Mavzu: linzalar


Download 0.52 Mb.
bet1/13
Sana19.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1615026
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
LINZALAR


MAVZU: LINZALAR
MUNDARIJA:
KIRISH…………………………………………………………………….…….2
I.Bob Optik hodisalarning asosiy qonunlari…………………..…………...….5
1.1 Yorug‘lik haqida umumiy tushuncha ………………….……………………5
1.2 To‘g‘ridan-to‘g‘ri chiziqli yorug‘lik taqsimoti.…….……………………...10
1.3 Yorug‘lik aks ettirish qonuni……………..………….……..………………12
II.Bob Geometrik optika qonunlari va linzalar……………………………..14
2.1. Geometrik optika. To‘lqin optikasi ………………………….…………….14
2.2 Linzalar…………………………………………………………….….……17
2.3 Asosiy fotomеtrik kattaliklar…………….…………………...………..……19
2.4. Optik tizim…………………………………………………...………..……24
XULOSA…………………………………………………………………..……34
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………...………….36
KIRISH
“Dunyoda globallashuv va raqobat tobora kuchayib borayotgan bugungi vaziyatda barcha sohalarda yuksak bilimli kadrlarni tayyorlamasak, taraqqiyotdan ortda qolib ketishimiz mumkin.”
Shavkat Mirziyoyev
Ma’lumki insoniyat tarixining ko‘p asrlik tajribasi ezgu g‘oyalardan va sog‘lom mafkuradan mahrum biron-bir jamiyatning uzoqqa bora olmasligini ko‘rsatdi. Shu bois, mustaqillik tufayli mamlakatimiz o‘z oldiga ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish, rivojlangan mamlakatlar qatoridan o‘rin olish, demokratik jamiyat qurish kabi ezgu maqsadlarni qo‘ydi. Bu esa kelajagimizni yaqqol tasavvur etish, jamiyatimizning ijtimoiy-ma’naviy poydevorini mustahkamlash ehtiyojini tug‘diradi. Demak, galdagi eng asosiy vazifa: yosh avlodni Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi kabi olijanob tuyg‘ular ruhida tarbiyalash, yuksak fazilatlarga ega, ezgu g‘oyalar bilan qurollangan komil insonlarni voyaga etkazish, jahon andozalariga mos, kuchli bilimli, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashdir. O‘zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda yuqori natijalarga erishishi, jahon iqtisodiy tizimida to‘laqonli sheriklik o‘rnini egallay borishi, inson faoliatining barcha jabhalarida zamonaviy axborot texnologiyalaridan yuqori darajada foydalanishning ko‘lamlari qanday bo‘lishiga hamda bu texnologiyalar ijtimoiy mehnat samaradorligini oshishida qanday rol o‘ynashiga bog‘liq. Keyingi yillarda mamlakatimiz ilm-fani ham axborotlashtirishning nazariy asoslariga katta hissa qo‘shib kelmoqda, shu bilan birgalikda, hodisalar, jarayonlarni yagona axborot asosida tadqiq etishning ilmiy yo‘nalishlarini tahlil va sintez qilish natijasi bo‘lgan fan-informatikaning vujudga kelishiga boshlangich nuqta qo‘yildi. Axborot, energiya, vazn, bo‘shliq va vaqtni bir butun holda batafsil o‘rganish hozirgi vaqtda inson hayotining barcha jabhalarida muhim ahamiyatga ega bo‘lib qolmoqda.
O‘zbekiston Respublikasida chuqur keng ko‘lamli isloxotlar amalga oshirilar ekan, uzluksiz iqtisodiy ta’lim tizimini shakllantirishga birinchi darajali axamiyat berilmoqda. Umuman, yoshlarning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishi yo‘lida zamonaviy, ilg‘or-innovatsion shart-sharoitlarni yaratib berish uchun O‘zbekiston bor kuch va imkoniyatlarini ishga solmoqda. Chunki yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ma’naviy yetuk, jismonan sog‘lom, vatanparvar va fidoyi etib tarbiyalash, huquq hamda manfaatlarini himoya qilishga e’tibor qancha kuchaytirilsa, unung samarasi ham shuncha yuqori bo‘ladi. Shu bois O‘zbekiston jamiyatning faol qatlami sifatida e’tirof etiluvchi yoshlar qatlamiga «muammo» deb emas, balki yurt ravnaqini ta’minlovchi katta kuch, davlatning strategik resursi sifatida qaramoqda. Natijada bugun yuksak bilimli, zamonaviy fikrlaydigan, qat’iy pozitsiyaga ega yoshlar mamlakatning ertangi taraqqiyotida tobora hal qiluvchi kuchga aylanib boryapti..

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling