Kirish mavzuning asoslanishi va dolzarbligi


Download 244.17 Kb.
bet1/30
Sana22.06.2023
Hajmi244.17 Kb.
#1650105
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
SHOIRA DISSERTATION FINAL



KIRISH



Mavzuning asoslanishi va dolzarbligi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ona tilimizni yanada yuksaltirish haqida soʻz yuritib: “Biz ajdodlardan avlodlarga oʻtib kelayotgan bebaho boylikning vorislari sifatida ona tilimizni asrab avaylashimiz,uni boyitish, nufuzini yanada oshirish ustida doimiy izlanishimiz zarur. Ayniqsa, fundamental fanlar, zamonaviy kommunikatsiya va axborot texnologiyalari, bank- moliya tizimi kabi oʻta muhim sohalarda ona tilimizning qoʻllanish doirasini kengaytirish, etimologik va qiyosiy lug‘atlar nashr etish, zarur atama va iboralar, tushuncha va kategoriyalarni ishlab chiqish, bir soʻz bilan aytganda, oʻzbek tilini ilmiy asosda har tomonlama rivojlantirish, milliy oʻzlikni, Vatan tuyg‘usini anglashdek ezgu maqsadlarga xizmat qilishi shubhasiz1”, – degan edilar.
Tilimiz taraqqiyotiga mas’ullik tilshunoslik fanining zimmasida boʻlib, u bugungi kunda tilning turli sathlari boʻyicha chuqur ilmiy izlanishlar olib borishni taqozo etadi. Oʻzbеk kosmonimiyasi tarkibida tilimizning qadimdan qoʻllanib kеlayotgan yuzlab nomlar mavjud boʻlib, davrlar oʻtishi bilan ayrim nomlarning shakli va ma’nosida turli oʻzgarishlar sodir boʻlgan. Oʻzbek kosmonimiyasining hajmi, vazifaviy koʻlami bеlgilanmaganligi,umumxalq adabiy tilidagi mavqеyi aniqlanmaganligi va boshqa xalqlar tilining bu sath rivojiga qoʻshgan hissasi ham oʻrganilmaganligi oʻzbek kosmonimiyasi tizimini lisoniy tadqiq qilish hanuzgacha mahsus tekshirish obyekti boʻlmaganligini koʻrsatadi. Ushbu yoʻnalishda amalga oshirilgan ishlar toʻplangan matеriallarning yеtarli emasligini, ushbu muammo hali yetarli darajada oʻrganilmaganini koʻrsatadi. Holbuki, millatimiz va davlatchiligimiz tarixi, madaniyati, dini, ilm-fanida astronomik bilimlar muhim roli oʻynagan. Bu esa mavzu yuzasidan oʻrganilishlar dolzarbligini koʻrsatadi.
Tadqiqot obyektini oʻzbek va ingliz tillaridagi kosmonimlar tashkil qilsa, tadqiqotning predmeti oʻzbek va ingliz tillarida kosmonimlar lingvokulturologik xususiyatlaridan iborat.

Download 244.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling