17-o 'qitishning interfaol usullari
Download 80.25 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
- Interfaol metodlar
- 29-rasm. Interfaol harakatni tashkil etuvchilar
- 30-rasm. Interfaol metodlarni samarali qo’llashning asosiy omillari
17-O 'QITISHNING INTERFAOL USULLARIReja: Interfaol metodlar va ularning didaktik imkoniyatlari. Interfaol metodlarning turlari. Interfaol metodlarning qo‘llanilishi. Tayanch tushunchalar: interfaol, interfaollik, metod, interfaol metod. Interfaol metodlar va ularning didaktik imkoniyatlari. Zamonaviy sharoitda ta’lim samaradorligini oshirishning eng maqbul yo‘li – bu mashg‘ulotlarning interfaol metodlar yordamida tashkil etish deb hisoblanmoqda. Interfaol metodlar – ta’lim jarayonida o‘quvchilar hamda o‘qituvchi o‘rtasida hamkorlikni qaror toptirish, faollikni oshirish, ta’lim oluvchilar tomonidan bilimlarni samarali o‘zlashtirish, ularda shaxsiy sifatlarni rivojlantirishga xizmat qiladigan metodlar sanaladi. Mantiqiy nuqtai nazardan interfaollik, eng avvalo, ijtimoiy sub’ektlarning suhbat (dialog), o‘zaro hamkorlikka asoslangan harakat, faoliyatning olib borishlarini ifodalaydi. Zamonaviy sharoitda interfaollik asosidagi suhbat (dialog) quyidagi shaxslar o‘rtasida tashkil etiladi (29-rasm): 29-rasm. Interfaol harakatni tashkil etuvchilar Ta’limning “talaba – axborot-kommunikatsion texnologiyalar” shaklida tashkil etilishi talabalar tomonidan mustaqil ravishda yoki o‘qituvchi rahbarligida axborot texnologiyalari yordamida bilim, ko‘nikma, malakalarning o‘zlashtirilishini anglatadi. O‘qitishning interfaol metodlarga asoslanishi bir qarashda nihoyatda oddiy, sodda va hatto “bolalar o‘yini” kabi taassurot uyg‘otadi. Biroq, bunda quyidagi omillarning mavjudligi talab etiladi (30-rasm): 30-rasm. Interfaol metodlarni samarali qo’llashning asosiy omillari Shu bilan birga ta’lim jarayonida interfaol metodlarni samarali foydalanishda quyidagi ikkilamchi omillar ham muhim o‘rin tutadi (31-rasm): O‘qituvchi ta’lim jarayonida interfaol metodlar yordamida talabalarning qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqillik, o‘z-o‘zini nazorat, o‘z-o‘zini boshqarish, samarali suhbat olib borish, tengdoshlari bilan ishlash, ularning fikrlarini tinglash va tushunish, mustaqil hamda tanqidiy fikrlash, muqobil takliflarni ilgari surish, fikr-mulohazalarini erkin bayon qilish, o‘z nuqtai nazarlarini himoya qilish, muammoning yechimini topishga intilish, murakkab vaziyatlardan chiqa olish kabi sifatlarni shakllantirishga muvaffaq bo‘ladi. Interfaol metodlarni qo‘llash orqali o‘qituvchi talabalarning aniq ta’limiy maqsadga erishish yo‘lida o‘zaro hamkorlikka asoslangan harakatlarini tashkil etish, yo‘naltirish, boshqarish, nazorat va tahlil qilish orqali xolis baholash imkoniyatini qo‘lga kiritadi. Download 80.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling