1. Axborotning ong va tafakkurga ruhiy ta`sir muammolari. Vizual olamning ommaviyligi va jozibadorligi


Download 269.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana29.04.2023
Hajmi269.08 Kb.
#1401010
  1   2   3   4
Bog'liq
BT 4-semenar



10-MAVZU: MEDIA MAYDONDA AXBOROT TARQATISH MADANIYATI. 
Reja: 
1. Axborotning ong va tafakkurga ruhiy ta`sir muammolari. 
2. Vizual olamning ommaviyligi va jozibadorligi. 
3. Axborot almashinuvining mexanizmlari v ava ilmiy nazariy asoslari. 
4. Muloqot olamida muloqot, sevgi va nikoh munosabatlari. 
 
 
Bugungi kunda o’sib kelayotgan yosh avlodning axborot madaniyatini shakllantirish 
kechiktirib bo’lmaydigan masalalardan biri hisoblanadi. Jamiyatni axborotlashtirish jarayonining 
o’zi, ko’pincha, sof texnologik jarayon sifatida baholanishiga qaramay, mazmun-mohiyatiga 
ko’ra chuqur ijtimoiy jarayon ham hisoblanadi. Chunki axborotlashtirish jamiyatning bir 
shakldan boshqa, ijtimoiy taraqqiyotning yanada yuqoriroq darajasiga ega bo’lgan shakliga 
o’tishni anglatadi hamda jamiyatning istiqboldagi xususiyatlarini belgilab beradi. 
Tashviqot, feyk axboroti, pranking, raqamli tajovuz, trolling va h.k. hodisalar oqibatida 
mediamakondagi buzilishlar tufayli jurnalistika sohasida hozirgi paytda inqiroz kuchayib 
bormoqda. “Ortiqcha axborot” “axborot mavhumligi”ni keltirib chiqarmoqda. Ushbu vositalar 
yordamida ong bilan manipulyatsiya qilish shunga olib keladiki, auditoriyaning “tanqidiy 
avtonomiyasi” mavjud emasligi tufayli dunyoda har qanday ma’lumotlarni “yutib yuborish” 
kuchaymoqda. 
1982 yilda YUNESKO Xalqaro Simpoziumida qabul qilingan Mediata’lim bo’yicha 
Gryunvald Deklaratsiyasida 19 ta a’zo mamlakat vakillari shunday deb ta’kidladi: “Axborot 
vositalarining muqarrar kuchini muhokama qilish yoki ma’qullash o’rniga biz uning hayotning 
barcha jabhalariga jiddiy ta’sir ko’rsatishi va singib borishini mavjud fakt sifatida tan olishimiz, 
shuningdek, ularning zamonaviy 31 madaniyatning ajralmas elementi sifatidagi ahamiyatini 
hisobga olishimiz zarur. Siyosiy va ta’limiy dasturlar shuni tan olishi kerakki, fuqarolar 
tomonidan kommunikatsiya hodisasini tanqidiy anglashga ko’maklashish ularning majburiya- 
tini tashkil etadi... mediata’lim bo’yicha dalillar ongli fuqarolikni tayyorlash vositasi sifatida 
hozir muayyan ikkilanishlarga sabab bo’lsa, eng yaqin kelajakda, kommunikatsion 
texnologiyalarda sakrash ro’y bergach, ushbu dalillar muqarrar bo’lib qoladi”. Mediasavodxonlik 
konsepsiyalari rivojlanishi va zarurati munosabati bilan OAV vajurnalistikaning mediata’lim 
funksiyasi faol rivojlanmoqda. Bu ommaviy auditoriyaning mediakompetentligini oshirish, 
uning OAVdagi ma’lumotlarni mos ravishda qabul qilish, uni tahlil etish hamda axborot 
madaniyati me’yorlari va tamoyillariga mos keladigan ijtimoiy ahamiyatga ega mediamatnlarni 
yaratish layoqatini rivojlantirishdan iborat. Shu narsa oydinki, faqat boshqalar tomonidan 
yaratilgan ma’lumotlar va axborotlarni topish, tahlil qilish, ushbu ma’lumotlar va axborotlardan 
voqealar yaratish ko’nikmalariga ega jurnalistlargina o’z funksiyalarini bajara oladi. Ijtimoiy 
voqealar nimani anglatishini va o’quvchilar bunga tayyor bo’lish uchun nimalar qila olishini 
tahlil etadigan va bundan so’ng nimalar bo’lishini tushuntira oladigan jurnalistlargina 
auditoriyaga bilimli, hammaga tushunarli bo’lgan ma’lumotlarni yetkazishi mumkin. 
Har qanday jarayonning yaxshi va yomon tomonlari bo’lganidek, jamiyatni 
axborotlashtirishning ham ijobiy hamda salbiy jihatlari mavjud. Xususan, axborotlashtirish va 
istiqbolli axborot texnologiyalari ishlab chiqarish samaradorligini hamda mehnat tejamkorligini 
oshirishni, ilmiy bilimlar va ilg’or texnologiyalar jamiyatda jadal tarqalishini, jamiyat 
intellektuallashuvi umumiy darajasini oshirishni ta’minlashi kabi ijobiy tomonlar bilan bir 


qatorda axborot makoni uchun kurash va insonga axborot-psixologik ta’sir ko’rsatishning avj 
olishi kabi alohida xavfni ham yuzaga keltiradi. 
Hozirgi kunda shaxs axborot psixologik xavfsizlikni ta’minlanganlik darajasini sotsiologik 
o’rganish, yangi konsepsiyalar bilan boyitish bugungi ijtimoiy taraqqiyot bosqichi uchun o’ta 
muhim vazifa hisoblanadi. Demak, hozirda har bir axborot chegara bilmaslik xususiyatiga ega 
ekan, ongi va dunyoqarashi shakllanayotgan yosh avlodning ma’naviy olami daxlsizligini asrash 
ko’pchilikni o’ylantirishi darkor. Internetni cheklab qo’yish yoki axborot olishni ta’qiqlash bilan 
muammo hal bo’lmaydi. 
Ma’lumki, hozirgi zamon yoshlarining hayotiy tushuncha va tasavvurlarini, asosan, internet 
shakllantirmoqda. Bu esa ta’lim-tarbiya muassasalarining ish faoliyatini qiyinlashtirib 
qo’ymoqda. Axborotning katta oqimi sharoitida inson o’zini erkin his eta olishi uchun axborot 
madaniyatiga ega bo’lishi kerak. Bu o’rinda axborot madaniyati deyilganda ta’lim, ilmiy bilish 
va faoliyatning boshqa turlari davomida yuzaga keladigan axborotga bo’lgan ehtiyojlarni 
qondirishga qa-ratilgan bilimlar, o’quv va ko’nikmalarning tizimlashtirilgan yig’indisi 
tushuniladi. SHuning uchun ham mazkur muammo faqatgina ma’lum bir davlat chegaralaridan 
chiqib, global xarakterga ega bo’ldi. 
Axborotni tanlash va undan unumli, to’g’ri foydalanish esa insonning ong darajasi bilan bog’liq. 
Ong darajasi bilim darajasiga, bilim darajasi esa, o’z navbatida, borliqdagi voqea-hodisalar 
mazmun-mohiyati bilan mutanosib bo’lishi darkor. SHuning uchun, birinchi navbatda, axborot 
olayotgan kishi uni mutlaqlashtirmasdan, o’z shuuri darajasida tahlil qilib, so’ng qabul qilishi 
lozim. 
Zamonaviy jamiyatning farqli belgilaridan biri – bu o’sib kelayotgan yosh avlodni tevarak 
atrofda bo’layotgan o’zgarishlarga doimiy moslashtirib borish hisoblanadi. sivilizatsiyaning 
rivojlanishida uning asl mohiyatini oldin qanday bo’lganligi bilan taqqoslaymiz. Uning o’ziga 
xoslik belgilari uzluksizlik, shiddatlilik, global xarakterlilikdir. Axborotlashtirish asrida axborot 
xurujining avj olishi, ayniqsa, yoshlarda axborot olish madaniyati, o’qish madaniyatini 
shakllantirishni taqozo etadi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha,1 bugun axborot shiddat bilan yangilanib, hajmi oshib 
bormoqda. Natijada, bilimning o’sish sur’ati ilgarilab ketmoqda. Amerikalik muhandis, 
matematik va birinchilardan bo’lib axborot nazariyasini yaratgan olim Klod Shennon axborotni 
«oydinlashtirilgan mavhumlik», – deya ta’riflagan. Buning ma’nosi shundan iboratki, axborotni 
qabul qilib inson yangi bilimlar bilan tanishadi, ilgari mavhum bo’lgan narsalarni anglaydi, 
savollariga javob topadi. Bu tugamas va doimiy jarayondir. 
Bugun kompyuterlar, kompyuter tarmoqlari, ulkan hajmdagi axborot resurslaridan oqilona 
foydalanishda jamiyat va inson uchun axborot madaniyati fenomenining global ahamiyatini 
anglash talab etiladi. Axborot madaniyati fenomenining paydo bo’lishining asosiy faktorlari bu 
axborotlashtirish asriga o’tishning universal ijtimoiy muhim kategoriyalari, ya’ni axborot 
hajmining o’sishi, jamiyatni axborotlashtirish, texnika va texnologiyaning rivojlanishi, axborot 
jamiyatining shakllanishi kabilar. Axborot olish madaniyatiga ega bo’lish – bu har bir inson 
o’zligini anglashida o’z o’rni va vazifasini bilishida katta ahamiyatga ega bo’lgan fazilatlarini 
keng ko’lamda ochib berishdagi jarayondir. 
Axborotlashgan jamiyatda kishilarning, xususan, yoshlarning axborot madaniyatiga, demakki, 
axborot almashinuvi madaniyatiga erishuvida axborot savodxonligi bosqichi borligini ham 
nazardan qochirmaslik zarur. Axborot savodxonligi «Axborotga bo’lgan ehtiyojni his qilish, uni 
topish, unga baho berish va undan samarali tarzda foydalanish» uchun kerak bo’ladigan 
malakalar to’plami sifatida ta’riflanadi. 


«Axborot savodxonligi» tushunchasini birinchi marta P.Zurkovskiy XX asrning 70-yillarida ish 
va kundalik hayotdagi muammolarni hal qilishda axborot resurslaridan to’g’ri foydalana olgan 
insonga nisbatan ishlatgan. «Axborot resurslarini o’z hayot faoliyatida to’g’ri tatbiq qila olgan 
odamlarni axboriy-savodxon deb atash mumkin» deydi. Keyingi o’n yilliklar davomida axborot 
savodxonligi AQSHning kundalik hayotida, maktabda, ish joylarida eng faol tushunchaga 
aylandi. Ushbu tushuncha evolyutsiyasiga rasmiy asos AQSH Prezidenti ma’muriyatining 
axborot savodxonligi to’g’risidagi hisoboti bo’ldi. Unga ko’ra «axboriy-savodxon inson deb 
axborotga talabni his qilgan, axborotni qidirish, baholash va to’g’ri qo’llay olishni bilgan shaxsni 
atash mumkin. Hozirgi kunda optimal qaror qila oladigan va demokratik jamiyatda to’liq 
qatnasha oladigan har qanday zamonaviy shaxs axboriy-savodxon inson bo’lishi kerak»5 
deyilgan. 
Axborot savodxonligi bo’yicha xorij mamlakatlariga nazar solinsa, AQSH kutubxonalar 
uyushmasida axborot savodxonligi masalasiga 1989 yildan buyon jiddiy etibor qaratib kelinadi. 
Bu yo’lda AQSH prezidenti huzurida maxsus ishchi guruh tuzilgan bo’lib, «Axborot 
savodxonligi» atamasi aynan mana shu ishchi guruh faoliyati natijasida paydo bo’lgan. Bundan 
tashqari, guruh axborot savodxonligi bo’yicha milliy forumning yaratilishiga sabab bo’lib, u o’z 
ichiga yigirma beshtadan ziyod turli tashkilot va muassasalarni birlashtirgan. 
Oxirgi bir necha yillar mobaynida umumiy axborot savodxonligini rivojlantirish lozimligi 
jamiyatimizda yoshlar bilan ishlashning asosiy tamoyillaridan biri bo’lib kelmoqda. Fikr yuritish 
va axborotni baholash yangi mazmundagi axborot savodxonligining markazidan o’rin olgan. 
Axborot savodxonligi bo’yicha xorijiy mamlakatlarda standartlar ishlab chiqilgan. Ushbu 
standartlarni 1998 yili Amerika maktab kutubxonalari uyushmasi va Ta’limiy kommunikatsiya 
vositalari va texnologiyalari uyushmasi joriy etilgan. Bular jumlasiga «Talabalarning ta’lim 
olishdagi axborot savodxonligi standartlari»ni kiritish mumkin. Unda 12 yillik ta’lim tizimida 
tahsil olayotgan o’quvchilar uchun o’rnatilgan axborot savodxonligi standartlari belgilab 
berilgan. Mazkur standartlar o’rniga «O’quvchilarni qo’llab-quvvatlash: maktab kutubxonalari 
dasturlari uchun yo’riqnomalar» deb nomlangan hujjat amalga kiritilgan bo’lib, unda 
kutubxonaning texnologiyalar, amaliy o’rganish va bilim olish dargohi sifatidagi ahamiyatiga 
alohida urg’u berilgan. Amerika Qo’shma SHtatlarida qabul qilingan «XXI asr talabasi uchun 
standartlar» deb nomlangan yo’riqnomada esa, talabalar malaka, manba va bilim olish 
vositalarini quyidagi maqsadlarga yo’naltirishi lozimligi belgilgan. Bular: ma’lumot izlash, 
tanqidiy o’ylash, bilim olish, xulosalar yasash, tegishli ma’lumotga asoslangan holda qaror qabul 
qilish, bilimni yangi vaziyatlarga yo’naltirish, yangi bilimlarni yaratish, bilim almashish va 
shaxsiy kamolot hamda estetik jihatdan o’sishga intilishdir. Mazkur standartlar oliy ta’lim 
sohasidagi axborot savodxonligi masalalariga bag’ishlangan bahs-munozalarda hal qiluvchi 
ahamiyat kasb etgan. 
Mazkur standartlar axborot savodxonligiga ega bo’lgan insonni quyidagicha ta’riflaydi: 

Download 269.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling