zarur. Potensiallarni tekislovchi kurilmalar xam xar yili tegib ketish kuchlanishi mikdorini ulchab tekshiriladi.



4.3. Izolyasiya diagnostikasi

Elektr kuchlari ta’sirida izolyasiyalovchi materiallarda murakkab jarayonlar ketadi. Delektrik material massasida begona aralamalar va defektlari nam tortishi oqibatida erkin zaryadlar paydo bo‘ladi va ular o‘tish toki hosil qiladi, bundan tashqari unda qutblanish jarayoni ketadi va arbsorbsiya toki ( yuzaga keladi. Uchinchidan atom qatlamlarining deformatsiyasi va siljishi oqibatida siljish toki ( hosil bo‘ladi. Bu jarayonlarda ko‘rib chiqish uchun izolyasiya materialini almashinish sxemasidan foydalanamiz. (4.1 – rasm).

SHu yerda izolyasiyalovchi materialdan o‘tayotgan tokning o‘zgarish dinamikasi ko‘rsatilgan. CHizmadan ko‘rinib turibdiki absorbsiya toki qutblanish jarayoni oxirida so‘nib boradi. O‘tish toki esa doimiy bo‘lib qoladi.

Izolyasiyaning haqiqiy qarshiligini o‘tish toki orqali qo‘yidagi ifodadan aniqlash mumkin:



(4.1)

U – quyilgan kuchlanish miqdori, V.



Tokning tashkil etuvchilarini ulchash ancha murakkabligidan karshilik mikdorini aniklashda izolyasiyadan utayotgan tokning 1 minutdan keyingi barkarorlashgan kiymatidan foydalaniladi. Bu paytda ia tulik sunadi va xatolik kam buladi. Soz izolyasiyalar uchun «Texnik ekspluatatsiya koidalari» (TEK) va «Elektr uskunalarni urnatish koidalari» (EUUK) da me’yoriy kiymatlar belgilangan. Masalan elektr motor izolyasiyasi uchun ruxsat etilgan karshilik mikdori kuyidagi ifodadan aniklanadi:

(4.2)

bu erda Rn - motorning nominal kuvvati, kVt; in -nominal liniya kuchlanishi, V.



Elektr uskunalar ekspluatatsiyasida uning izolyasiyasi ishchi kuchlanish, atmosfera ortikcha kuchlanishlari, kommutatsiya jarayonlari, mexanik va issiklik ta’sirlari, ifloslanishlar, namlik va boshka agressiv (faol) gazlar ta’sirida buladi. Natijada uning izolyasiyalovchi xususiyatlari yomonlasha boradi. Almashinish sxemasidan (4.1-rasm) kurinib turibdiki, izolyasiya sifatiga utish, siljish, absorbsiya toklari, yukolishlar kuvvati (


Download 133.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling