18- mavzu: Ashtarxoniylar davrida: Buxoro xonligida boshqaruv tuzumi: markaziy va mahalliy boshqaruvi. Reja


Ashtarxoniy davlatida iktisodiy munosabatlar


Download 0.58 Mb.
bet3/5
Sana16.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1519227
1   2   3   4   5
Bog'liq
18-seminar

Ashtarxoniy davlatida iktisodiy munosabatlar.
Ashtarxoniylar davrida ham davom etgan siyosiy parokandalik, urushlar va o’zaro kurashlar mamlakat iqtisodiyotining asosi bo’lgan qishlok xo’jaligiga ham ta’sir etmasdan qolmadi. XVIII asrga oid ayrim manbalar Zarafshon va Farg’ona vodiysidagi dehqonlarning o’z yerlaridan qochib ketishi holatlari haqida ham ma’lumotlar beradi. Hukmdorlar soliq va o’lponlarni o’z vaqtida va doimiy yig’ib olish uchun ham mamlakat iqtisodiyotini ko’tarishga harakat qilsalar- da, bu harakatlar aksariyat hollarda samarasiz tugardi. XVII asrning boshlariga kelib ko’plab sug’oriladigan yerlar jo’ybor shayxlariga berilgan. Shariat qonunlariga ko’ra, suv sotilmasligi va sotib olinishi mumkin bo’lmasada, boy amaldor va ruhoniy yer egalari sug’orish kanallarining xo’jayinlari edilar. XVII asr 80-yillarining oxirlarida Xiva hukmdorlarining ko’plab xujumlari natijasida kelib chiqqan suv ta’minotining buzilishi Ashtarxoniylar davlatidagi ko’pgina viloyatlarda, ayniqsa, Samarqand , Qarshi, Farg’ona viloyatlarida ocharchilikka sabab bo’ldi. Manba tili bilan aytilganda , “dehqonlarda tariq va bug’doy noni yo’q edi”.
Shayboniylar davrida bo’lgani kabi ashtarxoniylar davrida hamdavlat yerlari mamlakai devon, mamlakai podshohi, zamini mamla, mamlakai sultoni, mamlaka kabi nomlar bilan atalgan.Oliy hukmdor yernisotish, hadya etish yoki vaqf mulkiga o’tkazish huquqiga ega bo’lgan. Shartli yeregalari suyurg’ol, iqta, tanho, tiul kabi nomlar bilan atalgan.XVII-XVIII asrlarga kelib suyurg’olning mazmuni o’zgaradi. Budavrga kelib suyurg’ol asosan hukmdor xizmatida bo’lgan ruxoniylar-sayidlar, xo’jalar, shayxlar, ulamolar, shuningdek shoirlarga hadya qilingan.Mahmud ibn Vali shunday ma’lumot beradi : “Agar podsho yerni kimgadirhadya tariqasida bersa, bunday yerlar ulamolar va sayidlarga berilsa,suyurg’ol deyiladi, agar harbiylarga berilsa, u holda tanho deyiladi.”
Bu davrda Toshkent mamlakatining ma’muriy boshqaruv vaiqtisodiy hayotida muhim rol o’ynagan bo’lib , bu yerda ichki va tashqi bozoruchun ko’plab mahsulotlar mavjud edi.Toshkent , ayniqsa , tog’-kon sanoati
mahsulotlari , qozoq dashtlari bilan savdo-sotiq munosabatlarida mashhurbo’lganligi manbalarda eslatib o’tiladi ..Toshkent atroflarida bog’lar va uzumzorlar mavjud bo’lgan .Toshkent qa’lasi tashqarisida Kaykovus chorbog’ijoylashgan. Manbalar bu chorbog’ni “ulug’ sultonlar taxtining joyi” va Toshkent hokimlarining qarorgohi sifatida eslatadilar.Toshkentda va uning atroflarida turli mamlakatlardan kelgan savdogarlar to’xtashlari uchun karvonsaroylar mavjud bo’lgan . Shuningdekkarvonsaroylar Chirchiq daryosi bo’ylab ketuvchi tog’ yo’li bo’ylarida ham qad ko’targan.Toshkentning keng dasht hududlari chegarasidagi vohada joylashganligi bu davrda ham shahar xo’jaligining rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega bo’lgan bo’lsada, manbalar ko’chmanchilarning ko’plab hujumlaruyushtirganliklari haqida ham ma’lumotlar beradilarilar.
Shunday qilib, O’zbekiston davlatchiligi tarixidagi Ashtarxoniylar davri (1601-1736) boshboshdoklik, o’zaro kurashlar, mahalliy hokimlarning markazga bo’ysunmasligi davri bo’lib, A.Ziyo ta’biri bilan aytganda, siyosiy bekarorlik taxminan yuz yil o’tib sulola inqirozi hamda davlatning uchga bo’linishi bilan tugadi. Tashqi aloqalar asosan qo’shni hududlar bilan cheklanib qolib, mamlakat jahon texnikaviy taraqqiyotida ro’y berayotgan ko’pgina yangiliklardan chetda qoldi shunga qaramasdan madaniy xayotning ba’zi sohalarida (me’morchilik, tarixnavislik, adabiy muhit, islom huquki) taraqqiyot jarayonlari kuzatiladi.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling