17-variant Agrar munosabatlar va ularning bozor tizimidagi o’rni
Download 18.26 Kb.
|
agrar munosabatlar
2.Jamg’arma va uning maqsadi
Jamg’arma – bu aholi, korxona (firma) va dalat joriy daromadlarining kelajakdagi ehtiyojlarini qondirish va daromad olish maqsadlarida to’planib borishidir.Jamg’arish fondi – bu barcha xo’jaliklar daromadidan iste‘mol sarflarini ayirib tashlansa uning hajmini tashkil qiladi. Barcha xo’jaliklar daromadi quyidagi yig’indidan iborat bo’ladi: XD =C+S Bu yerda: XD – barcha xo’jaliklar daromadi; S - iste‘mol miqdori; S -jamg’arma miqdorini bildiradi. Iste‘mol va jamg’arma darajasini aniqlab beruvchi asosiy omil milliy daromad hisoblanadi. Milliy daromad tarkibida turli soliqlar ham mavjud bo’ladi. Shu sababli soliqlar to’langandan keyin aholi qo’lida qoladigan daromad iste‘mol sarflari va shaxsiy jamg’arma yig’indisiga teng bo’ladi. Aholi qo’lidagi qoladigan daromad ixtiyordagi yoki sof daromad deb ataladi. Jamg’arilgan mablag’larining moddiy ishlab chiqarish sohasinig asosiy kapitallarini va aylanma mablag’larini kengaytirishga ketadigan qismi ishlab chiqarish sohasidagi jamg’arish summasini hosil qiladi. Itimoiy-madaniy sohadagi jamg’arish (noishlab chiqarish jamg’arishi) uy-joy fondini, kasalxonalar, o’quv muassasalari, madaniyat, sog’liqni saqlash, spart muassasalari, ya‘ni nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlarini kengaytirish, rekonstruktsiyalash, yangilashga sarflanadi. Jamg’arish summasi, uning hajmi va tarkibi takror ishlab chiqarish suratlarini belgilab beradigan hal qiluvchi omillardir. Jamg’arish normasi bevosita jamg’arish summasining butun milliy daromad hajmiga nisbati bilan aniqlanadi: JN = JS х100% MD Bunda: JN-jamg’arish normasi; JS-jamg’arish so’mmasi; MD – milliy daromad. Jamg’arish normasining ham o’z chegarasi bo’lib, uni oshirish iqtisodiy va salbiy oqibatlariga olib kelishi mumkin. Masalan, uning haddan tashqari ortishi natijasida investitsion sarflar samaradorligi pasayib ketishi mumkin, chunki kapital mablag’lar hajmi bilan qurilish tashkilotlarining quvvatlari, materiallar va uskunalar yetkazib berish imkoniyatlari, infratuzilmaning rivolanishi o’rtaida omutanosiblik paydo bo’ladi. Oqibatda iqtisodiy o’sish pasayib ketishi tamoyiliga ega bo’ladi. Jamg’arish hajmi milliy daromadining bir qismini tashkil etadi va shu ababli milliy daromad hajmi ko’payishini belgilaydigan omillar jamg’arish miqdorini ham belgilab beradi. Bu omillardan asosiysi qo’llaniladigan resurslar masasi va ularning unumdorligidir. Jamg’arish miqdori ishlab chiqarish jarayonida xam ashyo, materiallar, energiyani tejab-tergab sarflashga ham bog’liq. Mahsulot birligiga ularni sarflashni kamaytirish moddiy vosilaraning o’sha miqdorida mahsulotlarni ko’proq hamida ishlab chiqarishga imkon beradi. Jamg’armaga ko’plab misollar keltirishimiz mumkin. Masalan, pensiya jamg’armasi Download 18.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling