18-Ma’ruza. Magnitli va elektr separatorlar. Reja: Magnit usulida boyitishning nazariy asoslari


Kuchli magnitli rudalarni boyituvchi separatorlar


Download 171.93 Kb.
bet3/10
Sana09.06.2023
Hajmi171.93 Kb.
#1466411
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
18-Ma\'ruza

Kuchli magnitli rudalarni boyituvchi separatorlar. O’lchami 70 dan 150 mm gacha bo’lgan magnitli rudalarni quruq boyitish uchun elektromagnit sistemali barabanli separatorlar, 40 mm gacha o’lchamdagi rudalarni boyitish uchun esa doimiy magnitli barabanli separatorlarni ishlatish mumkin. (93-rasm)



93-rasm. Bir barabanli separator:
1 — aylanuvchi baraban; 2 — magnitning qo‘zg‘almas qutblari;
3 — elektromagnit g‘altaklari; 4 — tok berish.
Magnit sistema o’qqa qo’zg’almas qilib o’rnatilgan. Magnit qutblari baraban o’qi bo’ylib almashadi. Sistema atrofida shu o’qning o’zida nomagnit materialdan tayyorlangan baraban aylanadi. Baraban yuzasi uni siyqalanishdan asrash uchun rezina bilan qoplangan [11].
Dastlabki ruda titrama tarnov orqali barabanga beriladi. Baraban yuzasiga tortilgan magnitli zarrachalar magnit ustidan o’tadi va magnit ta’siri tamom bo’lgan zonada baraban yuzasidan uzilib tushadi. Nomagnit zarrachalar separatorning magnit maydoni bilan ta’sirlashmaydi, barabandan parabolik trayektoriya bo’ylab tushirib olinadi. Barabanning ostiga magnit va nomagnit mahsulotni qabul qilish uchun ikkita quticha o’rnatilgan. Qutidagi to’siq ustiga o’rnatilgan shifer mahsulot oqimini aniqroq ajratishga yordam beradi.
Barabanning diametri 600–900 mm, uzunligi 1000÷2000 mm, magnit maydonining kuchlanganligi baraban yuzasida 1400÷1500 e. Baraban yuzasining aylanma tezligi 1÷3 m/sek. Separatorning ishlab chiqarish unumdorligi o’lchami –40+0 mm li mahsulotda barabanning har bir metr uzunligi uchun 60–100 t/soat.
Sanoatda bir barabanli, shuningdek, uch va to’rt barabandan tashkil topgan separatorlar ishlab chiqariladi. Ko’p barabanli separatorlarda asosiy separatsiya, chiqindilarning tozalash jarayonlarini o’tkazib, uchta mahsulot–boyitma, oraliq mahsulot va chiqindilarni olish mumkin [1].
Agar magnit qutblari baraban uzunligi bo’yicha galma–gal almashsa, separatorda magnit aralashuvi bo’lmaydi. Magnit tortishishi natijasida barabanga yopishgan magnit zarrachalar magnit ustidan o’tayotganda ag’darilmaydi. Materialning yurishi bo’ylab qutblarning almashishi aralashishga olib keladi va nomagnit zarrachalarni barabandagi magnit zarrachalar orasidan uzib olishga imkon yaratadi.
Magnit sistemasi qutblar sonini aylana bo’ylab va barabanning aylanish tezligini oshirib, yuqori chastotali magnit maydoni hosil qilishga va jadalroq magnit aralashuviga erishish mumkin.
Bu separatorlarda barabanning aylanish tezligi 300 ay/min. Qutblar soni 25 bo’lsa, barabanda qutblar almashishi 300x25=7500, ya’ni maydonning chastotasi 125 Hz ga teng bo’ladi.

Download 171.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling