№18 ma’NAVIY- ma’rifiy soat rejasi


Kiyinish ham yarim muvaffaqiyat!


Download 24.66 Kb.
bet3/3
Sana23.04.2023
Hajmi24.66 Kb.
#1388234
1   2   3
Bog'liq
8 mavzu. Odob – axloq normalari Mehmonga borish hamda mehmon kutish

Kiyinish ham yarim muvaffaqiyat! Aynan boʻyinbogʻingiz va kostyumingiz rangi, poshnangizni balandligi va kiymingiz bichimi kabi sizga ahamiyatsiz tuyilgan tashqi belgilar kelajagingizni hal qiladi.
Kechki marosimlarga qora kostyum shim kiyilmaydi. Mavsumiy kiyim haqida soʻzni boshlasak, qishgi kiyimlar och kulrang, toʻq kulrang, toʻq koʻk, ingichka chiziqli toʻq koʻk rangda, yozgi kostyumlar esa oqish; koʻylak faqat oq (istisno tarzida och havorang) boʻlishi lozim. Sevimli katak koʻylaklaringizni yoddan chiqarib tashlang. Faqat bir juftini piknik yo dala hovlida kiyish uchun qoldirishingiz mumkin.
Rasmiy ziyofatlar sintetik tarkibli kiyimlarni, ular qanchalik zamonaviy boʻlmasin, xush koʻrmaydi. Bu - didsizlik belgisi. Faqat tabiiy gazlamalardan tikilgan kiyimlarni kiying. Poyafzalga ham talab shunday: tabiiy charimdan boʻlishi shart. Ha aytmoqchi, paypoqni koʻylak, kostyum yo galstuk rangiga emas, faqat oyoq kiyimga moslab tanlang. Umuman, kiyimlar rangining uygʻunligiga ahamiyat bering. Bir gal mashhur bir siyosatchini qaysidir marosimga oq shim va koʻk kostyum kiyib kelgani uchun ichkariga qoʻyishmagan ekan.
Janob ishbilarmon, poyafzalning hamisha ipi bogʻlanadigan, ya’ni klassik bichimli va toza tagcharmlisini xarid qiling. Pardoz vositalaringiz ham faqat atir bilan cheklanib qolmasin, ba’zan upaga murojaat qilib turishni unutmang: oliy nasab doiralarda yuzidagi husnbuzarini koʻz-koʻz qilib yurgan inson (jinsidan qat’iy nazar) iliq qabul qilinmaydi.
Yana bir narsani yoddan chiqarmang: erkaklar uchun taqinchoqning faqat toʻrt turi mavjud: nikoh uzugi, boʻyinbogʻ toʻgʻnogʻichi, taqma tugmalar (zaponka) va soat. Boʻldi! Taqma tugmalarni ham har doim emas, faqat tantanalarda frak yo smoking tagidan maxsus koʻylakka taqing. Bizning ba’zi ishbilarmonlarimiz esa tillayu kumushga belanib olishadi - zanjirlar, uzuklar, hatto bilakuzuklar ham taqib yurishadi. Koʻpincha bu «dabdaba»lar ortida gʻijim kostyum-shim, toza deyishga til bormaydigan koʻylak va paxmaygan sochni uchratish mumkin.
Download 24.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling