3-mavzu: Boshqaruv maqsadi va funksiyalari Reja: Boshqaruv maqsadi va funksiyalari


Download 0.7 Mb.
bet1/5
Sana08.03.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1251905
  1   2   3   4   5
Bog'liq
3-mavzu menejment

3-mavzu: Boshqaruv maqsadi va funksiyalari

Reja:

1. Boshqaruv maqsadi va funksiyalari

2. Menejment funksiyasi klassifikatsiyasi va tushunchasi

3. Boshqaruvning iqtisodiy usullari

 

1.Menejmentning funksiya va tamoyillari

  • 1.Menejmentning funksiya va tamoyillari
  • Menejment (ingl. Management) — boshqarish, tashkil etish) — maxsus boshqarish faoliyati; boshqarish toʻgʻrisidagi fan. M.ning holati ishlab chiqarish samaradorligiga, texnika va texnologiya darajasi hamda ishchi kuchining sifatiga taʼsir koʻrsatadi. M.fanining mazmuni boshqaruv tizimi va boshqaruv obʼyekti orasidagi oʻzaro munosabat boʻlib, uning asosiy vazifasi boshqaruvning zamonaviy usullarini, rahbarlik sanʼati sirlarini oʻrganishdan iborat. Boshqaruv — tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat etish jarayonidir. Uning asosiy maqsadi bozor munosabatlari sharoitida barcha boʻgʻinlarda ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat. M. Ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-huquqiy, kibernetika va boshqa fanlar bilan aloqadordir.Menejment jarayoni mazmuniMenejment butun boshqaruv tizimining uzluksiz amal qilishi jarayonini ifodalaydi.U mehnat jarayonining barcha xususiyatlariga ega. Umuman menejment jarayonini texnologiya (qanday amalga oshiriladi), tashkil etish (kim va qanday tartibda) nuqtai nazaridan tavsiflash mumkin. Boshqaruv jarayoni mazmunining uch jihatini ajratish mumkin: texnikaviy, ishlab chiqarish, iqtisodiy va ijtimoiy. Texnikaviy jihatdan bu mahsulot ishlab chiqarish, metall yoki neft ajratib olishni boshqarish.
  • Ishlab chiqarishda – bu ishlab chiqarishni tashkil etish jarayoni, ya’ni bo’linma, sex, korxonalar o’zaro ta’sirini boshqarish;Iqtisodiy jihatdan ishlab chiqarish, ish kuchi va butun iqtisodiy munosabatlar tizimiga rahbarlik qilish;Ijtimoiy jihatdan – bu mehnat jamoasi ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish, insonni tarbiyalashdir.Boshqaruv jarayoni texnologiyasi boshqaruv xodimlari tomonidan bajariladigan operatsiya va amallardan iboratdir.Shunday qilib, menejment jarayoni rahbar va boshqaruv apparatining qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun kishilarning birgalikdagi faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha maqsadli harakat qilishidir.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling