Reja: kirish.. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish nazariyasi


Download 46.88 Kb.
bet1/13
Sana21.04.2023
Hajmi46.88 Kb.
#1374240
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Bozor iqtisodiyotida ijtimoiy fondlar, ularning turlari va manbalari


REJA:
KIRISH.
1. . O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish nazariyasi.
2. . O'zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o'tishning tamoyillari va xususiyatlari.
3. . Bozor munosabatlariga o'tish jarayonida strategik vazifalarining amalga
Oshirilishi.
4. .O'zbekistonda iqtisodiy islohotlar va ularning bosqichlari.
XULOSA

3

Kirish

Bozor va uning tuzilishi, bozor iqtisodiyotining mazmuni, belgilari,


uning afzallik va kamchilik tomonlarini o'rgangandan keyin endi bozor
iqtisodiyotiga o'tish kerakmi yo'qmi, degan savol turadi. Hozirgi vaqtda
ko'pchilik mamlakatlar boshqa iqtisodiy tizimlarga qaraganda bozor iqtisodiyoti tizimi afzal deb, unga o'tmoqdalar. Bozor iqtisodiyotiga o'tish uchun
maxsus o'tish davri zarur bo'lib, bu davrning mazmuni va asosiy belgilarini
ko'rib chiqish maqsadga mu-vofiq hisoblanadi.
O'tish davri nazariyasi, xususan bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'llari
bayon qilinadi. Shuningdek, O'zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o'tishning
tamoyillari va xususiyatlari, respublikada bozor islohotlarini amalga oshirishning mazmuni, maqsadi va asosiy yo'nalishlari ko'rsatib beriladi.
Bu kurs ishi bozor munosabatlariga o'tish, iqtisodiyotni erkinlashtirish
va islohotlarni chuqurlashtirish jarayonida makroiqtisodiy barqarorlikka
erishish, strategik vazifalarni amalga oshirish yo'llarini tahlil qilish bilan
yakunlanadi.

4

1.O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish nazariyasi



Bozor iqtisodiyotiga o'tish davrining umumiy mazmuni iqtisodiy
munosabatlarning alohida unsurlarini isloh qilish yoki iqtisodiy siyosatga
tuzatishlar kiritish emas, balki butun iqtisodiy munosabatlar tizimini
o'zgartirishdan iboratdir.
Ma'muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor
iqtisodiyotiga o'tish davri deganda ma'muriy-buyruqbozlik tizimini bartaraf
etish yoki tubdan o'zgartirish hamda bozor tizimining asoslarini shakllantirish
jarayonlari amalga oshirilu-vchi tarixiy davr tushuniladi. 1980-1990 yillarga kelib
dunyoda ro'y bergan muhim o'zgarishlar iqtisodiy taraqqiyot istiqbollari to'g'risidagi
nazari-yalarni qaytadan ko'rib chiqish va ularga jiddiy o'zgartirishlar kiritishni zarur
qilib qo'ydi. Chunki bu vaqtga kelib G'arbiy mamlakatlarda uzoq vaqtdan beri (A.Smit
davridan boshlab) hukm surib kelgan erkin iqtisodiy tartibga solish, ya'ni
iqtisodiyotning o'zini-o'zi tartibga solish g'oyasi ham, iqtisodiyotni markazlashtirilgan
tarzda tartibga solish va boshqarish g'oyasi ham inqirozga uchradi. Bunday
sharoitda iqtisodiy taraqqiyot-ning sifat jihatdan yangi yo'llarini qidirib topish
zarur bo'lib qoldi. Bu vaqtga kelib ko'pgina rivojlangan mamlakatlarning tajribalari umumlashtirilib, iqtisodiyotning yangi taraqqiyot yo'li - ongli
ravishda boshqariladigan va tartibga solinadigan bozor iqtisodiyoti deb tan
olindi va aksariyat davlatlar shu yo'lni tanladilar. Lekin bunday bozor
iqtisodiyotiga o'tish yo'llari (modellari) xilma-xil bo'lib, ularning umumiy va
xususiy to-monlari farqlanadi.
5
Jahon tajribasida bozor iqtisodiyotiga o'tishning barcha yo'llari
1) rivojlangan mamlakatlar yo'li;
2) rivojlanayotgan mamlakatlar yo'li;
3) sobiq sosialistik mamlakatlar yo'li;
4) sosializm g'oyalarini samarali bozor iqtisodiyotini vu-judga keltirish
mexanizmi bilan qo'shib olib borish yo'li (Xi-toy, Vetnam).
Bu yo'llar turli tuman va har xil bo'lishiga qaramay ularda umumiylik
mavjuddir. Ularning umumiyligi shundaki, ularning hammasi bozor
iqtisodiyotiga o'tishni maqsad qilib qo'yadi va mazkur iqtisodiyotning qonunqoidalari, amal qilish mexanizmi ko'p jihatdan umumiy bo'ladi. Shu bilan
birga har bir yo'lning o'ziga xos xususiyatlari ham bor, bu esa bozor
munosabatlarini shakllantirishning ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy, milliy
sharoitlari har xil bo'lishidan kelib chiqadi.
Masalan, bozor munosabatlariga o'tishning rivojlangan mamlakatlar
yo'lida oddiy tovar xo'jaligidan erkin raqobatga asoslangan klassik yoki erkin
bozor iqtisodiyofiga va undan hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga o'tiladi.
Mustamlakachilikdan ozod bo'lib, mustaqil rivojlanayotgan
mamlakatlarning bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'lining xususiyati -bu qoloq,
an'anaviy iqtisodiyotdan erkin bozor iqtisodiyotiga o'tishdir. Nihoyat, sobiq
sosialistik mamlakatlar yo'lining mu-him belgisi markazlashtirilgan, ma'muriy
— buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan hozirgi zamon rivojlangan
bozor tizimiga o'tishdan iboratdir. Bu yo'lning boshqa yo'llardan farqi
shundaki, totalitar iqtisodiyotning bozor iqtisodiyoti bilan umumiyligi yo'q,
ular batamom bir-biriga zid. Shu bilan birga uchinchi yo'lda bozor
6
munosabatlariga o'tayotgan mamlakatlarning o'zi o'tish sharoitlari, iqtisodiy
rivojlanish darajasi, mulkchilik va xo'jalik yuritish shakllari bilan birbirlaridan farqlanadi. Bularning hammasi bozor iqtisodiyotiga o'tishning
mazkur yo'lining o'ziga xos xususiyatlaridir.
Jahon tajribasi ko'rsatishicha, bozor iqtisodiyotiga revolyusion yo'l
bilan, ya'ni jadal usulda yoki evolyusion yo'l bilan bosqichma-bosqich o'tish
mumkin. Birinchi holda, tub is-lohotlarni o'tkazish, awalgi tizimni va tarkib
topgan iqtisodiy tnunosabatlarni birdaniga va batamom sindirish talab etiladi.
Bu «karaxt qilib davolash» usuli («shokovaya terapiya») deb ataladi. Eski
iqtisodiy munosabatlarni bosqichma-bosqich yangi bozor munosabatlariga
aylantira borib, samarali bozor iqtisodiyotini shikastsiz vujudga keltirish
mumkin. Tslohotlar tajribasi shuni ko'rsatadiki, evolyusion yo'l kamroq
ijtimoiy larzalarga olib ke-ladi, ancha izchil va muqarrardir
Tartibga solinadigan bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'llarigina emas, balki
uning andozalari ham xilma-xildir. Eng awalo, ular shunday bozor
iqtisodiyoti vujudga keltirilayotgan va amal qilib turgan mamlakatlarning
milliy xususiyatlari va an'analari bilan farq qiladi. Shu boisdan bozor
iqtisodiyotining ma'lum andozalari ularni amalga oshiruvchi muayyan
mamlakatga mansubli-giga qarab ajratiladi. Masalan, Germaniya, Janubiy""
Koreya, Turkiya, Argentina, Polsha andozalari va hokazo.'
Ma'muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan hozirgi zamon bozor
iqtisodiyotiga o'tishning zarurligi iqtisodiy o'sish ekstensiv omillaridan
foydalanish imkoniyatlarining tugab borishi bilan notdvar iqtisodiyotning
amal qilish layoqatining pasayishi orqali ifodalanadi.
7
Ma'muriy-buyruqbozlik tizimi ikkita ahamiyatli kam-chilikka ega.
Birinchisi -- bu uning moslashuvchan emasligi. ro'y berayotgan o'zgarishlarga
juda sekinlik bilan moslashib borishi. Markazdan turib boshqarishning
moddiy va moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash bo'yicha qarori
ko'rinishidagi moslashtiruvchi mexanizmi vujudga kelgan nomutanosiblik
o'zining qaltis nuqtasiga yetgan vaqtdagina ishga tushadi. Ik-kinchi kamchilik
bu xo'jalik yuritish tashabbuskorligini «yo'qotib yuborish» oqibatida
samaradorlikning nihoyat dara-jada pasayib ketganligidir
Ma'muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o'tish turli
mamlakatlarda umumiy tendensiyaga ega. Bu jarayon iqtisodiyotni
erkinlashtirish, chuqur institusional (eng awalo, mulkchilik munosabatlarida)
o'zgarishlarni o'z ichiga oladi, biroq, bir vaqtning o'zida moliyaviy barqarorlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirilishini taqozo etadi.
Ma'muriy-buyruqbozlik tizimini o'zgartirish mazkur tizim asosining
o'zgarishini hamda uni sifat jihatidan farq qiluvchi bozor tizimiga
almashtirilishini anglatar ekan, bunday turdagi o'zgarishlarni tizimiy
islohotlar deb atash maqsadga muvofiq bo'ladi.
O'tish davrida bozor iqtisodiyotini shakllantirishning asosiy
yo'nalishlari bo'lib quyidagilar hisoblanadi
1. Iqtisodiyotni erkinlashtirish. Erkinlashtirish - bu xo'jalik
hayotining barcha sohalaridagi to'siq hamda cheklovlarni, shuningdek, davlat
nazoratini keskin ravishda qisqartirish yoki bekor qilishga yo'naltirilgan
chora-tadbirlar tizimidan iborat. U butun iqtisodiyotga tatbiq etilib,
quyidagilarni o'z ichiga oladi:
8
-xo'jalik faoliyatini amalga oshirishda davlat monopoli-yasini bekor
qilish;
- resurslarning markazlashgan holdagi taqsimotini tu-gatish;
- narxlarning asosan talab va taklif nisbati asosida
shakllantirilishiga o'tish;
- ichki va tashqi bozorlarda transaksion bitimlar ustidan davlat
nazoratini pasaytirish.

Download 46.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling