Axborotni kiritish – chiqarishni tashkil qilish, amaliy dasturlarni berilgan loyihalash yo‘nalishidagi o‘zaro munosabatlarini tashkil qilish uchun boshqaruvchi tizim ALT operatsion tizimidan foydalaniladi.
Ma’lumotlar asosan magnit axborot tashuvchilar bazasida saqlanadi. Amaliy dasturlarning o‘zaro munosabatlarini ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) orqali amalga oshiriladi. Har bir amaliy dasturlarda ma’lumotlarni qayta ishlash, ALT MT lari takibidagi uslub va vositalarni ishlatuvchi algoritm bo‘yicha bajariladi.
Hozirgi vaqtga kelib, hisoblash texnikasi maxsulotlarini loyihalash uchun bir qancha katta ALT lar yaratilgan. Bunday tizimlarga misol qilib, PCAD, OrCAD, AutoCAD, DISAP, Puls, mantiqiy sxema ALT lari, PROEKT, KOMPAS tizimlarini keltirishimiz mumkin.
Radioelektron ishlab chiqarish sanoati uchun RAPIRA ALT yaratilgan bo‘lib, bu tizim keyinchalik PRAM tizimini yaratish uchu asos qilib olindi. ALT lar radioelektron apparaturalarini loyihalashdagi katta – katta masalalar echiladi, masalan, funksional va prinsipial sxemalarni modellashtirish, nazorat qiluvchi va diagnostika qiluvchi testlarni sintez qilish, bosma platalarni konstruksiyalash, konstruktorlik hujjatlarini yaratish va dasturli boshqariladigan texnologik avtomatlar uchun boshqaruvchi hujjatlar tayyorlash va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |