Har qanday nomenklatura uchun uning barqarorlik koeffitsiyenti, ya’ni doimiy axborotning o’zgaruvchanining hajmiga nisbati muhimdir. - Har qanday nomenklatura uchun uning barqarorlik koeffitsiyenti, ya’ni doimiy axborotning o’zgaruvchanining hajmiga nisbati muhimdir.
- Iqtisodiy axborotning ommaviyligi, ya’ni belgilangan vaqt ichida o’zgaruvchan axborotlarning ular nomlarining soniga nisbati uning eng muhim hususiyatidir.
- Murakkablik koeffitsiyenti operatsiyalar sonining ko’rsatkichlar nomlarining soniga nisbatidan iboratdir.
- Transformatsiya (o’zgartirish) koeffitsiyenti – dastlabki ko’rsatkichlar sonining natijaviy va oraliqlar soniga nisbatidan iboratdir.
- Axborotlarga asoslangan, maqsadi oldindan belgilangan va shu maqsadga erishish dasturi ishlab chiqilgan boshqariluvchi jarayonga maqsadli ta’sir ko’rsatish – qaror qabul qilish deb ataladi. Qarorning shakllanish jarayoni esa – qaror qabul qilish jarayoni deb yuritiladi.Tashkilotni boshqarish doirasida mehnat taqsimotiga muvofiq qabul qilinadigan qarorlar boshqaruvning u yoki bu vazifasiga kiradi.
- Tashkilotni boshqarishning yuqorida ko’rib chiqilgan tizimi albatta, unga kibernetik nuqtai nazardan yondoshuviga ko’ra belgilangan. Agar boshqaruv tizimi haqida ayrim mavhumliklarsiz gapiradigan bo’lsak, yuqorida qayd etilganlardan tashqari tashkilotning boshqaruv tizimiga uning tashkiliy tarkibi, xodimlar, vazifani bajarish choralarini ko’rish, tashkilotning ichki madaniyati va hokazo omillar ta’sir ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |