Toshkent arxitektura-qurilish universiteti texnologiya fakulteti
Download 74.2 Kb.
|
Falsafa mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reja: 1. Islomda nikohning o’rni
TOSHKENT ARXITEKTURA-QURILISH UNIVERSITETI TEXNOLOGIYA FAKULTETIGuruh: 104-22 BIQo’Bajardi: Buranov XudoyorTekshiridi: Azimova CharosFan: FalsafaMavzu: Islomda nikoh va oilaviy munosabatlar talqini, erkak va ayolning maqomiReja:1. Islomda nikohning o’rni2. Islomda er-xotin munosabatlari3. Oilada er-xotinning o’rniNikoh masalasi har bir kishi, oila, jamiyat va davlat, butun insoniyat uchun muhim ekanini xamma biladi. Chunki bu amaliy hayotda o‘ta muhim bo‘lib, halol va haromga, oila tashkil qilishga, kelajak avlod - farzandlarimizning dunyoga kelishiga va uning tarbiyasiga bog‘liq masaladir. Shuningdek, u er-xotinlarning haq-huquqlari va majburiyatlari, ularga amal qilish, oilani tashkil etish, boshqarish, qolaversa, saodatli qilish bilan bog‘liq masaladir. Agar oilalar jips, baquvvat, baxtli bo‘lsagina jamiyat xam jips, baquvvat, baxtli bo‘lishi o‘z-o‘zidan ayondir. Musulmonlar boshqa ishlar kabi oila masalasida ham ko‘ngliga kelgan narsani, turli bid’at - xurofotlarni yoki qandaydir odamlar tomonidan ishlab chiqilgan qonun-qoidalarni o‘zlariga ko‘rsatma yoki qo‘llanma deb bilmaydilar. Musulmonlar bu nozik ishda ham o‘z Xoliqlari, butun olam tarbiyachisi - Alloh subhanahu va taoloning amriga, Uning rasuli Muhammad sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga qat’iy amal qiladilar. Chunki oila ilohiy ko‘rsatmalar, nabaviy ta’limotlar, diynu diyonat, fazilatli axloq asosida qurilgandagina mustahkam va baxtli bo‘la oladi. “Allox taolo maxfiy va oshkor ishlarimni ko‘rib turibdi, qalbimni, tilimni va a’zolarimni iffatli tutay”, - degan kishilarning oilalarigina saodatli oila bo‘la oladi.Ana shunday oilalargina mustahkam, xotirjam, qarorli, sabotli, xar turli kelishmovchilik va badbaxtliklardan uzoqda bo‘ladi. Ana shundagina nikohdan ko‘zlangan oliy maqsadga erishiladi, olijanob nasllar etishtiriladi, bashariyat muhofaza kilinib, uning sofligi saqlanib qoladi. Alloh taolo olamdagi barcha narsalarni juft-juft qilib yaratgan. Bu haqda Qur’oni karimda alohida oyati karimalar nozil bo‘lgan. Jumladan: “Sizlar eslatma olishlaringiz uchun Biz har bir narsani juft-juft qilib yaratdik”. (Zoriyat surasi 49-oyat)Download 74.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling