2. Adabiyotda tanqidiy realizmning paydo bo‘lish omillari. Fransuz adabiyotida realizm


Download 169.16 Kb.
bet1/16
Sana12.03.2023
Hajmi169.16 Kb.
#1265561
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Jahon adabiyotida adabiyotida realizm muammosi


Jahon adabiyotida realizm va tanqidiy realizm adabiyoti
REJA:
1.Realizm estetikasi.Realizm va tanqidiy realizmning farqli jihatlari.
2.Adabiyotda tanqidiy realizmning paydo bo‘lish omillari.
3.Fransuz adabiyotida realizm.
4.Ingliz realizm adabiyoti.
5.Nemis tanqidiy realizm adabiyotining o‘ziga xosligi.
Chet ellar adabiyoti tarixida tanqidiy realizm XIX asrning 20-yillari oxirida paydo bo‘lib, 30-40-yillarda o‘z taraqqiyotining cho‘qqisiga ko‘tarildi. Bu jarayonning yuzaga kelishi Yevropada (Angliya va Fransiya) XIX asrning birinchi yarmiga, Amerika Qo‘shma Shtatlarn hamda slavyan mamlakatlarida XIX asrning ikkinchi yarmiga to‘g‘ri keladi. Tanqidiy realizm, asosan, ijtimoiy roman janrida (Balzak, Dikkens) o‘z ifodasini topadi. Bu adabiyot kapitalistik jamiyat ziddiyatlari kuchayib borayotgan paytda, burjuaziya bilan ishchilar sinfi o‘rtasidagi qarama-qarshilik keskinlashgan sharoitda kelib chiqadi.
XIX asrning birinchi choragiga kelib Yevropaning bir qancha mamlakatlarida inqilobiy chiqishlar, zulm ostiga tushib qolgan mamlakatlarda esa milliy ozodlik harakatlari avj olib ketadi.
Tanqidiy realizm adabiyotining buyuk namoyandasi Onore de Balzak o‘z asarlarida o‘zi yashab turgan davr hayoti qonunlarini, bu qonunlarni boshqarayotgan kuchni, uning xarakterini, tipik belgilarini kashf etdi. Balzak «Inson komediyasi» deb nomlangan ulkan romanlar silsilasida burjua jamiyatining axloqiy, falsafiy tomonlarini chuqur tahlil qilib berdi. U burjua tuzumini harakatga keltiradigan asosiy kuch pul, oltin ekanligini isbotladi.
Balzak «Beyl haqida etyud» nomli risolasida Stendalning «Parma ibodatxonasi» romanini tahlil qilib, bu asardagi obrazlar va voqealarning tipikligini ko‘rsatdi, badiiy umumlashma hayotiy haqiqat bilan qo‘shilib ketganligini ta’kidladi. Chunki Balzakning o‘zi detallarni haqqoniy, xarakterlarni tipik tarzda ifodalab berar edi.
Tanqidiy realizm ijtimoiy muhitni chuqur aks ettirdi. Agar romantik yozuvchilar o‘z qahramonlarini real muhitdan ajratib tasvirlagan bo‘lsalar, tanqidiy realistlar qahramonni o‘zi yashab turgan muhit bilan uzviy bog‘liq holda ko‘rsatadilar. Tanqidiy realizm adabiyotidagi tipik qahramon xarakteri ijtimoiy xarakterdir.
Stendalning Jyulen Sorel, Balzakning Votren, Rastinyak, Dikkensning Nikolas Nikklbi, Tekkereyning Rebekka Sharp kabi qahramonlari tipik sharoitning tipik obrazlari hisoblanadi.
F.Engels yuqoridagi xatida «realizm avtorning qarashlaridan qat’i nazar yuzaga chiqaveradi», deb ko‘rsatadi. U Balzakni «realizmning mohir ustasi», deb hisobladi. F.Engels Balzak asarlaridan «o‘sha davrning barcha mutaxassislari – tarixchilar, ekonomistlar va statistiklarning kitoblaridagidan ko‘ra ko‘proq narsalarni bilib oldim», deydi.
Tanqidiy realizm san’atining qaror topishida Stendal qarashlari ham muhim rol o‘ynadi. Stendal o‘zining «Rasin va SHekspir» (1825) risolasida san’at va san’atkorning roli haqida gapirar ekan, XVIII asr ma’rifatparvarlariga ergashadi. Klassitsizm san’atining qotib qolgan dogmalariga qarshi, san’at ijtimoiy hodisa ekanligini, u davrlar o‘tishi bilan o‘zgarib turishini ko‘rsatadi. Stendalning fikricha, san’at ijtimoiy maqsadlarga xizmat qilishi, o‘z davrining o‘tkir kurash quroli bo‘lishi kerak. San’atkor o‘z san’atiga ommani ishontirishi, o‘zi ketidan ergashtirishi lozim. Uning «Rasin va Shekspir» risolasi o‘z g‘oyasiga ko‘ra tanqidiy realizmning manifesti vazifasini o‘tadi.
Tanqidiy realizm romantizmdan farqli o‘laroq, tasvirlayotgan voqea va hodisalarning asl mohiyatini ochib berishga xizmat qiladi. U har bir voqea va hodisaga tarixiy jihatdan konkret yondashadi. Shuning uchun tanqidiy realizm adabiyotida tarixiylik muhim rol o‘ynaydi. Tanqidiy realizm adabiyoti ekspluatatsiyaga asoslangan tuzumni, uning vakillarini ayovsiz fosh qilib tashlaydi. Agar yozuvchi tasvirlayotgan voqea-hodisalarga tanqidiy yondashmasa, tanqidiy realizm adabiyotining vakili bo‘la olmaydi. Chunki burjua tuzumi haqida haqiqatni gapirish o‘sha tuzum illatlarini ko‘rsatishni taqozo qiladi. K.Marks aytgan «ajoyib ingliz romanistlar pleyadasi»ni tashkil qiluvchi Dikkens bilan Tekkerey, miss Bronte va mistris Gaskell hamda Balzaklar o‘z asarlarida kapitalizm dunyosiga nisbatan ana shunday murosasiz munosabatda bo‘lganlar. Bu yozuvchilar o‘z qahramonlarining ichki dunyosini butun murakkabligi va psixologizmi bilan yoritib bera olganlar.
Biroq bu realizm adabiyotining vakillari o‘zlari ayovsiz tanqid qilgan burjua tuzumini ag‘darib tashlashga chaqirmadilar. Ular burjua jamiyatining qayoqqa qarab rivojlanib borayotganligini tushuna olmadilar. Vaqti kelib, proletariat kapitalizmni yo‘q qilib, uning o‘rniga adolatli ijtimoiy tuzum o‘rnatishini ko‘ra olmadilar. Lekin, bu kamchiliklarga qaramay, tanqidiy realistlarning asarlari kitobxonda burjua tartiblariga qarshi kurashish kerak, degan haqqoniy fikrni tug‘diradi.

Download 169.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling