Maktabga tayyorgarlik jarayonida bolaning davlat talabini bilishi Qaror va farmonlar tavsifi


Download 43.66 Kb.
Sana07.01.2023
Hajmi43.66 Kb.
#1081312
Bog'liq
Maktabga tayyor davlat talablari-WPS Office

Maktabga tayyorgarlik jarayonida bolaning davlat talabini bilishi

Qaror va farmonlar tavsifi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq bola maktabgacha ta’limni doimiy faoliyat ko‘rsatadigan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida, shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlariga jalb qilinmagan bolalar uchun maktablarda, musiqa va san’at maktablarida, kollej binolarlarida, barkamol avlod markazlarida, mahallalarda tashkil etilgan qisqa muddatli guruhlar oladi. Bu yerda ular kun davomida 3 soatgacha shug‘ullanishadi.

Qaror va Farmonlar tavsifi.

  • Ota-onalarga maktabgacha ta’lim shaklini tanlash huquqi berilgan. 6-7 yoshli bolaning maktab ta’limiga tayyorligini aniqlashda maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchilar asosiy shart hisoblanmish – bolaning maktabga tayyorligi maktabgacha va maktab davridagi hayot tarzi hamda faoliyati uchun ko‘prik vazifasini o‘tashini, oila yoki maktabgacha ta’lim tashkilotdagi ta’lim-tarbiya sharoitlarida maktab ta’limiga ozorsiz o‘tkazishni ta’minlash zarurligini hisobga olishlari lozim.

Davlat ta’lablarini yaratishda xamkorlik

YUNISEF ning O’zbekistondagi vakolatxonasi texnik va metodologik ko’magi Janubiy kareaning Puchon Universiteti professorlari ishtirokidagi seminarlar , davra suhbatlari , Yunisefning xalqaro ekspertlari Korea , Rossiya, Estoniya,Belarus, buyuk Britaniya Xalqaro tajribalari o’rganildi.

Davlat ta’lablari bu

  • Bola rivoji va ta’limida ishtirok etayotgan, ota onalar ,pedagog va barcha kattalarga kutilayotgan natijalar xaqida ma’lumot beruvchi xujjat.
  • Asosiy kompetensiyalarini shakllantirish orqali bola rivoji va uning potensial imkoniyatlarini ochishga yo’naltirilgan.
  • Mulkchilik shaklidan qatiy nazar MTT larning pedagog hodimlari tomonidan Maktabgacha ta’lim tizimi uchun talimiiy dastur,o’quv metodik materiallar,o’yin va o’yinchoqlar yaratishda bajarilishi shart.

Davlat talablari asosidagi yosh davrlari bosqichlari

  • Tug’ilgandan 3 yoshgacha
  • 3 yoshdan 4 yoshgacha
  • 4 yoshdan 5 yoshgacha
  • 5 yoshdan 6 yoshgacha
  • 6 yoshdan 7 yoshgacha

Davlat talablarining maqsadi —

Mamlakatda o‘tkazilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni, xorijiy mamlakatlar ilg‘or tajribasi hamda ilm-fan yutuqlari va zamonaviy informatsion kommunikativ texnologiyalarni inobatga olgan holda maktabgacha ta’lim tizimida ma’nan mukammal va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdir.

Davlat talablarining vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

  • maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi, ta’lim-tarbiyasi mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;
  • milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida bolalarga ta’lim-tarbiya berish, rivojlantirishning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
  • ta’lim-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
  • kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash.

Davlat talablari quyidagi tamoyillar asosida tatbiq etiladi:

  • bolaning noyobligi;
  • “Men” konsepsiyasi va shaxsiy ta’limini yaratishda bolaning faol roli;
  • bolaning huquqlarini himoya qilish va ta’minlashning muhimligi;
  • bola ta’limi va rivojlanishida kattalarning asosiy roli;
  • bolalar rivojlanishida individual farqlanishlar mavjudligi sababli, har bir bolaga moslashuvchan bo‘lib, individual variativlik asosida yondashish.

Davlat talablari bolaning quyidagi rivojlanish sohalari bo‘yicha belgilanadi.

  • jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi;
  • ijtimoiy-hissiy rivojlanish;
  • nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari;
  • bilish jarayonini rivojlanishi;
  • ijodiy rivojlanish.

Maktabga tayyorgarlik» tushunchasi bolani maktabga tayyorlashning quyidagi yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladi:

  • jismoniy;
  • shaxsiy (ruhiy);
  • aqliy;
  • maxsus tayyorgarlik.

Jismoniy tayyorgarlik

  • bolaning sog‘lomligi, harakat ko‘nikmalari va sifati, qo‘l mushaklari va ko‘rish-motor muvofiqligi rivojlanganligi bilan izohlanadi.

Shaxsiy tayyorligi va aqliy tayyorgarlik

  • atrof-muhitga, kattalarga, tengdoshlariga, o‘simliklar dunyosiga, tabiiy hodisalarga munosabati, shaxsiy madaniyatning shakllanganligini nazarda tutadi.
  • bolaning obrazli va mantiqiy fikrlashi, bilimga qiziqishi, mustaqilligi, o‘zini-o‘zi nazorat qilishi hamda o‘quv faoliyatini kuzatish, eshitish, eslab qolish, solishtirish kabi asosiy turlarini bilishini o‘z ichiga oladi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni rivojlantirish va maktab ta’limiga tayyorlash 3 bosqichda amalga oshiriladi.

  • Bolalarni nutqini rivojlantirish.
  • Jismonan rivojlantirish.
  • Ma’nan rivojlantirish.

Eʼtiboringiz uchun rahmat


Download 43.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling