18-amaliy mashg‘ulot mavzu
Download 23.14 Kb.
|
1 2
Bog'liq18-amaliy mashg‘ulot mavzu test topshirig‘ining qiyinlik daraja
18-amaliy mashg‘ulot MAVZU: 1.4.Test topshirig‘ining qiyinlik darajasi. Test topshirig‘ining diskriminatsiya indeksi Test topshirigining qiyinlik darajasi (p qiymat deb ham ataladi) quyidagicha hisoblanadi: p= bunda: p — test topshirig‘mingqiymlik darajasi; R = test topshirig‘iga to‘g‘ri javob berganlar soni; T = test topshirig‘ini bajarganlaming umumiy soni. Misol uchun, test topshirig‘ini 300 kishi bajargan bo‘lib va shulardan 180 tasi to‘g‘ri javob bergan bo‘lsa, test topshirig‘ining qiyinlik darajasi (p qiymati) 180/300 = 0,60ga teng. Test topshirig‘ining qiyinlik darajasi 0 dan 1 gacha qiymatda o‘lchanadi, bu qiymat 1 ga qanchalik yaqin bo‘lsa, test topshirig‘i shunchalik oson hisoblanadi. Test topshirig‘ining qiyinlik darajasini tahlil qilishda quyidagilarni hisobga olish lozim: qiyinlik darajasi 0,50 atrofida bo‘lgan test topshiriqlari eng sifatli hisoblanadi, chunki test topshiriqlarining qiyinlik darajasi 0,50 bo‘lganda testning dispersiyasi maksimal qiymatga ega bo‘ladi; qiyinlik darajasi 0,30 va 0,70 oralig‘ida bo‘lgan test topshiriqlarini ham testda ishlatish mumkin; qiyinlik darajasi 0,20 va 0,80 oralig‘ida bo‘lgan test topshiriqlarini ishlatishda boshqa ko‘rsatkichlarni (test topshirig‘ining diskriminatsiya indeksi, test topshirig‘ining butun test bilan korrelyatsiyasi) ham hisobga olish zarur; qiyinlik darajasi 0,20 dan past (juda qiyin) va 0,80 dan yuqori (juda oson) test topshiriqlarini ishlatish tavsiya etilmaydi. Test topshirig‘ining qiyinlik darajasi juda muhim ko‘rsatkich bo‘lib, testning ishonchliligini ko‘rsatuvchi boshqa juda ko‘plab parametrlari shu ko‘rsatkichga bevosita bog‘liq. Shu bilan birga, test topshirig‘ining qiyinlik darajasi nisbiy ko‘rsatkich ekanligini ham hisobga olish kerak: masalan, «Hisoblang: «7x8+14» shaklidagi test topshirig‘i 1-sinf o‘quvchilari uchun qiyin, yuqori sinf o‘quvchilari uchun oson bo‘lishi mumkin. Shuning uchun test topshiriqlarini aprobatsiyadan o‘tkazayotganda aprobatsiyada qatnashayotgan kontingent o‘z xususiyatlari jihatidan testni haqiqiy topshiradiganlar kontingentiga yaqin bo‘lishi darkor. Download 23.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling