18 – Mavzu: Estetikaning zamonaviy muammolari. Ma'ruza rejasi


Download 31.06 Kb.
bet1/3
Sana23.12.2022
Hajmi31.06 Kb.
#1047340
  1   2   3
Bog'liq
18- MAVZU


18 – Mavzu: Estetikaning zamonaviy muammolari.
Ma'ruza rejasi:

    1. Estetik tarbiyaning turlari va yo‘nalishlari. Shaxsni estetik tarbiyalashda fan, ta'lim va madaniyatning o‘zaro bog‘liqligi. Mehnat – turmush estetikasining muhim omili.

    2. “Ommaviy madaniyat”ning yoshlar estetik didiga ta'siri. Sport va uning ma'naviy-estetik jihatlari.

    3. Sog‘lom turmush tarzi estetikasi. Reklamaning estetik jihatlari va g‘ayriestetik holatlar.

Mavzuga oid tayanch tushuncha va atamalar:
Tarbiya, estetik tarbiya, tarbiya vositalari, estetik tarbiyaga tahdidlar, ommaviy madaniyat.


1 – savol bayoni: Sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda estetik tarbiyaning o‘rni nihoyatda katta va ularga, aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik tarbiyani kiritish mumkin. Sog‘lom turmush tarzi estetikasiga an'anaviy va zamonaviy yondoshuvlar mavjud. Estetik tarbiyaning turlari va yo‘nalishlariga: ommaviy axborot vositalari; san'at; badiiy adabiyot kiradi. Shaxsni estetik tarbiyalashda ta'lim tizimining roli nihoyatda ahamiyatlidir. Mehnat esa - turmush estetikasining muhim omili hisoblanadi. Insonda xulq go‘zalligini shakllantirishning zamonaviy ko‘rinishlari mavjud bo‘lib, didlilik va farosatlilik – yuksak madaniyat belgisi, farosatsizlik esa shaxs kamolotidagi illat hisoblanadi. Insonda tabiiy go‘zallik bilan estetik didning mutanosibligi muammosi mavjud bo‘lib ularga, sipolik va bachkanalik kiradi.
Estetik tarbiya mohiyatan insoniy ideal bilan bog‘liq bo‘lib, estetik ideal egasi nafis didga, pokiza tuyg‘ularga egaligi bilan ajralib turadi. Ma'lumki, shaxs ijtimoiy taraqqiyotning turli xil jabhalarida bevosita va bilvosita ishtirok etadi va faoliyat olib boradi, shaxs bu bilan ijtimoiy taraqqiyotning estetik sub'ektiga aylanadi. SHunga ko‘ra, aytishimiz mumkinki, jamiyatda yashayotgan biror–bir shaxs estetik jarayonlardan chetda turmaydi, aksincha, o‘zining muayyan xatti–harakati bilan mazkur jarayonlarga u yoki bu darajada ta'sir ko‘rsatadi. Estetik tarbiyaning maqsadi ana shunday ta'sirlarni go‘zallik, ulug‘vorlik, fojiaviylik, kulgililik asosida yo‘naltirishdan iborat.
SHuni ta'kidlash joizki, estetik tarbiya badiiy tarbiya bilan doimiy tarzda aloqada bo‘lib keladi. Biroq, bu «estetik tarbiya badiiy tarbiya bilan bir xil ma'no kasb etadi», degan gap emas. Negaki, badiiy tarbiya ijod jarayonidagi rang–barangliklar olamini inson tomonidan estetik tarzda anglash va o‘zlashtirishning bir qismi, xolos. SHu ma'noda estetik tarbiya – jamiyatda ma'naviy muhitni paydo qilishga ko‘mak beruvchi muhim unsur bo‘lib, u inson didini shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi hamda ana shu orqali insonni jamiyat munosabatlariga yaqinlashtiruvchi kuchdir.
Hozirda estetik tarbiyaning ko‘lami tobora kengaymoqda. SHunga ko‘ra, u o‘z oldiga talaygina muhim vazifalarni qo‘ygan. Bular:
- kishilarda san'at asarlari, badiiy ijod namunalarini nafaqat faol o‘zlashtirish balki, ularning estetik mohiyatini anglash va baholash qobiliyatini takomillashtirish;
- jamiyat a'zolarining ijodiy imkoniyatlarini namoyon qildirish va ulardan foydalana bilishga ishonch tuyg‘usini uyg‘otish;
- tabiat hamda jamiyat ijtimoiy jarayonlariga sof tuyg‘u bilan munosabatda bo‘lishga va ularni ravnaq toptirish yo‘lida astoydil faoliyat olib borish ko‘nikmalarini xosil qilish;
- o‘tmish ma'naviy merosimizga hurmat hissini uyg‘otish, milliy g‘urur, milliy iftixor tuyg‘ularini shakllantirish uchun zamin yaratish;
- ijodning barcha turlarini taraqqiy ettirib jahonga yuz tutish va ularni millat manfaatlari uchun naf keltiradigan tomonlarini targ‘ib qilishga undashdi.

Download 31.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling