Ish olib borilayotgan jadvalning barcha yacheykalarini ajratib ko’rsatish


Download 134.76 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi134.76 Kb.
#263589
Bog'liq
Ish olib borilayotgan jadvalning barcha yacheykalarini ajratib k



AXBOROT TEXNOLOGIYALARI

1. Ish olib borilayotgan jadvalning barcha yacheykalarini ajratib ko’rsatish.

Joriy darchadagi ishchi jadvalning barcha yacheykalarini ajratib ko’rsatish uchun sichqoncha tugmasini bosgan xolda sichqonchani xarakatga keltirish lozim.

2. Ustunlar sarlavxasi. Jadvaldagi barcha mavjud 256 ustunlar lotin alifbosining bosh xarflari bilan belgilanadi va u A dan boshlab IV gacha belgilanib boriladi. Boshqacha aytganda, A dan Z gacha, keyingi ustunlar AA, AV,.....,AZ,VA,...,VZ,.... va oxirgi 256-ustun IV deb belgilanadi. Biror ustunning barcha yacheykalarini belgilab olish uchun ustun sarlavxasi ustida sichqoncha tugmasini bosish kerak.

 

 

 



 

3. Faol yacheyka indiqatori. Bu kora rangdagi kontur bo’lib, joriy yacheykani ajratib ko’rsatib turadi. Ayrim xollarda u jadvallar kursori deb xam ataladi.

 

4. Qatorlar tartibi. Ishchi jadvalning xar bir qatori tartib raqamiga ega bo’lib, u 1 dan to 65536 gacha raqamlanadi. Bu qatorlarning keragini tanlab olish sichqoncha yoki klaviaturadagi tugmalar majmuini bosish orqali amalga oshiriladi.

 

5. Varaqlarning yorlig’i. Bu yorliklarning xar biri yon daftarchaning yorlig’iga o’xshash bo’lib, ishchi kitobning aloxida varaqlari sifatida qaraladi. Ishchi kitob ixtiyoriy sondagi varaqlardan iborat bo’lishi mumkin. Uar bir varaqning nomi bo’ladi va u varaq yorlig’ida ko’rsatib qo’yiladi.

 

 



 

Ishchi kitob varaqlari bilan ishlash

 

EXCEL dasturi ishga tushirilgandan So’ng avtomatik ravishda yangi Ishchi kitob «Kniga 1» nomi bilan yaratiladi. Agarda siz boshqa Ishchi kitob yaratmoqchi bo’lsangiz, uskunalar panelidagi «Sozdat`» piktogrammasiga sichqoncha ko’rsatkichini keltirib tugmani bosishingiz kerak bo’ladi. Yangi yaratilayotgan kitob komp`yuter xotirasida saqlanib, xali fayl sifatida diskda saqlanmagan bo’ladi. Agar aloxida ko’rsatilgan bo’lmasa, jadvaldagi ishchi varaqlar 16 tagacha bo’lishi mumkin. Yangi yaratilgan ishchi kitobida bitta varaq bilan faol ish olib boriladi. Boshqa varaqni faollashtirish uchun shu varaqning yorlig’i ustiga sichqoncha ko’rsatkichini keltirib bosish kerak. Boshqa varaqlarni ko’rib chiqish uchun aylanma ko’rsatkich tugmasini bosish kerak. Aloxida nom berilmagan bo’lsa ishchi jadval varaqlari «LIST1», «LIST2»... kabi nomlanadi. Bu varaqlarni qayta nomlash xam mumkin.



 

Ishchi jadvaldagi varaqlarni qayta nomlash

 

Varaq nomlarini o’zgartirishni quyidagi usullarda amalga oshirish mumkin:



 

 

«Format»—«List»—«Pereimenovat`» buyruqlarini tanlagan xolda yangi varaq nomini kiritish (8.4-rasm).



— Sichqoncha ko’rsatkichini varaq yorlig’i ustiga olib borib chap tugmachani ikki marta bosish va yangi nomni kiritish.

— Sichqoncha ko’rsatkichini varaq yorlig’i ustiga olib kelish va sichqonchaning ung tugmasini bosish va kontekstli menyuda quyidagi buyruqlarni bajarish: Menyudagi «Pereimenovat`» (Qayta nomlash) buyrug’ini tanlash va yangi nomni kiritish (8.5-rasm).



 

Eslatma: Yuqoridagi amallardan ixtiyoriy birini bajarib bo’lgandan So’ng ENTER tugmasi bosilishi kerak. Shundan keyin yangi kiritilgan nom varaqlar yorligida xosil bo’ladi.

Yangi kiritilgan nomlar uzunligi bo’sh joy bilan birgalikda 31 ta belgigacha bo’lishi mumkin. Agarda uzun nom berilgan bo’lsa, varaqlar yorlig’i xam shunchalik katta bo’lib, keyingi varaq yorliklarining nomlari kurinmay qoladi.

 

Ishchi kitobga yangi varaqlar kiritish

 

Ishchi kitobga qo’shimcha yangi varaqlar kiritish uch yul bilan amalga oshiriladi:



· «Vstavka»—«List» buyruqlarini bajarish orqali;

· Sichqonchaning ung tugmasini varaq yorlig’i ustida bosib, kontekstli menyudagi «Vstavit`» (Qo’yish) buyrug’ini tanlash orqali;

· Shift + F11 tugmalarini barobar bosish orqali.

Eslatma. Yuqoridagi amallar bajarilgandan So’ng ishchi kitobdagi yangi qo’shimcha varaq avtomatik ravishda faollashgan varaq xolatiga o’tadi va nomi ko’rsatilgan uz yorlig’iga ega bo’ladi.

 

Ishchi kitobdan varaqlarni olib tashlash (yopish)



 

Ishchi kitobdagi kerak bo’lmagan varaq nomlarini olib tashlash (yopish) quyidagi usullarda amalga oshiriladi:



· «Pravka»—«Udalit` list» buyruqlar ketma-ketligini bajarish orqali;

· Sichqonchaning ung tugmasini olib tashlanayotgan varaq yorlig’i ustida bosish va buyruqlar menyusidan «Udalit`» (Olib tashlash) buyrug’ini tanlash orqali (8.6-rasm). Bunda Yexsel varaqni olib tashlashni tasdiklashingizni suraydi.

 

Ishchi kitobidan uchirilgan varaqlarda ma`lumotlar yozilgan bo’lsa uni qayta tiklab bo’lmaydi. Shuning uchun ishlayotganda ma`lumotlarni «Otmenit`» (Bekor qilish) tugmachasini bosib uchirib yuborish kerak emas.



Tugmachalar yordamida o’zgarishlar qilish quyidagi jadvalda berilgan:

 

Savol va topshiriqlar

 

1. Ishchi xujjat darchasining asosiy elementlari nimalardan iborat?

2. Yacheyka yoki diapazonni ajratib ko’rsatish qanday amalga oshiriladi?

3. Ustunlar sarlavxasi qanday belgilanadi?

4. Varaq yorlig’i nima?

5. Yangi ishchi kitob qanday yaratiladi?

6. Ishchi varaq qanday faollashtiriladi?

7. Ishchi jadvaldagi varaqlar qanday qayta nomlanadi?



8. Ishchi kitobga yangi varaqlar kiritish qanday amalga oshiriladi?

9. Ishchi kitobdan varaqlar qanday olib tashlanadi?
Download 134.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling