Mavzu: diversifikatsiyalangan portfelni matrisa taxlilidan foydalanib baholash uslubiyoti
Download 96.54 Kb.
|
Mavzu diversifikatsiyalangan portfelni matrisa taxlilidan foyda-www.hozir.org
Mavzu: diversifikatsiyalangan portfelni matrisa taxlilidan foydalanib baholash uslubiyoti MAVZU: DIVERSIFIKATSIYALANGAN PORTFELNI MATRISA TAXLILIDAN FOYDALANIB BAHOLASH USLUBIYOTI MUNDARIJA KIRISh.......................................................................................................... 2 ASOSIY QISM
erkinlashtirish va modernizatsiya qilish, uning tarkibiy tuzilishini diversifikatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan, har tomonlama asoslangan va chuqur o‘ylangan siyosat bizni inqirozlar va boshqa tahdidlarning salbiy ta’siridan himoya qiladigan kuchli to‘siq, aytish mumkinki, mustahkam va ishonchli himoya vositasini yaratdi. Integratsiyalashgan global iqtisodiy makonning uzviy bir qismi sifatida O‘zbekiston jahon iqtisodiy inqirozining tobora kuchayib borayotgan salbiy oqibatlarini his etayotgani va bundan keyin ham his etishini yaxshi tasavvur qilish mumkin. Hozirgi vujudga kelgan vaziyatda butun dunyoda firmalarni xalqaro boshqarish bo‘yicha menejerlarga talab oshib bormoqda. Shuningdek, agar bir necha yil ilgari tashqi iqtisodiy faoliyat bilan faqat yirik kompaniyalargina shug’ullanadi degan fikr mavjud bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda hatto kichikroq firmaning zamonaviy rahbar-menejeri uchun ham uning milliy ko‘lamdagi faoliyatining predmetlarini bilish endi yetarli emas. Jahon iqtisodiyoti jadal rivojlanib borayotgan xalqaro iqtisodiy munosabatlarning globallashuvi (jahon iqtisodiyotining bir butun yagona o‘zaro bog’liq tizim sifatida amal qilish jarayoni) va erkinlashtirilishi ta’siriga bog’liq bo‘lgan zamonaviy sharoitda xo‘jalik faoliyatining baynalmillashuvi butun jahonda har bir menejerning kasbiy tayyorgarligiga yangi talablar qo‘ymoqda. Ishlab chiqarish, sotish va ta’minlash bozorlari davlat chegaralaridan hatlab o‘tmoqda. Iste’molchi uchun mahsulot ishlab chiqaruvchi aniq firma, u joylashgan mamlakatga qaraganda ko‘proq ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Firmaning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun rahbar o‘z firmasining bevosita iqtisodiy muhitini bilish bilan bir qatorda jahon bozoridagi ahvoldan ham xabardor bo‘lishi zarur. Informatika, axborot texnologiyalari va transport vositalari sohasidagi yutuqlar davlatlar o‘rtasidagi masofalarni qisqartirmoqda. Shuning uchun menejer firmaning ichki va tashqi iqtisodiy aloqalarining zamonaviy shakllari, ularning birlashuvi haqidagi bilimlarga ega bo‘lishi va o‘z firmasi faoliyatining samaradorligini oshirish uchun ulardan to‘g’ri foydalana olishi kerak. Global ko‘lamli mutaxassislar tashqi iqtisodiy faoliyat sohasi bilan shug’ullanayotgan firmalar uchun ham zarur hisoblanadi. O‘zbekistonda xo‘jalik sub’yektlari tashqi iqtisodiy faoliyatining kengayishi va MDH mamlakatlari kompaniyalari bilan qo‘shma korxonalar tashkil qilishga qiziqishning kuchayishi natijasida global menejer mentalitetiga ega rahbarlarga ko‘proq ehtiyoj vujudga kelmoqda. Bunday rahbar firmaning faoliyati qiyinlashganda xalqaro aloqalarni kengaytirish orqali muammolarni hal qilish yo‘llarini izlaydi va quyidagilarni maqsadga muvofiq deb topishi mumkin: - raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish maqsadida (marketing konsepsiyasidan kelib chiqib) texnologik va uskunalarni zamonaviylashtirishni jadallashtirish uchun xorijiy sarmoyadorlarni jalb qilish; - iste’molchilar doirasini kengaytirish va jahon bozoriga o‘z mahsuloti bilan chiqish uchun xususiy va davlat kompaniyalari bilan firmalararo kooperatsiyani amalga oshirish; - mintaqaviy ma’muriyat yordamida sarmoyadorlar uchun jozibali sharoitlar yaratish; - korxona ishiga milliy va xorijiy sheriklar bilan to‘g’ri kontraktlar tuza oluvchi huquqshunoslarni jalb qilish; - korxona ixtisoslashuvi sohasida ilmiy-texnik taraqqiyot haqidagi axborotni muntazam olish va o‘zining ilmiy-texnik va konstruktorlik bazasini rivojlantirish uchun milliy va xorijiy tadqiqot markazlari va universitetlarini jalb qilish; - qiziqish bildirgan xalqaro iqtisodiy va ilmiy-texnik tashkilotlar bilan ishbilarmonlik munosabatlarini o‘rnatish. «Xalqaro menejment» fanining vazifasi — jahon bozorida milliy va xalqaro kompaniyalar strategiyasini, integral (birikma) xalqaro texnologiyalarni qo‘llash orqali ishlab chiqarishni baynalmilallashtirish imkoniyatlarini, xorijiy an’analar, madaniy xususiyatlar va qabul qilingan standartlarga moslashish usullarini o‘rganishdan iboratdir. Natija sifatida esa global ko‘lamdagi tafakkur, falsafa va psixologiyani hamda chet elda tadbirkorlik faoliyati sharoitlariga tez moslashish ko‘nikmalarini egallash qabul qilinadi. Download 96.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling