18. Мавзу: Газларда водород сулфидни аниқлаш. Режа
Download 13.19 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Умуий тушунчалар
18. Мавзу: Газларда водород сулфидни аниқлаш. Режа. 1.Умумий тушунчалар. 2.Водород сульфид ва унинг физик кимёвий хоссалари. 3.Газ таркибида водород сульфидни аниылаш усуллари. 1.Умуий тушунчалар Har qanday gaz yoqilg‘isi bir qancha oddiy gazlardan tashkil topgan bo‘ladi. Bu gazlar ikki qismga bo‘linadi: yonuvchi gazlar va yonmaydigan gazlar. Yonuvchi gazlar qatoriga vodorod (N2), uglerod oksidi (SO), metan (SN4), etan (S2N6), propan (S3N8), butan (S4N10), pentan (S5N12) va boshqa og‘ir uglevodorodlar hamda vodorod sulfid (N2S) kiradi. Gazning yonmaydigan qismiga karbonat angidrid (SO2), azot (N2), kislorod (O2) va suv bug‘lari (N2O) kiradi. Yonuvchi gazlarning eng yengili vodorod (N2 ) bo‘lib, uning issiqlik berish qobiliyati – 10800 kJ/m3 . Bu gaz havodan yengil, rangi va hidi yo‘q. Bu gaz, asosan, sun’iy gazlarda ko‘p uchraydi. Uglerod oksidining issiqlik berish qobiliyati – 12640 kJ/m3. Bu gaz o‘ta zaharli bo‘lib, uglerodning chala yonishi natijasida hosil bo‘ladi. Bu gaz, asosan, sun’iy gazlar tarkibida bo‘ladi. Bundan tashqari, har qanday yoqilg‘ining chala yonishi natijasida ham hosil bo‘ladi. Metan gazi (SN4), asosan, tabiiy gazlarning asosiy qismini tashkil qiladi. Uning issiqlik berish qobiliyati – 35840 kJ/m3. Bu gazning na rangi va na hidi bor. O‘zi zararsiz. Metan gazi tabiiy gazlarning 90 – 98% ini tashkil qilishi mumkin. Etan (S2N6), propan (S3N8), butan (S4N10) va boshqa uglevodorodlar ham yonuvchi gazlar bo‘lib, ular, asosan, metan gazi ishtirok etgan tabiiy gazlar tarkibida uchraydi. Ulardan tashqari, tabiiy va yo‘ldosh gazlarning tarkibida suv bug‘lari, smola zarrachalari, chang, ammiak, vodorod, vodorod sulfid uchrab turadi. Vodorod sulfid (N2S) zaharli bo‘lib, odam organizmiga kuchli ta’sir qiladi. Bundan tashqari, gaz tarkibidagi suv bug‘lari bilan birikib, sulfat kislota hosil qiladi va gaz quvurlarining metalini, qozon hamda sanoat pechlarining metall qismlarini yemirib, ishdan chiqaradi. Shuning uchun iste’molchilarga berilayotgan gazning tarkibida vodorod sulfidning miqdori 2% dan oshmasligi kerak. Download 13.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling