Tayyorladi
Download 10.11 Kb.
|
TA’LIMNI TASHKIL ETISHNING NOAN’ANAVIY SHAKLLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.An’anaviy dars
TAYYORLADI:221-GURUH TALABASI VALMURODOV YORQINUMUMIY PEDOGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FANIMAVZU:TA’LIMNI TASHKIL ETISHNING NOAN’ANAVIY SHAKLLARIReja:1An’anaviy metodlarning afzalliklari2Kamchiliklari3Noan’anaviy o’qitish metodlarining afzalliklari4.An’anaviy darsTa’limni tashkil etishning zamonaviy (noan’anaviy) shakllari zarurati nimada? Uning qanday shakllari qo’llanilmoqda? Mustaqil O’zbekistonimizda «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ni amalga oshirishda ta’lim tizimiga yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish bilanbog’liq ishlar qilinmoqda. Ta’limni KVN, munozara, disput, konferensiya, mushoira, sud o’yinlari va boshqa shakllarda tashkil etishga harakat qilinmoqda. O’quvchilar faolligini oshiruvchi turli interfaol usullar keng qo’llanilmoqda. Bularga misol tariqasida Sinkveyn, Klaster, Aqliy hujum, T-Chizma, Insert jadvali, Venn diagrammasi, Konseptual jadval, Semantik xususiyatlar tahlili va boshqalarni keltirish mumkin. An’anaviy metodlarning afzalliklari: - ma’lum ko’nikmalarga ega bo’lgan va aniq ma’lum tushunchalarni, fanni o’rganishda foydali. - O’qituvchi tomonidan o’qitish jarayonini va o’qitish muhitini yuqori darajada nazorat qilinishi. - Vaqtdan unumli foydalanish. - Aniq, ilmiy bilimlarga tayanish. Kamchiliklari: - O’quvchilar passiv ishtirokchi bo’lib qoladilar. - O’qituvchining to’la nazorati barcha o’quvchilar uchun motivatsiyani vujudga keltirmaydi. - O’quvchilar o’qituvchi bilan bevosita muloqatga kirisha olmaydi. - Eslab qolish darajasi hamma o’quvchilarda bir xil bulmaganligi sababali, sinf bo’yicha o’zlashtirish darajasi past bulib kolishi mumkin. - Mustaqil o’rganish va yechimlar qabul qilish uchun sharoitlar yaratilmaydi. Noan’anaviy o’qitish metodlarining afzalliklari: - O’qitish mazmunini yaxshi o’zlashtirishga olib kelishi. - O’z vaqtida aloqalarning ta’minlanishi. - Tushunchalarni amaliyotda qo’llash uchun sharoitlar yaratilishi. - O’qitish usullarining turli xil ko’rinishlari taklif etilishi. - Motivatsiyani yuqori darajada bo’lishi. - O’tilgan materialning yaxshi eslab qolinishi. - Muloqatga kirishish ko’nikmasining takomillashishi. - O’z-o’zini baholashning o’sishi. - O’quvchilarning predmetning mazmuniga, o’qitish jarayoniga bo’lgan ijobiy munosabati. - Mustaqil fikrlay oladigan o’quvchining shakllanishiga yordam berishi. - Tanqidiy va mantiqiy fikrlashni rivojlantirishi. - Muammolar yechish ko’nikmalarining shakllanishi An`anaviy dars muayyan muddatga mo`ljallangan, ta`lim jarayoni ko`proq o`qituvchi shaxsiga qaratilgan, mavzuga kirish, yoritish, mustahkamlash va yakunlash bosqichlaridan iborat ta`lim modelidir. O`quv materiali yangi va ancha murakkab bo`lganda, an`anaviy dars ko`p hollarda ta`lim jarayonining birdan — bir metodi bo`lib qolmoqda. Ma`lumki, an`anaviy darsda ta`lim jarayonining markazida o`qituvchi turadi. Shu bois, ba`zida an`anaviy darsni markazida o`qituvchi turgan o`qitish usuli deb ham atashadi. An`anaviy dars o`tish modelida ko`proq ma`ruza, savol javob, amaliy mashq kabi metodlardan foydalaniladi. Shu sabab, bu hollarda an`anaviy dars samaradorligi ancha past bo`lib, o`quvchilar ta`lim jarayonining passiv ishtirokchilariga aylanib qoladilar.An`anaviy dars o`tishda mashg`ulotning bosqichlarini quyidagicha rejalashtirish mumkin 1. Kirish. O`tilgan materialni takrorlash; darsning maqsadini tushuntirish; yangi darsning mavzusi va mashg`ulot rejasi bilan tanishtirish. 2. Yangi mavzuni yoritish. Yangi mavzuni kichik kichik bo`lakchalarga bo`lib berish; rang—barang misollarni imkoni boricha ko`rgazmali taqdim qilish; mavzudan chetlashmaslik; materialning murakkab tomonlarini qayta tushuntirish; o`quvchilarning tushunganlik darajasini tekshirib borish; teskari aloqani ta`minlash. 3. «Teta—poya» mashq. Biror misol (yoki masalani) o`quvchilar bilan qadamba — qadam hal qilish va tahlil qilish: 4. Yo`naltirib turiluvchi mashq. O`quvchilar mashq (yoki masalani) mustaqil bajarishadi, o`qituvchi esa ularni nazorat qilib, tuzatish kiritib boradi. 5. Mustaqil bajariladigan mashq. O`quvchilar mashqni mustaqil holda o`qituvchi yordamisiz bajarishadi. 6. O`quvchilarning tushunganlik darajasini tekshirish. Nazorat savollari bilan murojaat etish va mavzuni o`zlashtirish darajasini aniqlash. 7. Yakunlash. Dars mavzusining asosiy tushunchalarini va o`quv maqsadlarini jamlash. Ko`rinib turibdiki, an`anaviy dars mashg`ulotida barcha dars bosqichlari qadamba qadam amalga oshiriladi va hech qanday g`ayrioddiylik mavjud emas. Bu o`quvchini darsga bo`lgan ishtiyoqining sustligini va dars o`tishdagi bir xillikni ta`minlaydi. Shunday bo`lsada, an`anaviy o`qitishda o`ziga xos ijobiy va salbiy xususiyatlar mavjuddir. Zero, an`anaviy ta`lim metodlari quyidagi afzalliklarga ega: Ma`lum ko`nikmalarga ega bo`lgan va aniq ma`lum tushunchalarnifanni o`rganishda foydali ekanligi. Bu an`anaviy ta`limda ilmiylik tamoyilining amal qilayotganligi va o`quvchida tizimli bilimlarning hosil bo`layotganligidir. O`qituvchi tomonidan o`qitish jarayonini va o`qitish muhitini yuqori darajada nazorat qilinishi, ta`limning tarbiyaviy xarakterini ifodalaydi. Bunda talabalar sust ishtirok etsalar ham, dars mashg`ulotida ular yuqori intizom na`munalari ko`rsatadilar. Vaqtdan unumli foydalanish natijasida barcha mashg`ulot bosqichlarining to`liq amalga oshishi va vaqt taqsimotining izchillik bilan namoyon bo`lishi kuzatiladi. An`anaviy ta`lim metodlari bugungi kunda qator kamchiliklarga ham egaki, bu o`quv jarayonida noan`anaviy ta`lim metodlarini qo`llash ehtiyojlarini paydo qiladi. Download 10.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling