21-ma’ruza Avtomatlashtirilgan loyixalash tizimlari xaqida umumiy ma’lumolar. Loyixalashni avtomatlashtirish masalalari. Reja


Download 93.24 Kb.
bet1/4
Sana26.02.2023
Hajmi93.24 Kb.
#1233478
  1   2   3   4
Bog'liq
21-маъруза Ўлч. асб. констр.


21-ma’ruza


Avtomatlashtirilgan loyixalash tizimlari xaqida umumiy ma’lumolar.
Loyixalashni avtomatlashtirish masalalari.



Reja.

  1. Umumiy ma’lumolar.

  2. Loyihalashni avtomatlashtirish masalalari.

  3. Loyihalashni avtomatlashtirishni tashkil qilish.



Avtomatlashtirilgan loyixalash tizimlari xaqida umumiy ma’lumolar.

Yangi texnik vositalarni ishlab chiqarishdagi ulkan o‘zgarishlar, zamonaviy elektronika vositalarni ishlab chiqarish, fan texnikaning ilgarilab ketishi, katta- katta loyihalash ishlarini bajarishni taqazo etadi. Loyihaning sifatiga va bajarilish muddatiga bo‘lgan talab, loyihalash obyektlarining murakkablashib borishi, ularda bajariladigan funksiyalarning muhimligiga qarab, loyihalash jarayonidagi eng muhim aspektlaridan biri hisoblanadi. Bu talabni qondirish, loyihalovchilarning sonini oshirish yo‘li bilan hal qilinib bo‘lmaydigan muammo bo‘lib, bu muammoni faqat loyihalash ishlarida hisoblash texnikasi vositalaridan imkoni boricha keng foydalanish bilan, loyihalash protseduralarini avtomatlashtirish yo‘li bilan hal qilish mumkin bo‘lib qoladi.


Loyihalashni avtomatlashtirishdan maqsad – loyihalash sifatini oshirish, loyihalash jarayoniga ketadigan sarf – xarajatlarni kamaytirish, loyihalash vaqtini qiskartirish, loyihalash ishi bilan band bo‘lgan injener – texnik xodimlar sonini o‘sib borishini bartaraf qilish, ularni ishlab chiqarish faoliyatlarini samarasini yanada oshirishdan iborat. Biroq hamma hollarda ham, loyihalashning oddiy usulidan, avtomatlashtirish usuliga o‘tilganda, yuqorida qayd qilingan barcha maqsadlar, bir vaqtda hal qilinavermaydi. Masalan, ko‘p hollarda loyihalash jarayonini, maxsulot sifatiga e’tibor bermay tezlashtiriladi, ko‘p hollarda esa, maxsulot sifati oshirilganda materiallarga ketadigan sarf – xarajatlar oshib ketishi kuzatiladi. Lekin shu kamchiliklarga qaramay, loyihalash jarayoniga sarf qilinadigan vaqt miqdorini sezilarli qisqartiriladi. Masalan, mikroelektronikada KIS larni, JKIS larni loyihalash jarayonini avtomatlashtirilgan loyihalovchi tizimlarsiz yaratishni tasavvur ham qilib bo‘lmaydi.
Turli stanoklarni ishlab chiqarishni avtomatlashtirish esa, ishlab chiqarish hajmiga yiligi sezilarli ta’sir ko‘rsatib, loyihalovchining ishlab chiqarish faoliyatini 5-10 marotaba oshiradi.
Umuman, hozirgi yangi elektronika vositalarini ishlab chiqarishni, loyihalash jarayonlarini avtomatlashtiruvchi tizimlarsiz tasavvur etish mumkin emas.

Download 93.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling