№18 ma’NAVIY- ma’rifiy soat rejasi
Download 24.66 Kb.
|
8 mavzu. Odob – axloq normalari Mehmonga borish hamda mehmon kutish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kutilayotgan natija
“TASDIQLAYMAN” Yoshlar bilan ishlash boʻyicha direktor oʻrinbosari _________ R.Yusupov 05.11.2021-yil 3-Mavzu: “Odob – axloq normalari: Mehmonga borish hamda mehmon kutish odobi”. Ma’naviyat soatining maqsadi: Oʻquvchilarda odob – axloq tushunchasi tushunchasi, kiyinish madaniyati bilan boyitish. Kutilayotgan natija: Oʻquvchi yoshlarda kiyinish madaniyati orqali oʻziga va yon atrofga hurmat tuygʻularini rivojlantirish. Odob – jamiyat qonunlari ichida eng ahamiyatlisi va eng hurmatga sazovoridir. F. Laroshfuko Odob – axloq borasida fransuz adibi Fransua de Laroshfuko ming bora haq deyish mumkin. Zero, insonlar orasida oʻziga xos oʻzaro munosabat qonun – qoidalari mingyilliklar davomida shakllanib, insoni shaxs darajasida shakllanishida jamiyatning boshqa qonunlaridan ustunlik qilib kelmoqda. Dunyoning qaysi bir millatiga nazar tashlamaylik, odob-axloq haqida har bir xalqning buyuk shaxslari hikmatli soʻzlar, she’rlar, doston-u, kitoblar yozib kelajak avlod uchun qoldirishgan. Adib Abdulla Avloniy “Turkiy guliston yoxud axloq” asarida odob-axloqli, ilmli boʻlishlik avvalo tarbiyadan boshlanishini yonib ta’kidlab oʻtgan. Yoshlarni kelajak ruhida tarbiyalash katta muammo ekanligi ularni tarbiyasini kimga topshirish, ishonish mumkinligini oʻylab shunday soʻzlarni aytib oʻtgan: «Tarbiyani kimlar qilur? Qayda qilur? Degan savol keladur. Bu savolga, «birinchi uy tarbiyasi. Bu ona vazifasidur. Ikkinchi maktab va madrasa tarbiyasi. Bu ota, muallim, mudarris va hukumat vazifasidur», - deb javob bersak, bir kishi derki, «Qaysi onalarni aytursiz, bilimsiz, boshi paxmoq, qoʻli toʻqmoq onalarmi? Oʻzlarida yoʻq tarbiyani qanday qilib berurlar» -der. Mana, bu soʻz kishining yuragini ezar, bagʻrini yondirur. Otasiga nima dersiz, desak, «Qaysi ota? Toʻychi, uloqchi, bazmchi, doʻmbirachi, karnaychi, surnaychi, ilm qadrini bilmagan, ilm uchun bir pulni koʻzlari qiymagan, zamondan xabarsiz otalarni aytursizmi? Avval oʻzlarini oʻqitmoq, tarbiya qilmoq lozimdur», - der. Abdulla Avloniy aytganlaridek: Tugʻub tashlov ila boʻlmas bola, boʻlgʻay balo sizga, Vujudi tarbiya topsa, boʻlur ul rahnamo sizga. Temirchining bolasi tarbiya topsa, boʻlur olim, Buzulsa xulqi, Luqmon oʻgʻli boʻlsa, boʻlgʻusi zolim. Yomonlarga qoʻshildi Nuhning oʻgʻli oʻldi beiymon, Yurudi Kahf iti xoʻblar ila boʻldi oti inson. Bir kuni Buqrotdan: - Odobli bilan odobsizni oʻrtasida farq qanday? - deb soʻradilar. - Gapiradigan hayvon bilan gapirmaydigan hayvon orasidagi farq kabi, - deb javob berdi. Navoiy hazratlari odob-axloq haqida shunday fikrlarni bildirgan: Odobli odam tabibga oʻxshaydi, u bilan suhbatlashish koʻngildagi gʻamni quvadi. Oʻzingdan keyingilarga ibrat boʻlay desang, oʻzingdan ilgarigilardan ibrat ol. Beodoblik shunday selki, u obroʻ va viqor qasrini qoʻparib, idrok boʻynini har xil arqonlar bilan bogʻlab tashlaydi. Oqil kishilarning aytishicha, odob rioyasi shunday surmaki, uning gardidan har bir kishiga sursa, e’tibor koʻzining ravshanligi hech qanday sabab bilan zaiflik va illatga yoʻliqmaydi. Zamonaning katta-kichiklari uning huzurini mehri - muhabbat bazmining chirogʻi, deb biladilar. Kundan kunga iqbolining yulduzi yuksaklikka koʻtarilaveradi. Hurmatli kitobxon kishini avvalo tashqi koʻrinishi koʻzga tashlanib, oʻzgalarda oʻsha kishiga nisbatan dastlabki fikrni uygʻotsa, kishining mehmonga borishi va mehmon kutishi bizning xalqimizda oʻta ahamiyatli jihat hisoblanadi. Shu bois e’tiboringizni kiyinish, mehmonga borish va mehmon kutish odobi haqida toʻxtalib oʻtishga qaratishni joiz topdik. Odob-axloqning turli koʻrinishlari haqida boshqa mavzularda fikrlar bildiriladi. Hozirda oʻquv muassasalarida yoshlarning kiyinishi borasida koʻplab muammolar, turlicha qarashlar uchramoqda. Biz koʻmaklashish maqsadida, A Rustamova, B Fozilovalarning “Oilashunoslik” kasb-hunar kollejlari uchun oʻquv qoʻllanmasida keltirilgan ayollar uchun kiyinish madaniyati borasidagi fikrlarni keltirib oʻtamiz. Oqko‘ngillik barcha boshqa tuyg‘ularni bezaydi. Download 24.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling