18-Bilet Kompyuterlarning tashkil etilishi tamoyillari va turlari


Magnit disklar - vinchesterlarning mexanik strukturasi qanday?


Download 22.85 Kb.
bet2/3
Sana20.01.2023
Hajmi22.85 Kb.
#1103540
1   2   3
Bog'liq
18-bilet Intizor Ma\'lumotlar bazasi

Magnit disklar - vinchesterlarning mexanik strukturasi qanday?

Yo‘lka (rus tilida – дорожка) deganda, disk to‘liq bir marotaba aylanishi natijasida, unga yozilgan bitlar ketma-ketligi tushuniladi. Har bir yo‘lka ma’lum bir uzunlikdagi sektorlarga bo‘lingan.(HBY-512 bayt)
Yo‘lkada ma’lumotlardan avval, yozish-o‘qish qurilmasini sinxronlash uchun mo‘ljallangan preambula (preamble) joylashgan bo‘ladi.
Ma’lumotlardan keyin esa, xatolarni to‘g‘irlash kodi ECC (Error-Correcting Code) yozib qo‘yiladi.
Hozirgi disklarda 5000 dan 10 000 tagacha yo‘lkalar bo‘lishi mumkin, ya’ni har bir yo‘lkaning kengligi 1 mikrondan - 2 mikrongacha bo‘lishi mumkin (1 mikron=1/1000 mm).
Ko‘pgina vinchesterlar ustma-ust joylashgan bir nechta plastinkalardan iborat bo‘ladi.
Plastinkalardagi markazdan bir xil uzoqlikda joylashgan yo‘lkalar – silindr deb ataladi.
Zamonaviy shaxsiy kompyuter modellarida 6 tadan 12 tagacha plastinkalardan iborat.
Vinchesterni boshqarish – kontroller yordamida amalga oshiriladi. Kontroller tarkibida ham alohida protsessor bo‘lib, ular READ, WRITE va FORMAT kabi buyruqlarni bajaradi, yozish-o‘qish qurilmasini boshqaradi, xatolarni topish va to‘g‘irlash, asosiy xotiradan o‘qilayotgan baytlarni uzluksiz bitlarga aylantirish kabi vazifalarni bajaradi.
Asosiy xotira – kompyuterning dasturlar va ma’lumotlarni saqlash uchun mo‘ljallangan komponentidir. Xotira ma’lum bir uzunlikka ega bo‘lgan axborotlarni saqlovchi yacheykalardan iborat bo‘ladi.
Kesh xotira
Buyruqlar va ma’lumotlarni qanday saqlanishiga qarab keshxotiraning ikki xili mavjud. Buyruqlar ham, ma’lumotlar ham birgalikda saqlanadigan kesh-xotira birlashtirilgan kesh-xotira deb ataladi. Buyruqlar alohida, ma’lumotlar alohida saqlanadigan kesh-xotira esa alohida ajratilgan kesh-xotira deb ataladi.
DVD (Digital Video Disk – raqamli video disk, yoki Digital Versatile Disk) – raqamli ko‘p maqsadli disk. Ushbu disklarga yozishda qizil rangli lazer qo‘llaniladi va ularning quyidagi xillari mavjud:
1.Bir tomonli bir qavatli disklar – 4,7 Gbayt.
2.Bir tomonli ikki qavatli disklar – 8,5 Gbayt.
3.Ikki tomonli bir qavatli disklar – 9,4 Gbayt.
4.Ikki tomonli ikki qavatli disklar – 17 Gbayt.
Blu-Ray – ma’lumotlarni yozish uchun ko‘k rangli lazer qo‘llaniladigan DVD-disk. Bu xildagi disklarning bitta tomoniga 25 Gbaytgacha xajmdagi ma’lumotlarni yozish mumkin, ikki tomonli diskning xajmi esa 50 Gbayt bo‘ladi. Ma’lumotlarni uzatish tezligi 4,5 Mbit/sek.

  1. Protsessorning tuzilishi va xususiyatlari.


Download 22.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling