17-varyant; Bajardi: 072-20 gurux talabasi


Download 0.94 Mb.
bet1/5
Sana17.06.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1548915
  1   2   3   4   5
Bog'liq
17- varyant


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH
VAZIRLIGI


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI


MUSTQIL ISHI


17-varyant;

Bajardi: 072-20 gurux talabasi
. Sayidqulov Lazizjon
Axmad ogli

TOSHKENT-2023:

Mavzu: O‘z DSt 1106 : 2009 stadartlari
Reja:
Kirish.
I.Asosiy qism
1.1 O‘z DSt 1106 : 2009 xeshlash funktsiyasi.
1.2 Dasturiy Ta’minot va undan foydalanish
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
Xulosa.
KIRISH

Xesh-funktsiya deb ixtiyoriy uzunlikdagi (bit yoki bayt birliklarida)
ma’lumotni biror fiksirlangan (qayd qilingan) uzunlikdagi (bit yoki bayt
birliklarida) qiymatga o’tkazuvchi funktsiyaga aytiladi. Xesh-funktsiyalar
statistik tajribalarni o’tkazishda, mantiqiy qurilmalarni tekshirishda, tez qidirib topish algoritmlarini tuzishda va ma’lumotlar bazasidagi
ma’lumotlarning to’laligini tekshirishda qo’llaniladi. Masalan, har xil
uzunlikdagi ma’lumotlarning katta ro’yxatidan kerakli ma’lumotni tez qidirib
topishda - bu ma’lumotlarni bir-biri bilan taqqoslashdan ko’ra, ularning
nazorat yig’indisi vazifasini bajaruvchi xesh qiymatlarini solishtirish
qulayroqdir[9].
Kriptografiyada xesh-funktsiyalar quyidagi masalalarni xal
qilish uchun ishlatiladi:
- ma’lumotni uzatishda yoki saqlashda uning to’laligini nazorat
qilish uchun;
- ma’lumot manbaini autentifikatsiya qilish uchun.
Ma’lumotni uzatishda yoki saqlashda uning to’laligini nazorat qilish
uchun har bir ma’lumotning xesh qiymati (bu xesh qiymat ma’lumotni
autentifikatsiya qilish kodi yoki «imitovstavka»-ma’lumot bloklari bilan
bog’liq bo’lgan qo’shimcha kiritilgan belgi deyiladi) hisoblaniladi va bu
qiymat ma’lumot bilan birga saqlaniladi yoki uzatiladi. Ma’lumotni qabul
qilgan foydalanuvchi ma’lumotning xesh qiymatini hisoblaydi va uning
nazorat qiymati bilan solishtiradi. Agar taqqoslashda bu qiymatlar mos
kelmasa, ma’lumot o’zgarganligini bildiradi.
«Imitovstavka»lar hosil qilish uchun ishlatiladigan xesh-funktsiyalar
nazorat yig’indisidan farqli ravishda ma’lumotni saqlash va uzatishda ro’y
beradigan tasodifiy xatolarni tonibgina qolmasdan, raqib tomonidan
qilingan aktiv hujumlar to’g’risida ham ogohlantiradi.

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling