18-mavzu. Diversifikatsiyalashgan kompaniyalarninig strategik tahlili


Download 91.07 Kb.
bet1/11
Sana24.12.2022
Hajmi91.07 Kb.
#1055174
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
strategik boshqaruv 18-mavzu


18-MAVZU. DIVERSIFIKATSIYALASHGAN KOMPANIYALARNINIG STRATEGIK TAHLILI
1.Kompaniyaning joriy strategiyasini belgilash.
2.Matritsali taxlil yordamida diversiyalangan portfelni baxolash.
3.O’rta korxonalar evolyutsiyasining matritsasi.
4.Diversiyalangan firmaning strategiyasini aniqlash.
5.Korporativ strategiyani ishlab chiqish.
6.Bozorga kirish va chiqish strategiyasi.


Tayanch so’z va iboralar: matritsa, evolyutsiya, diversifikatsiyalangan, korporativ, kirish va chiqish strategiyasi, ko’p tarmoqli kompaniya
1.Kompaniyaning joriy strategiyasini belgilash.
Diversiyalangan kompaniyaning strategik taxlili tashkilotning mavjud strategiyasini va uning ishbop faolligini baxolashdan boshlanadi. Divertsiyalangan kompaniyaning korporativ strategiyasi istikbollari tugrisida kuyidagi ma’lumotlar asosida xulosa chikarish mumkin:
Firmaning diversiyalanganlik darajasi qanday?
Firma portfeli boglangan yoki boglanmagan diversiyalash asosida shakllantirilganmi yoki bu ikki turni uygunlashtirish asosidami?
Kompaniya operatsiyalarni asosan mamlakat ichida olib boradimi yoki ular kupmillatli yoki global xarakterga egami?
Asosiy xo’jalik birliklarini rivojlantirish yoki mavjud pozitsiyalarni kuchaytirishga karatilgan choralar kanday xarakterga ega?
Portfelni kengaytirishga va yangi tarmoklarni egallashga doir qadamlar qo’yilmoqdami?
Zararga ishlayotgan yoki jozibasiz xujalik birliklaridan kutulish uchun xarakatlar kilinmokdami?
Korporativ boshkaruv strategik o’zaro bogliklardan manfaat olishga karatilgan kanday xarakatlarni amalga oshirmokda va rakobat ustunligini vujudga keltirish uchun diversiyalashdan kanday foydalanilmokda?
Har bir xujalik birliklariga kuyilgan kapital mablaglar qanday nisbatga ega?
Joriy korporativ strategiyani belgilash uni ob’ektiv taxlil kilish va keyinchalik unga anikliklar kiritish, xamda raxbariyat fikriga makbul bulgan uzgartirishlar kiritish uchun asos yaratadi.

Download 91.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling