2. Adabiyotda tanqidiy realizmning paydo bo‘lish omillari. Fransuz adabiyotida realizm
Download 169.16 Kb.
|
Jahon adabiyotida adabiyotida realizm muammosi
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Jakeriya».
PROSPER MERIME
(1803-1870) Hayoti va ijodi Fransuz adabiyotida tanqidiy realizmning ko‘zga ko‘ringan namoyandalaridan biri Merimedir. Merime Parijda rassom oilasida tug‘ildi. San’at va adabiyotdan juda yaxshi ma’lumot oldi. Merime ham Stendal singari XVIII asr faylasuflarining asarlarini sevib o‘rgandi. Sorbonn universitetining huquq fakultetini tamomladi. U 1834 yildan boshlab, yigirma yil davomida Fransiya tarixiy yodgorliklari inspektori lavozimida ishladi. Bu narsa uning ijodi uchun keng imkoniyat yaratib bergan edi. Merime 1825 yil «Klara Gasul teatri» nomi bilan pesalar to‘plamini nashr ettirdi. Bu to‘plamda asosan din, cherkov va ruhoniylarning jirkanch kirdikorlari foy qilinadi. YOzuvchi o‘zini XVIII asr ma’rifatparvar gumanistlarining shogirdi sifatida namoyish qiladi. 1827 yili Merime ikkinchi to‘plami «Gusli»ni nashr ettiradi. Slavyan xalqlari ijodidan deb e’lon qilingan bu balladalar ham adibga katta shuhrat keltirdi. Bu balladalarda xalq og‘zaki ijodiga bo‘lgan chuqur hurmat sezilib turadi. Merimening bu asarlaridan bir nechasini A.S.Pushkin rus tiliga, A.Mitskevich polyak tarjima qilganlar. «Jakeriya». XIX asrning birinchi choragida fransuz adabiyotida tarixiy temada drama va romanlar paydo bo‘la boshlaydi. Merimening «Jakeriya» dramasi (1828) ham ana shu temada yaratilgan bo‘lib, bu asarida yozuvchi vatani tarixiga murojaat qiladi va XIV asrdagi dehqonlar qo‘zg‘olonini aks ettiradi. Merime o‘rta asrlarda dehqonlar bilan zolim feodallar o‘rtasidagi urush qonuniy ekanini ko‘rsatgan. Asarda keng xalq g‘alayoni realistik tarzda tasvirlanadi. Pesada qashshoqlik joniga tegib, sabr kosasi to‘lgan dehqonlar, ikkinchi tomonda feodallar, shaharning o‘ziga to‘q, xonadonlari, hunarmandlar ahli, monaxlar hamda qaroqchi galalari ishtirok etadi. Dehqonlardan Reno, Simon, qo‘zg‘olon boshlig‘i monax Jan barcha ezilgan, haq-huquqlari poymol qilinganlar nomidan harakat etsalar, baron d’Apremon, uning o‘g‘li Konrad, qizi Izabella, amaldor Sivard va boshqalar hukmron lager vakillari sifatida qatnashadilar. Dehqonlar qo‘zg‘oloni mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa ham, yozuvchi uning juda katta kuch ekanligini tasvirlaydi. Fransiya tarixida 1358 yilgi qo‘zg‘olon ham shafqatsiz bostirilgan edi. CHunki bu dehqon g‘alayonlarida aniq programma bo‘lmagan. Merime g‘alayon ko‘targan xalq ommasiga xayrixohlik bildiradi. Lekin uning g‘alabasiga ishonmaydi. Bu narsa asariing xotima qismida yaqqol ko‘rinadi. Dehqonlar o‘z boshliqlari monax Janni o‘ldiradilar. Merime pessimizmi ana shunda sezilib turadi. Lekin bu kurashdagi bir-biriga qarama-qarshi kuchlar o‘rtasidagi konflikt asarning ruhini ko‘tarib turadi. Drama zolim dvoryan feodallarning yirtqichligiga va o‘zboshimchaligiga qarshi xalqning qahr-g‘azabini, bitmas-tuganmas nafratini ifodalaydi. Bu bilan yozuvchi reaksiyaga, din vakillari va hukmron sinfga nisbatan o‘zidagi demokratik ideallarni qarshi qo‘yadi. Download 169.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling