2. Adabiyotda tanqidiy realizmning paydo bo‘lish omillari. Fransuz adabiyotida realizm


Download 169.16 Kb.
bet3/16
Sana12.03.2023
Hajmi169.16 Kb.
#1265561
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Jahon adabiyotida adabiyotida realizm muammosi

FREDERIK STENDAL
(1783-1842)
Hayoti va ijodi
Frederik Stendal Fransiyaning Grenobl shahrida advokat oilasida tug‘ildi. Bo‘lajak yozuvchining onasi erta vafot etib ketadi. Otasi esa o‘g‘lining tarbiyasi bilan shug‘ullanmaydi. Stendal maktabda tahsil ko‘rar ekan, XVIII asr fransuz ma’rifatparvarlarining asarlarini qiziqib o‘qiydi. Natijada u erksevarlik g‘oyalari bilan tarbiyalanib, din va reaksiyaga nafrat bilan qaraydi. O‘qishni tamomlagach, Stendal Parijga politexnika maktabiga keladi. Ammo o‘qishga kirolmaydi va harbiy ministrlikka ishga joylashib, Napoleon Bonapartning harbiy yurishlarida ishtirok qiladi. Stendal fransuz armiyasi safida Italiya, Germaniya va Rossiyada bo‘ladi. 1812 yili Moskvaga kelgan Stendal rus xalqining Vatan urushiga otlanganini uning fidoyiligini ko‘radi.
1814 yilda Napoleon taxtdan tushgach, reaksiya avjga chiqib, hurriyatchilik g‘oyalariga barham beradi. Stendal Italiyaga ketadi. Bu erda Italiya vatanparvarlarining Avstriya zulmiga qarshi olib borayotgan milliy-ozodlik kurashi – karbonarlar harakatiga xayrixohlik bildiradi. Italiyani, uning quvnoq, mehnatsevar xalqini sevib qolgan Stendal bu mamlakat hayotiga oid bir necha asarlar yaratadi. 1821 yili karbonarlarga yaqinlikda ayblangan Stendal Fransiyaga qaytishga majbur bo‘ladi. 1830 yil iyul inqilobidan keyin Italiyaning CHivita – Vekkia shaharchasiga fransuz konsuli bo‘lib tayinlanadi. Tashqi ishlar sohasidagi vazifasi tufayli Parijga tez-tez kelib turadi. 1842 yili Stendal Parijda to‘satdan vafot etadi.
Stendal zamonasining keng iqtidorli kishisi edi. Uning ijodi xilma-xil janrlarni, san’atning turli sohalarini qamrab oladi. Uning beshta romani, «Italiya yilnomalari» nomli novellalar to‘plami, «Anri Bryular hayoti», «Avtobiografik maktublar», «Egoistning esdaliklari» kabi asarlari, kundalik va xotiralari saqlanib qolgan.
Stendalning fransuz imperatori to‘g‘risida yozgan «Napoleon hayoti», «Napoleon haqida xotiralar», shuningdek, «Rim», «Neapol», «Florensiya» nomli yo‘l lavhalari, «Rim bo‘ylab sayohat», «Turist xatlari» nomli esdaliklari bor. Avtorning bu asarlarida falsafiy, siyosiy hamda estetik mulohazalari bayon etilgan.
Stendal muzika, teatr va boshqa san’at turlarini juda yaxshi his qila olgan. «Italiyada tasviriy san’at tarixi», «Gaydn, Motsart va Metastazio hayoti» nomli asarlari buni ko‘rsatib turibdi.
Stendal XVIII asr ma’rifatparvarlari va materialistlarining falsafiy va estetik qarashlarini chuqur o‘rgandi, ayniqsa Gelvetsiy ta’limotini targ‘ib qildi. U din va ilohiyot g‘oyasini rad etdi. Adib san’atda haqqoniylikni yoqlab chiqdi. «Rasin va SHekspir» nomli risolasida realizm prinsiplarini ilgari surdi. Klassitsizm epigon taqlidchilarini tanqid ostiga oldi. «Rasin va SHekspir» risolasi yozuvchining badiiy programmasi sifatida maydonga kelgan edi. Stendal ikki buyuk tragik shoir ijodini tahlil qilarkan, SHekspir asarlaridagi hayotiylikni alohida qayd qiladi. SHekspir ijodidagi xalqchillik, realizm uni Rasin ijodidan ajratib turadigan xususiyatlar ekanini uqtiradi. Stendalning fikricha, SHekspir ingliz xalqi uchun ijod qilgan bo‘lsa, Rasin ijodi Lyudovik XIV ning saroy amaldorlariga bag‘ishlangandir. Fransuz yozuvchisi klassitsizm adabiyotining vaqt va joy birligi qonunlarini qoraladi. «Rasin va SHekspir» risolasida buyuk ingliz dramaturgi ijodiga ijobiy baho berish bilan Stendal o‘zining realistik prinsiplarini himoya qilib chiqdi. Stendal o‘z zamonasining hayotini, ijtimoiy kuchlarning harakatini, ijtimoiy tiplarni chuqur o‘rganishga chaqirdi.
Stendal Italiyada ekanligida bu mamlakat vatanparvarlarining Avstriya zulmiga qarshi olib borayotgan milliy-ozodlik kurashiga xayrixohlik bilan qaraydi. YOzuvchi ajoyib novellasi «Vanina Vanini»ni ana shu inqilobiy kurash mavzuiga bag‘ishladi.
Asar qahramoni – yosh karbonar Petro Missirilli. Bu jo‘shqin erksevar yigit vatanini ozod qilishga bel bog‘lagan yoshlar tashkilotining taniqli rahbari. U yarador holda politsiya ta’qibidan qocha turib, bir zodagon xonadoniga yashirinadi. Bu xonadonning qizi Vanina Vanini bilan Petro Missirilli sevishib qoladilar. Petro Missirilli vatani ozodligini o‘z hayotining mazmuni deb biladi. Bu hol Vanina Vanini uchun g‘ayritabiiy tuyuladi. Qiz sevgan yigitini revolyusiya ishidan, karbonarlar harakatidan ajratish va uni tamomila o‘ziga qaratib olish maqsadida maxfiy tashkilot a’zolarining nomlarini politsiyaga ma’lum qiladi.
Vanina Vaninining sotqinligini bilgan Petro Missirilli uni nafratlaydi va shaxsiy sevgisidan vatan ozodligi uchun kurashni yuqori qo‘yadi. Stendalning bu novellasi vatanparvarlik g‘oyalarini ilgari suradi.

Download 169.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling