Loyihalashni turli bosqichlarida echiladigan masalalarni uchta guruhga bo‘lish mumkin: sintez, analiz, testlash (tekshirish) (7.2-rasm).
Sintez masalasi strukturali va parametrik sintez protsedurasini yaratishga qaratilgan. Strukturali sintez qilishda obyekt strukturasi, ya’ni uning elementlarini tashkil qiluvchilari va ularni o‘zaro bog‘lovchilari aniqlanadi. Parametrik sintez esa berilgan strukturadagi elementlarning sonli qiymatlari va ularni ishlash qobiliyatlari uchun shart-sharoitlarni aniqlash xisoblanadi.
Analiz qilish- bu obyektlarning uning izohlanishi bo‘yicha ishlash qobiliyatini aniqlashdan iborat.
Loyihalashni avtomatlashtirish– bu maxsuslashtirilgan va universal EHM larda, yuqorida ko‘rsatilgan masalalarni to‘la yoki qisman echishni taqozo qiladi. Loyihalashni avtomatlashtirish qo‘yidagi bazali ta’minotlarga ega: matematik ta’minot (MT); texnik ta’minot (TT); lingvistik ta’minot (LT); dasturli ta’minot (DT); axborotli ta’minot (AT); tashkiliy ta’minot (TSHT); uslubiy ta’minot (UT).
Turli ko‘rinishdagi bazali ta’minot to‘plami loyihalashni avtomatlashtirish vositalari kompleksini tashkil qiladi. Shundan kelib chiqib, ALT lar loyixalash tashkilotlari bilan o‘zaro munosabatni ko‘rsatuvchi va avtomatlashtirilgan loyihalashni bajaruvchi, loyihalashni avtomatlashtirish vositalari kompleksidan tashkil topgan, tashkiliy, texnik tizimlar ko‘rinishida aniqlanadi.
7.2- rasm. Loyihalashni avtomatlashtirish masalalari
Loyihalashni avtomatlashtirishni tashkil qilish.
Har bir ALT loyihalash obyektini va loyihalash masalasini izohlovchi vositaga ega. Birinchi navbatda loyihalash masalasi formallashtiriladi. So‘ngra ALT LT vositalarida ko‘rilgan ichki tillarda dastlabki ma’lumotlarni tasvirlash amalga oshiriladi. Bu ma’lumotlar insonlar oson qabul qila oladigan shakllarda tasvirlanishi kerak, so‘ngra mashinada qayta ishlash uchun mashina ichki tiliga o‘giriladi. Bunday protsedura translyasiya qilish deb ataladi. Translatsiya jarayonida berilgan izohlarda sintaksis va semantik xatoliklar yuzaga kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |