18-Bilet Kompyuterlarning tashkil etilishi tamoyillari va turlari
Protsessor Markaziy protsessor
Download 22.85 Kb.
|
18-bilet Intizor Ma\'lumotlar bazasi
Protsessor
Markaziy protsessor (ingl. central processing unit - CPU, markaziy hisoblash qurilmasi). 1971-yilda Intel firmasi tomonidan 2250 tranzistorli birinchi mikroprotsessor 4004 ishlab chiqarilgan. Arifmetik va mantiqiy amallarni bajaruvchi, boshqaruvchi qurilma. Har bir dastur buyruqlar ketma-ketligidan tashkil topadi. Protsessor shu buyruqlarini bajaradi. Protsessorlar o’ta katta integral sxemalar asosida quriladi. Protsessor tezligi 1 sekundda bajaradigan amallar soni bilan belgilanadi va u Hz (gers) larda o’lchanadi. Protsessorning bir vaqtning o’zida necha bit bilan ishlashi uning razryadini belgilaydi. Hozirgi kunda 8, 16, 32, 64, 128 razryadli protsessorlar keng qo’llanilmoqda. Boshqarish qurilmasi - funksiyasi buyicha shaxsiy kompyutening eng murakkab qurilmasi xisoblanadi. U mashinaning barcha bloklariga yetkaziladigan boshqarish signallari qayta ishlaydi. Buyruqlar registori - buyruqlar kodi saqlanadigan registor. Bu yerda bajariladigan operatsiya va operandlar manzili joylashadi. Buyruqlar registori mikroprosessorning interfeysli qismda joylashadi. U buyruqlar registri bloki deb ataladi. Operatsiyalar deshifratori - ushbu mantiqiy blok buyruqlar registridan keladigan operatsiya kodiga mos chiqish yo’lini tanlaydi. Mikrodasturlarni doimiy saqlash qurilmasi (PZU) - uz yacheykalarida boshqaruvi signallarni saqlaydi. Ushbu impulslar SHK bloklaridagi bo’ladigan axborotni qayta ishlash operatsiyalarni boshqaradi. Impuls operatsiyalar deshifratori tanlagan operatsiya kodiga muvofik. Doimiy xotira qurilmasidan kerakli signallar ketma-ketligini o’qib oladi. Berilganlar, adreslar, instruksiyalar kodli shinalar - mikroprosessorning ichki shina qismi. Umuman olganda boshqarish qurilmasi quyidagi asosiy protseduralarni bajarish uchun kerakli signallarni yaratadi. Hisoblagich-registrdan dasturning keyingi buyruqlari joylashgan operativ xotira yacheykalarini tanlash; - Operativ xotira yacheykalaridan keyingi buyruq kodini tanlash va buyruqlar registriga tanlangan buyruqni yuborish; - Operatsiya kodi va tanlangan buyruqni qayta shifrlash; - qayta shifrlangan kodga mos doimiy xotira yacheykalaridan boshqarish impulslarini o’qish va bloklarga yuborish; buyruqlar registri va mikroprosessor registrlaridan operandlarning tashkil etish adreslarini o’qish; operatsiya natijalarini xotiraga yozish; dasturning keyingi buyrugi adresini aniklash; Download 22.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling