18-Ma’ruza. Magnitli va elektr separatorlar. Reja: Magnit usulida boyitishning nazariy asoslari


Download 171.93 Kb.
bet2/10
Sana09.06.2023
Hajmi171.93 Kb.
#1466411
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
18-Ma\'ruza

Ferromagnit minerallar. Kuchli magnitli minerallar, ular X>300 10-3m3/kg ga teng magnitlanishga moyillikka ega. Bu minerallarga magnetit, gematit, pirrotin va boshqalar kiradi, ular ferromagnit minerallar hisoblanib, ularni ajratish uchun magnit maydonining kuchlanganligi kichik (70-120k A/m) separator ishlatiladi.
Paramagnit minerallar. Kuchsiz magnitli minerallarning magnitlanishga moyilligi X=10 10-3 -600 10-3 m3/kg orasida. Minerallarning bu guruhi paramagnit minerallarga mansub bo’lib, ularga hamma marganesli minerallar, temir oksidlari, titan, volfram va boshqa minerallar kiradi. Bu minerallarning magnit fraksiyasiga ajratish uchun separatorlarning magnit maydonining kuchlanganligi 480-1600 kN/m atrofida bo’lishi kerak.
Diamagnit minerallar., ularga X<10 10-3 m3/kg dan kichik paramagnit minerallar va hamma diamagnit minerallar kiradi. Minerallarning bu guruhi magnit fraksiyaga hatto kuchli maydonli separatorlarda ham ajralmaydi.
Magnit separatorlari bir-biridan magnit sistemasining tuzilishi, magnit maydoni ta’sir etuvchi zona, ajralish mahsulotlarini qabul qiluvchi vannaning tuzilishi, magnit fraksiyani ishchi zona bo’ylab harakatlantiruvchi ishchi organining tuzilishi bilan farq qiladi [2].
Magnit maydonining kuchlanganligi va kuchiga qarab, separatorlar ikki guruhga bo’linadi:
1. Kuchlanganligi 80-120 kA/m bo’lgan kuchsiz magnit maydonli separatorlar. Bu separatorlar kuchli magnitli minerallarni ajratishga mo’ljallangan. Bunday maydonlarni hosil qilish uchun ochiq magnitli sistema ishlatilib, ularda maydonning har xil jinsliligi turli ishorali bir nechta qutblarni almashtirib, galma-gal ulab hosil qilinadi.
Bu guruhdagi separatorlar magnetitli rudalarni boyitishda va og’ir suyuqliklarda boyitishda, ferromagnitli suspenziyani regeneratsiyalashda ishlatiladi.
2. Magnit maydonining kuchlanganligi 800÷1600 kA/m bo’lgan kuchli magnit maydoniga ega separatorlar. Ular ruda tarkibidagi kuchsiz magnitli minerallarni ajratishga mo’ljallangan. Bunday kuchli magnit maydonini faqat yopiq magnitli sistemani qo’llab hosil qilish mumkin.
Boyitilish usuliga qarab, bu guruhning separatorlari ikki turga bo’linadi: quruq boyitish uchun (muhit sifatida havo) va ho’l usulda boyituvchi separatorlar (muhit sifatida suv).
Rudaning harakatlanish yo’nalishi va boyitish mahsulotlarini ishchi zonadan chiqarish usuliga qarab, ho’l usulda boyituvchi separatorlar quyidagilarga bo’linadi: (to’g’ri) oqib o’tuvchi vannali separatorlar, ularda dastlabki ruda va nomagnit minerallar bitta yo’nalishda harakatlanadi; magnit va nomagnit mahsulotlar yo’nalishlari orasidagi burchak < 900 .
Qarama–qarshi oqimli vannali separatorlar - ularda ruda va nomagnit minerallar bitta yo’nalishda harakatlansa, magnitli mahsulot qarama-qarshi yo’nalishda harakatlanadi. Yo’nalishlar orasidagi burchak >900.
Yarim qarama-qarshi oqimli vannali separatorlar ularda mahsulot bo’tana shaklida pastdan bosim ostida beriladi, magnit va nomagnit minerallar bir-biriga qarama-qarshi yo’nalishda harakatlanadi, yo’nalishlar orasidagi burchak >900.
Magnitli mahsulotni chiqarib oluvchi moslamaning tuzilishiga qarab barabanli, valli, disk (gardish)li va rolikli separatorlar mavjud. Separatorlar ikki turda tayyorlanadi: elektromagnitli (E) va doimiy magnitli (P). Quyidagi turlarda ishlab chiqariladi: ho’l separatsiyalash uchun barabanli (BM), quruq separatsiyalash uchun barabanli (BS); ho’l separatsiyalash uchun valli (VM); quruq separatsiyalash uchun valli (VS); quruq separatsiyalash uchun diskli (DS) va h.k.
Yordamchi asbob-uskuna sifatida boyitish fabrikalarida rudani magnitlash va magnitsizlantirish uchun uskunalar va magnitli gidroseparatorlar ishlatiladi.

Download 171.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling