№18 ma’NAVIY- ma’rifiy soat rejasi
Download 24.66 Kb.
|
8 mavzu. Odob – axloq normalari Mehmonga borish hamda mehmon kutish
J. J RUSSO
***
SENEKA Yaxshi kiyinish ham oʻziga xos san’at hisoblanadi. Yaxshi did, avvalo kiyimlarni bir-biriga moslab kiyishda namoyon boʻladi. Moslab kiyilgan kiyim ma’lum sharoitga munosib, kishining mashgʻuloti, voqea, muhit va shu kabilar bilan muvofiq, hamda vaqti va joyiga qarab bashang boʻlishi mumkin. Respublikamiz iqlimi issiq boʻlganligi bois bizning sharoitda ayollar uchun eng qulay moda - koʻkrak burma va pasti yaxlit bichimli «oʻzbekcha» koʻylak hisoblanadi. Buning afzalligi shundaki, issiq avjiga chiqib, kishi terlab turganda ham kiyim badanga yopishib qolmaydi. Shuning uchun ham koʻkrak burma koʻylak hech qachon modadan qolmaydi. Faqat ayrim detallari biroz oʻzgartirilib, zamonaviy tus bergan holda yangilanaveradi. Chiroyli atlas, tovor kabi matolar qadimdan oʻzbek ayollari sevib kiyadigan milliy matolardir. Qancha-qancha zamonlar oʻtib ketsa ham, bu matolardan oʻz davriga moslab yarashtirib, xoh oʻzbekcha, xoh yevropacha tikilgan kiyimlar hamisha modadadir. Qaddi-qomati kelishgan ayollarga moda jurnalidagi modellarning har biri toʻgʻri kelishi mumkin. Toʻladan kelgan ayollarga belning past qismidan ulangan va keng etak boʻlib tushgan koʻylaklar kiyish tavsiya etilmaydi. Ozgʻin ayollar esa tor badanga yopishib turadigan koʻylaklar kiymasliklari kerak. Boʻyni uzun ayollar koʻproq yelkalik koʻylak kiyganlari maqul. Boʻyni kalta ayollarga tik yoqali va boʻyin atrofidan oʻyilgan koʻylaklar yarashmaydi. Kiyimning rangi, rasmlari, guli ham mos boʻlishi kerak. Ayollar koʻpincha kiyimlar rangini oʻzlarining koʻz, soch va teri ranglariga moslab oladilar. Katak-katak va yoʻl - yoʻl matolarni birga kiyish tavsiya etilmaydi. Boʻylamasiga yoʻl boʻlib tushgan gazlamalar ayollarning qaddi – qomatini nozik, boʻy-bastini oʻzaytirib koʻrsatadi, ularni toʻladan kelgan ayollarga kiyishni tavsiya etish mumkin. Ozgʻin va baland boʻyli ayollar bunday matodan kiyim kiymaganlari maqul, koʻndalang, yoʻ1-yoʻl koʻylaklar qaddi-qomatni toʻlaroq koʻrsatadi. Rang va ranglarning bir-biriga mos tushishi ham oʻziga xos ahamiyatga ega. Toʻq va qora ranglar jussaning toʻlaligini bilintirmay tursa, oq ranglar yanada toʻlaroq koʻrsatadi. Yashil, binafsha, koʻk rang qaddi-qomatni rostlab koʻrsatsa, sariq, jigarrang, qizil va rangdor rasmlar jussani bir muncha toʻla qilib koʻrsatadi. Ortiqcha bezaklar kiyimni bachkanalashtirib yuboradi. Uy kiyimlari asosan yuvilishi oson ip gazlamalar, shtapel matolardan tikiladi, u keng va qulay boʻlishi lozim. Yoz paytlarida uyda odmi rangli mayin gulli koʻylak va xalatlar kiyish maqsadga muvofiq. Ish kiyim qulay, kundalik kiyishga mos va qulay boʻlishi, ayniqsa, koʻylak – kostyumlar kiyish koʻpdan urf boʻlib keladi. Ayollarimizning ishbilarmon doiralarda koʻplab uchratamiz. Hozirgi kunda ayol tadbirkor, ayol rahbar. Albatta bunday ayolning oʻziga xos kiyinish madaniyati ham boʻlishi talab etiladi. Ish kiyimi degan alohida kiyinish usuli bor. Bunga xalqaro ulchovlar doirasidagi qat’iy, sipo, an’anaviy bichimli kostyumlar kiradi. Ularning gazlamasi yuqori sifatili, rangi ham ish kayfiyatiga mos boʻlishi kerak. Poyafzal tanlovida ham shu talablarga rioya qilinadi. Yorqin «qichqiradigan» rangalardan imkon qadar qochish kerak. Lekin oʻta jur’atli boʻlsangiz, qip-qizil rangli kostyum-yupkani ham kiyishingiz mumkin. Liboslaringiz rangi boshdan-oyoq qora yoki oq boʻlmasligi kerak. Yuz va tirnoq pardozida yorqin boʻlmagan ranglardan foydalaning - bunga albatta e’tibor qilinadi. Taqinchoqlarni ham iloji boricha kamroq taqing. Ish kiyimi ehtiros uygotuvchi elementlardan imkon qadar holi boʻlishi kerak. Amaliy muloqotlarga xaddan ortiq kalta, tor, yoqasi chuqur uyilgan, harir gazlamali kiyimlar kiyish mumkin emas. Kalta yupka nafaqat ishdan chalgʻitadi, balki ijtimoiy mavqeingiz uncha yuksak emasligini ham bildiradi. Erkaklarning ham oʻziga xos kiyinish madaniyati va qoidalari boʻlib ularga amal qilish, har bir erkakdan talab etiladi. Download 24.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling