4. Fazoviy sharnir, tovon. Sferasimon sharnir bilan biriktirilgan jismlar A nuqtadan o‘tuvchi ixtiyoriy o‘q atrofida xohlagan tomonga aylanishi mumkin. U holda jismning A nuqtasi (11 -shakl) qo‘zg‘almas bo‘ladi. Shu sababli, sferasimon sharnirdan iborat bog‘lanishning reaktsiya kuchi -, A nuqtaga qo‘yilgan bo‘lib, u fazoning ixtiyoriy tomoniga yo‘nalgan bo‘lishi mumkin. Bu holda ham yuqoridagi kabi - reaktsiya kuchining na modulini va Axyz o‘qlari bilan tashkil etgan burchaklarni oldindan aniqlab bo‘lmaydi.
11- shakl
11, b shaklda tasvirlangan t o v o n (tayanch podshipnik)dan iborat bog‘lanishning reaktsiyasi -ning fazodagi yo‘nalishini ham oldindan aniqlab bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |