2. Adabiyotda tanqidiy realizmning paydo bo‘lish omillari. Fransuz adabiyotida realizm


Download 169.16 Kb.
bet15/16
Sana12.03.2023
Hajmi169.16 Kb.
#1265561
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Jahon adabiyotida adabiyotida realizm muammosi

30-40-YILLARDA NEMIS ADABIYOTI
GENRIX GEYNE
(1797-1856)
Hayoti va ijodi
Genrix Geyne 1797 yilda Reyn daryosi qirg‘og‘idagi Dyusseldorf shahrida savdogar yahudiy oilasida tug‘iladi. Bo‘lajak shoirning tarbiyasi bilan asosan uning onasi shug‘ullanadi. Otasi Samson Geyne va onasi Betti Geyne o‘z o‘g‘illarining kelajakda harbiy kishi bo‘lib etishishini orzu qiladilar. Ular Geyneni Napoleon armiyasining ofitseri mundirida ko‘rmoqchi edilar. Ammo Napoleon ittifoqchilar tomonidan yengilgach, ota-onaning umidlari puchga chiqadi. Endi ular Geynening savdo xodimi bo‘lishini mo‘ljallab Gamburg shahriga boy savdogar amakisi Solomon Geyne huzuriga jo‘natadilar. YOsh Geyne savdo-tijorat ishlariga aslo qiziqmadi. Uni kitoblar olami o‘ziga tortar va tinmay she’r yozishni mashq qilar edi. Faqat savdo bilan band bo‘lgan amakisi Solomon Geyne jiyanining bu xatti-harakatlarini yoqtirmadi. Buning ustiga Geyne amakisining takabbur qizi Amaliyani sevib qoladi. Otasi singari boylik va zeb-ziynatga mukkasidan ketgan Amaliya kambag‘al qarindoshining sevgisini rad etadi.
Geyne dastlabki she’rlaridan birida sevgi iztiroblarini quyidagicha ifodalab beradi.
Ular meni qiynadi rosa
Qon qolmadi, rangi-ro‘yimda,
Ba’zilari sevgandan bo‘lsa,
Ba’zilari dushmanligidan.

Ular og‘u qo‘shdi oshimga,


Ular qotdi suvga ham zahar.
Ba’zisi do‘st, kelar qoshimga,
Ba’zilari dushmandan battar.


Lekin o‘sha dilbarki-dilbar,
Sitamidan hanuz dil nolon,
YOmonlik ham qilmadi menga,
Ham sevmadi meni hech qachon.
Bu davrdagi Geyne she’rlari hali mustaqil bo‘lmasa-da, romantik ohanglarga boy, o‘sha zamon amaldorlari, meshchanlariga qarshi norozilikni ham bildirar edi.
Geyne Gamburgda uch yil yashagach, amakisi Solomon Geyne undan savdo xodimi chiqishiga ko‘zi etmagach, jiyaniga javob berib yuboradi. 1819 yildan boshlab Geyne Bonn, Gettingen hamda Berlin universitetlarida o‘qiydi. Zamonasining mashhur olimlaridan, jumladan, Gegeldan leksiyalar tinglaydi. Huquqshunoslik diplomini olgan bo‘lsa ham, bu sohada ishlamaydi. 1827 yili Gamburg shahrida Geynening ko‘p yillik mehnati samarasi bo‘lgan «Qo‘shiqlar kitobi» nomli lirik she’rlar to‘plami bosilib chiqadi. Bu to‘plam Germaniya adabiyotida ulkan shoir paydo bo‘lganidan darak berar edi. Geynening «Qo‘shiqlar kitobi» besh qismdan: «YOshlik azoblari», «Lirik intermetsso», «Vatanga qaytish» hamda ikki qismdan iborat «SHimoliy dengiz» silsilasiga bo‘linadi. Mazkur majmua xalq qo‘shiqlariga nihoyatda yaqin turishi bilan kitobxonni maftun etadi. Lirik qahramonning ichki dunyosini ochib berish, sevgi va tabiatni mohirona tasvirlash Geynening lirik iste’dod egasi ekanligini namoyish qiladi.
1830 yili Geynening ikkinchi yirik asari «Yo‘l lavhalari» ocherklar to‘plami bosilib chiqdi. Bu to‘plam avtorning g‘oyaviy-siyosiy jihatdan etilib borayotganini ko‘rsatib turar edi. «Qo‘shiqlar kitobi»da bo‘lgani kabi, bu to‘plamda ham adib xalq afsonalaridan, mubolag‘a va romantik bo‘yoqlardan keng foydalanadi. Garsning go‘zal manzarasi, nemis erlarining o‘ziga xos milliy rang-barangligi katta mahorat bilan chizib berilgan.
Bu yillarda Geyne ijodi g‘oyaviy va siyosiy jihatdan yuksak kamolot bosqichiga ko‘tariladi. shoir o‘zining ajoyib asarlari – «Sileziya to‘quvchilari» she’rini hamda «Germaniya. Qish ertagi» dostonini, «Qullar kemasi» nomli balladasini yaratadi.
Ularda siyosiy mazmun va mundarija birinchi o‘ringa chiqadi. SHoir siyosiy hajviyot ustasi bo‘lib tanildi. «Sileziya to‘quvchilari» (1844) she’ri Germaniyadagi Sileziya ishchilarining qo‘zg‘olonidan keyin yozilgan. To‘quvchilar kurashiga bag‘ishlangan asarlar orasida Geyne she’ri o‘zining g‘oyaviyligi bilan ajralib turadi. Mazkur she’r kurashga otlanganlarning qasidasi yanglig‘ jarangladi.

Ko‘z yoshi to‘kmagan boqishlar qayg‘uli,
Dastgohda o‘tirib, tishlarin qayraydir:
Germaniya, to‘qiymiz biz kafaningni.
La’nati uch rangli jiyak tutamiz –
To‘qiymiz, to‘qiymiz!

Tangriga la’natki, unga biz sovuq, –


Ochlik, qashshoqlikda ibodat qildik!
Har soat biz undan ko‘maklar kutdik,
U bizni aldadi va laqillatdi –
To‘qiymiz, to‘qiymiz!

La’nat, u korolga, zolim hoqonga,


Ingrashimiz unga ta’sir etmadi.
Bizdan u eng so‘nggi chaqani so‘rdi,
Mol kabi yotqizdi bizni pichoqqa...
To‘qiymiz, to‘qiymiz!

La’natlar bu yurtga, yolg‘on vatanga,
Unda baxt ko‘radi tubanlik, xo‘rlik.
Unda bemahal toptalgan g‘uncha...
Unda har o‘smirni mog‘ol bosadi.
To‘qiymiz, to‘qiymiz!

Dastgoh g‘ijirlaydi, mokisi chaqqon,


To‘qiymiz kecha-kunduz sira tolmasdan.
Qari Germaniya, to‘qiymiz kafaning
Uch qat la’nat ila jiyak tutamiz.
To‘qiymiz, to‘qiymiz!
Oybek tarjimasi.
Garchi Sileziya to‘quvchilarining qo‘zg‘oloni bostirilgan bo‘lsa-da, Geyne ishchilarning kelajakdagi g‘alabasiga ishonch bilan qaraydi. SHoir mehnat ahlini oyoq osti qilgan, ezilganlarning arziga quloq solmaydigan zolimlarni la’natlaydi. Ishchilar dastgoh yonida turib, tishlarini g‘ijirlatib, qo‘llarini mushtlab, eski Germaniyaga kafan to‘qiyotganligini alohida bo‘rttirib ko‘rsatadi. Demak,

Download 169.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling