18-mavzu. Diversifikatsiyalashgan kompaniyalarninig strategik tahlili


O’rta korxonalar evolyutsiyasining matritsasi


Download 91.07 Kb.
bet5/11
Sana24.12.2022
Hajmi91.07 Kb.
#1055174
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
strategik boshqaruv 18-mavzu

3. O’rta korxonalar evolyutsiyasining matritsasi
Bunday matritsaning ustunligi firma urta korxonalarining xayot tsiklining turli bosqichlari buylab taqsimlanishidir. Masalan, yuqori saloxiyatli «suroq belgisi» shaklidagi urta korxonalar va «rivojlanayotgan g’oliblar»ni kelgusida «ustivor g’oliblar» va «daromad ishlab chiqaruvchi»larga aylanishi uchun qo’llab-quvvatlash lozim. Potentsial «yutqazayotgan» urta korxonalarni imkon qadar tezroq «echintirish» kerak. Etuklik va pasayish bosqichlaridagi urta korxonalardagi biznesni shunday boshqarish kerakki, ularning raqobat kuchidan foydalanish imkoniyati yaratilishi lozim. Ushbu urta korxonalarning xar qanday ortiqcha pul mablag’lari «rivojlanayotgan g’oliblar»ni va usishning sekinlashish bosqichini boshidan kechirayotgan urta korxonalarni qo’llab-quvvatlash uchun ishlatilishi lozim.
Ushbu matritsa xam, Mak Kinsey matritsasi kabi, menejerlarga urta korxonalar portfelining muvozanatlashganlik darajasini baxolashga imkon beradi. Muvozanatlashgan portfelda «ustivor g’oliblar» va «daromad ishlab chiqaruvchilar», bir nechta «rivojlanayotgan g’oliblar» va yuqori potentsialli «suroq belgilari» bulishi lozim. Ayni paytda ushbu matritsa urta korxonalar portfelining dinamikasini baxolashga imkon beradi. Ikkinchi tomondan, ushbu matritsa Mak Kinsey matritsasiga qo’shimchadir, chunki u kupgina muxim omillarni aks ettirmaydi.
Bunday texnologiyaning ustunliklari quyidagilardan iborat:
- menejerlar uchun diversifikatsiya oqibatlarini taxlil qilish imkoniyati;
- aloxida urta korxonalar urtasidagi kerakli pul oqimlarining aks ettirilishi, firmaning oliy raxbariyati uchun resurslarni tug’ri taqsimlash imkoniyati;
- urta korxonalar portfelining muvozanat kontseptsiyasi urta korxonalarning xozirgi strukturasini aniqlashga va uzoq muddatli daromadlarni optimallashtirishga imkon beradi (muvozanatlashgan portfel - kompaniyaning kuchli jixati bulib, muvozanatlashmagan portfel esa uning zaifligi xisoblanadi).
Ammo urta korxonalar taxhlilining matritsa texnologiyasi ma’lum bir «qopqon»larga olib kelishi mumkin:
- urta korxonalar sonining kupligi firma raxbariyati uchun axborotning g’oyatda kupligi tufayli turli muammolarni vujudga keltirishi mumkin (amalda bu urta korxonalar soni 40-50 taga yaqin bulganda yuz beradi);
- urta korxonalar va butun kompaniyaning moliyaviy ustunliklari urtasida ziddiyatlar vujudga kelishi mumkin;
- matritsa texnologiyasidan soddalashtirilgan xolda foydalanish vertikal integratsiyadan yoki bog’liq diversifikatsiyadan foydalanadigan kompaniyalar uchun muammolar vujudga kelishi mumkin (urta korxonalar urtasidagi muxim strategik munosabatlarni ham xisobga olish lozim).

Download 91.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling