Reja: kirish.. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish nazariyasi


Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o'tish tamoyili


Download 46.88 Kb.
bet6/13
Sana21.04.2023
Hajmi46.88 Kb.
#1374240
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Bozor iqtisodiyotida ijtimoiy fondlar, ularning turlari va manbalari

20
Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o'tish tamoyili

Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o'tish tamoyili taraqqiyotning evolyutsion


yo'li, zarurat bo'lib u bir qancha sabablar bilan bog'liq ekanligini konsepsiya
muallifi I. Karimov bir qancha dalillar bilan asoslab beradi. Birinchidan.
O'zbekistonning eng yaqin tarixi sobiq sotsialistik tuzumi, uning istiqboldagi
tuzumi bilan-«bir-biri bilan mutlaqo kelisha olmaydigan ikki xo'jalik
tizimidir». Bunda eski iqtisodiyotni takomillashtirish emas, balki tamomila
yangi xo'jalik yuritish tizimini barpo etish talab etiladi. «Bu bir sifat holatidan
ikkinchisiga o'tishdir». Shuning uchun o'tish vazifalarini birdaniga amalga
oshirib bo'lmaydi, u bir qancha bosqichlarni o'z ichiga oluvchi nisbatan uzoq
davr doirasida amalga oshadi; ikkinchidan. yangi iqtisodiy tizimni farmonlar
va qonunlar chiqarish bilan qurib bo'lmaydi, bunday iqtisodiyot tegishli
infrastruk-turani va huquqiy bazani yaratishni talab etadi.
Qonunning ustuvorligi., hamma uchun tengligi tamoyili.
Prczidcntimiz o'zining Oliy Majlisning ikkinchi chaqiriq oltinchi
sessiyasidagi «Adolat-qonun ustuvorligida» nomli ma'ruzasida uqtiradiki,
«biz tanlagan taraqqiyot modeli bozor iqtisodiyotiga tayangan ochiq
demokratik davlat qurish, fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantiradigan yangi
hayot barpo etish harakatidamiz», «bir tomondan, ko'p asrlik tarix, buyuk
madaniyat, yuksak milliy an'analar, muqaddas qadriyatlarga, ikkinchi
tomondan esa-jahon xalqlarining eng ilg'or tajribasiga» asoslanishi bilan birga
qonunlar ustuvorligiga ham suyanadi.1.
Qonunlarning ustuvorligi tamoyili shuni bildiradiki, qabul qilingan
21
Konstitutsiyamiz, barcha boshqa qonunlar hech istisnosiz hamma tomondan
hurmat qilinishi va ularga rioya qilinishi kerak. Har bir fuqaro nafaqat
qonunlar talabini bilishi, ularga so'zsiz amal qilishi, balki boshqalarning ham
qonunlarga rioya qilishlarini nazorat qilmog'i demokratik jamiyat qurishning
talabiga aylanadi. Qonunlarning ustuvorligini ta'minlash tamoyilining mohiyatini I.
Karimov yana quyidagicha izohlaydi: «Qonun ustuvorligini ta'minlash, shaxs, oila,
jamiyat va davlatning huquq va manfaatlari muhofazasini kuchaytirish, aholining
huquqiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish, fuqarolarni qonunga bo'ysunish va
hurmat ruhida tarbiyalash-bu rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan
chinakam demokratik, huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyati qurishning
nafaqat maqsadi, balki uning vositasi, eng muhim sharti hisoblanadi'».

Download 46.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling