2. Adabiyotda tanqidiy realizmning paydo bo‘lish omillari. Fransuz adabiyotida realizm
Download 169.16 Kb.
|
Jahon adabiyotida adabiyotida realizm muammosi
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Merime novellalari».
«Karl IX saltanati solnomasi». Merime 1829 yili o‘zining diniy urushlar zamonasidan olib yozgan tarixiy romanini nashr ettiradi. Bu roman mavzui XVI asrda – 1572 yildagi katoliklar bilan gugenotlar o‘rtasidagi diniy xunrezlik voqealariga bag‘ishlangan. Restavratsiya davri hayoti yozuvchiga Fransiyaning uzoq o‘tmish voqealari bilan bog‘liq holda zamonasida avj olayotgan diniy reaksiyani fosh qilishga imkon berdi.
Merime romanida hikoya qilingan qonli Varfolomey kechasi (24-25 avgust) diniy taassublikning oqibati ekanini ko‘rsatadi. Zamonasining erksevar kishisi bo‘lgan Merime bu qonxo‘rlikning asosiy aybdorlari bo‘lgan saroy amaldorlari bilan din homiylarini keskin qoralaydi. Qirol Karl IX ni o‘z ta’siriga olgan katoliklar gugenotlarga qarshi qirg‘in uyushtiradilar. Diniy jaholat, fanatizmning qurboni bo‘lgan odamlar bir-birlarining qonini to‘kishga, xunrezlikka qadam qo‘yadilar. Muallif romanida aka-uka Jorj va Bernar de Merjilar tarixini ko‘rsatadi. Jorj de Merji katoliklar tomonida tursa, uning ukasi Bernar de Merji gugenotlar safida bo‘ladi. Aka-ukalar bir-birlarini juda sevadilar. Ammo diniy jaholat ularni bir-biriga dushman bo‘lgan ikki toifaga bo‘lib yuborgandi. Bernar de Merji katolik ayol Dianani sevadi. Diana qancha yolbormasin, Bernar o‘z e’tiqodiga xiyonat qilishni, katoliklar tomoniga o‘tishni istamaydi. SHunday bo‘lsa ham, yigit bilan qiz o‘rtasidagi sevgi ularning ajralishiga yo‘l qo‘ymaydi. Diana, aksincha, Bernarni yanada qattiqroq sevadi. Demak, chin insoniy sevgi diniy mutaassiblikdan ustun turadi. Katoliklar bilan gugenotlar o‘rtasidagi to‘qnashuvda Bernar o‘z akasi Jorjni o‘ldiradi. Diniy jaholat ukani o‘z akasining qotiliga aylantiradi. Merime bu jinoiy xunrezlikni tasvirlar ekan, dinga, dvoryanlar reaksiyasiga nisbatan o‘z nafratini yashirolmaydi. Roman voqealari Napoleon Bonapart imperiyasi ag‘darilgach, Evropadagi «Muqaddas Ittifoq»ning va u tufayli avj olayotgan diniy reaksiyaning jirkanch basharasini fosh qilib tashlaydi. «Merime novellalari». Merime jahon adabiyotida novella janrining taniqli ustasi sifatida nom chiqargan. YOzuvchining bu sohadagi ajoyib asarlari orasida quyidagilar alohida ahamiyatga ega: «Tamango» (1829), «Mateo Falkone» (1829), «Etruss guldoni» (1830), «Ikkiyoqlama xato» (1833). Merime novellalari dramatizmga boy, sodda, aniq, ravon tilda yozilgan. «Tamango» nomli iovellasida Merime oq tanli qulfurushlarning kirdikorlarini fosh qiladi. Tamango Afrikadagi qora tanli qabilalardan birining boshlig‘i. U oq tanli qul savdogarlariga o‘z vatandoshlarini tutib sotadi. SHunday savdo paytida oq tanlilar kapitani Ledu Tamangoning o‘zini ham hiyla bilan asir oladi. Qullar ortilgan kemada Tamango boshliq negrlar qo‘zg‘olon ko‘taradilar. Barcha oq tanlilar qirib tashlanadi. Ammo qora tanlilarning bu g‘alabasi ularga yangi falokat keltiradi. Ochlik, chanqoqlik natijasida ularning barchasi halok bo‘ladi. Merime Afrika hayoti, ekzotikasiga murojaat qilsa ham, uning novellasi realizm bilan sug‘orilgan. Asarda negrlar hayoti, Tamango ko‘rsatgan ayyorlik hamda jasoratlar, oq tanlilar yurgizayotgan qul savdosi siyosati – barcha epizodlar o‘zining haqqoniyligi bilan kishini hayron qoldiradi. «Mateo Falkone» novellasida Korsika oroli, u erda istiqomat qilayotgan xalqning urf-odatlari o‘z aksini topgan. Hukumat askarlari ta’qibidan qochayotgan Janetto Mateo Falkone xonadoniga kelib yashirinadi. Ammo Mateo Falkonening o‘g‘li Fortunato qochoqni axtarayotgan serjant Gamba bergan kumush soat evaziga Janettoning yashiringan joyini ko‘rsatadi. Bu voqeadan xabar topgan Mateo Falkone o‘g‘lining xoinligi uchun uni otib tashlaydi. CHunki korsikali Mateo Falkone o‘z oilasidan xoin chiqishini istamaydi. Merime personajlari qaerda bo‘lmasin, o‘sha muhit, o‘sha sharoit taqozosiga bo‘ysunib ish ko‘radilar. YA’ni qahramonlar xarakteri atrofdagi hayot qonunlariga va urf-odatlariga moslashtiriladi. «Etruss guldoni» novellasida Merime yuqori tabaqa vakillari orasidagi g‘iybat, quruq tuhmat kabi illatlarni fosh qiladi. Sen-Kler fojiasi uning safdoshlarida aslo g‘am-alam va qayg‘u tug‘dirmaydi. Aksincha, ular duelda ishlatilgan ingliz pistoletining singan tepkisini tuzata oladigan usta Fransiyada topilmasligi to‘g‘risida afsus bilan gapiradilar. Burjua jamiyatida kishining qadr-qimmati, sezgi va sevgilari oyoq osti qilinadi. YOzuvchi ana shu yaramas muhitga nisbatan o‘zining nafratini yashirmaydi. Merime 1844 yili «Arsena Giyo», 1845 yili «Karmen» nomli ajoyib qissalarini yaratdi. «Arsena Giyo»da tasvirlanishicha, kambag‘al qiz Arsena Giyo burjua tuzumi sharoitida hamma erda tahqirlanadi. Uning birdan-bir quvonchi Maks nomli yigitga bo‘lgan sevgisidir. Arsena Giyo bu sevgini muqaddas bilib ardoqlaydi. YUqori tabaqa vakili de Pen xonim o‘lim to‘shagida yotgan Arsena Giyoni sevgisidan yuz o‘girishga undaydi. Ammo bu munofiq ayolning o‘zi Maksga bo‘lgan sevgisini bo‘g‘a olmaydi. SHunday qilib, boshqalarga taqvodor, halol, pokiza bo‘lib ko‘ringan de Pen xonim o‘taketgan axloqsiz, yuzsiz ayol sifatida gavdalanadi. «Karmen» qissasida yozuvchi lo‘lilar hayotiga murojaat etib, hamma narsadan o‘z shaxsining erkin bo‘lishini birinchi o‘ringa qo‘ygan mag‘rur, jasoratli erksevar ayol obrazini yaratadi. Karmen obrazi romantik qahramonni eslatsa-da, yozuvchi realist sifatida kishi qalbining qaynoq ehtiroslarini ishonarli qilib chizib bergan. Merime 1848 yil inqilobini sovuq qarshilaydi. Napoleon III ning davlat to‘ntarishidan so‘ng Merime ikkinchi imperiya senatori, saroyga yaqin kishilardan biriga aylanadi. Endi uniig adabiy faoliyati deyarli barham topadi. Download 169.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling