2. Adabiyotda tanqidiy realizmning paydo bo‘lish omillari. Fransuz adabiyotida realizm


Download 169.16 Kb.
bet14/16
Sana12.03.2023
Hajmi169.16 Kb.
#1265561
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Jahon adabiyotida adabiyotida realizm muammosi

UILYAM TEKKEREY
(1811-1863)
Hayoti va ijodi
Angliyada tanqidiy realizm adabiyotining yana bir zabardast vakili, Dikkensning zamondoshi, buyuk satirik yozuvchi Uilyam Tekkereydir. Boshqa ingliz realistlari singari, Tekkerey dunyoqarashi ham XIX asrning 30-40-yillaridagi siyosiy kurashlarning o‘sishi, chartistlar harakatining ko‘tarilishi natijasida qaror topadi.
Tekkerey Hindistonning Kalkutta shahrida ingliz xizmatchisi oilasida tug‘ilgan. YOshligida onasi o‘lib, Angliyaga qaytadi va bu erda jurnalist hamda karikaturist sifatida taniladi. Tekkerey ham zamondoshi Dikkens singari sermahsul yozuvchi bo‘lgan. U allaqancha hikoyalar, hajviy qissalar, o‘z davri hayotidan hamda tarixiy mavzulardan bir necha romanlar yozgan. «Snoblar kitobi» (1847), «SHuhratparastlik g‘ulg‘ulasi» (1848), «Pendennis» (1850), «Nyukomlar» (1855), «Genri Esmond tarixi» (1852), «Virginiyalilar» (1859) va boshqalar. Tekkereyning nomi, ayniqsa, «Snoblar kitobi» hamda «SHuhratparastlik g‘ulg‘ulasi» nomli asarlari bilan butun olamga tanilgan.
Tekkerey «Snoblar kitobi»da ilk daf’a «snob» so‘zini muomalaga kiritdi. Snobizm tushunchasi ostida yozuvchi Angliya davlat tuzumining yuqori qatlamlarida hukm surayotgan illatlarni ko‘zda tutadi. Tekkerey tasavvurida snob – bu o‘zidan yuqori lavozimda turuvchilarga itoatgo‘ylarcha sajda qiladigan, quyi lavozim kishilariga esa nafrat bilan boqadigan kishidir. Ammo yozuvchi bu so‘zning ma’nosini juda kengaytirib, unga jamiyatidagi barcha illatlarni – laganbardorlik, baxillik, yirtqichlik, toshbag‘irlik, munofiqlik kabi illatlarni ham kiritadi. Tekkerey bu hajviy asarida «Angliya burjua jamiyati» deyish o‘rniga «la’nati snob jamiyati» degan iborani ishlatadi. Tekkereyning realist yozuvchi sifatidagi kuchi ham shundan iboratki, barcha illatlarni tug‘diradigan bu snobizmni ayovsiz fosh qiladi. Snoblar jamiyatning barcha qatlamlari orasida mavjud. Ular yuqori tabaqa amaldorlari orasida ham, savdo ahli, turli shaxslar, universitet xodimlari, adabiyotchilar orasida ham topiladi. YOzuvchining hajviyasi hatto Angliya qirolini ham ayamadi. Uning «Tojdor Snob» ocherkida ingliz qiroli Georg IV ko‘zda tutiladi.
Shuhratparastlik g‘ulg‘ulasi”. Uilyam Tekkereyga olamshumul shuhrat keltirgan asari «SHuhratparastlik g‘ulg‘ulasi» nomli romani bo‘lib, unda yozuvchi buyuk hajvnavis darajasiga ko‘tariladi .

Download 169.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling